Matnda yangi va eski axborotning
taqsimlanishi va ifodalanishi
Barchamizga ma'lumki, XXI asr jamiyatda fan, texnika hamda axborot asri, deya e'tirof etiladi. Chet el tadqiqotchilarining fikricha, bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida axborot tezligi qariyb 90% ni ko'rsatar ekan. Bu shuni anglatadiki, dunyoda bugun yangilik bilan uzviy bog'liq yashayotganlarning soni ortib bormoqda. AQSh da tongdagi yangilik tushlikkacha eskirar ekan. Fransiya mamlakatining aholisi xonadoniga kunlik yangiliklar yoziladigan gazeta kirmagan kunni kun deb hisoblamas ekanlar. Bugungi kunda dunyo yangi xabarlar bilan, yangi axborot bilan uyg'oq.
Internet ommalashuvi sabab O'zbekistonda ham axborot tezligiga, sifatiga ahamiyat berib borilmoqda. Axborot texnologiyalari rivojlangan sari yangi axborotni qayta ishlash yuzaga keladi. Bu esa ushbu sohaning taraqqiyotga erishuviga yana bir sabab bo'ladi. Yangilanayotgan davrda yangi axborotdan foydalanish tabiiy hol. Chunki matndagi yangi axborotning eskisiga qaraganda o'ziga jalb etish kuchi yuqori bo'ladi. Oddiy misol: avval o'qigan , siz uchun yaxshi tanish bo'lgan ma'lumotingizni matnda ko'rib, yana qayta o'qish biroz zerikarli tuyilishi muqarrar. Balki shu joyini o'qimay tashkab ketarsiz, bu ham kutilgan holat. Lekin nima uchun matnda haligacha eski ma'lumotlardan foydalanish davom etadi? Shunday axborotlar borki , o'z qiymatini aslo yo'qotmaydi. Masalan, bir davlatning mustaqillikkka erishgani o'z davrida shov-shuvli yangilik bo'lib ommaning e'tiborida bo'ladi. Keyinchalik, eski axborot bo'lib tildan tushadi deb o'ylaysizmi? Yo'q! Shu va shunga o'xshash siyosiy axborotlar eskirsa-da, har bir manbada kelaveradi. PR (public relection)-jamoatchilik bilan aloqalar fani asoschisi bo'lgan olim Ayvili :"Mening kasbimda qanchalik eski bo'lmasin, qanchalar yopilgan, qiymatsiz bo'lmasin, siyosiy axborotlarning o'rni beqiyos",- deb aytadi. Chindan ham, matnda siyosiy axborotlarning ahamiyati kattadir. Shu nuqtayi nazardan ham, ular eskirganda ham, o'z qiymatini saqlab qoladi va matnda ulardan yetarlicha foydalanish o'rinli bo'ladi.
Eski axborotlarning yo'qolib ketmasligiga, manbalarda, matnlarda kelishiga yana bir sabab ularning ishonchliligidir. Darhaqiqat, eski axborotlar zamon va makon chig'iriqlarida sayqallangan, rivojlangan, takomillashgan bo'ladi. Bir o'qiganda kishi shubha qilmas darajada ishonish mumkin bo'lgan axborotlar, ma'lumotlar bor. Yangi axborotga nisbatan matnda ishonchliligiga ko'ra eski axborot yuqori turadi. Lekin agar tog'ri, aniq, ishonchli bo'lgan taqdirda yangi axborotlar ham o'z kuchiga, o'z auditoriyasiga ega bo'ladi. Aynan shu maqsadda, eskisiga qaraganda yangi axborotlar matnda ko'proq uchraydi. Yangi axborotga talab kuchli bo'lgani sababli matndagi axboriy taqsimotga yangi axborotga ko'proq sahifa ajratilgani o'rinli bo'ladi, fikrimcha.
Ifodalanishiga kelsak, matnda keltirilgan eski ma'lumotlarning aniq manbasi yozilishi shart. Nafaqat, eski ma'lumotlar, balki yangi axborotlarni ham matnga uzatishda manbasini, albatta, keltirish kerak. Ana shunda u ma'lum talablarga javob bera oladi, ilmiy tasdiqlangan bo'ladi. Umuman, matn bilan ishlashning talablari bisyor. Yuqorida keltirilgan qaydlar esa shu talablarning bir qismi edi. Zero, axborot asrida yashash yangi davrda yashash demakdir. Yangi davrning yangicha talablari shulardan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |