Frazeologik ma’nodoshlik. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma’nodoshligidan keng foydalaniladi.
Leksik-frazeologik ma’nodoshlik. Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘la oladi.
Shakldosh so‘zlar. Tilimizda tovush (yozuvda grafik) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolami ifodalovchi so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlar omonimlar deb ataladi. Tilshunoslikda omonimiyaning uch ko‘rinishi mavjudligi ta’kidlanadi: Omoleksema, omograf va omofonlar. Shakldosh so‘zlar asosida yuzaga keladigan ohangdoshlikdan badiiy asarda alohida uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Xaiq og‘zaki ijodida askiya va payrov orqali kulgi chiqarish maqsadida, she’riyatda esa tuyuq yoki so‘z o‘yini hosil qilishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |