Matnda fonetik va morfologik, leksik-semantik vositalarning badiiy-estetik vazifasi (2 soat) Reja



Download 30,83 Kb.
bet11/20
Sana31.12.2021
Hajmi30,83 Kb.
#210285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
2 maruza Matnda fonetik va morfologik, leksik semantik vositalarning

Yangi so‘zlar. Yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan, yangi narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan leksemalar neologizm yoki yangi so‘zlar deyiladi. Neologizm tilga umuman mansub bo‘lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo‘lishi mumkin.

Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi deb yuritiladi. Badiiy asarda asosan individual nutq neologizmlari badiiy-estetik qimmat kasb etadi. Mahoratli yozuvchilar voqelikni o‘ziga xos, betakror va yangicha ifodalashga harakat qiladilar. Shuning uchun hali ko‘nikilmagan yoki umuman qo‘llanilmagan, yangi, ohorli so‘zlardan foydalanadilar.



Sheva so‘zlari. Yozuvchilar o‘z qahramonlarini o‘zlari yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va jonli tasvirlash ehtiyojidan kelib chiqib shevaga xos so‘zlarni ishlatadilar. Sheva so‘zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o‘zida aniq aks ettirish bilan birga “badiiy nutqda muayyan estetik funksiyani bajaradi. Biroq dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me’yori, qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dialektizmlarning qo‘llanishi bilan bog‘liqdir. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda shevaga xos birliklarning fonetik, leksik va grammatik dialektizmiar sifatida tasnif qilinganligini kuzatish mumkin. Fonetik dialektizmiar asosan, tovushlarni o‘zgartirib qo‘llash, tovush orttirilishi, tovush tushishi va tovushlarni qavatlab qo‘llash ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Leksik dialektizmlar ham o‘z navbatida ichki guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi: sof leksik dialektizmlar, etnografik dialektizmlar va semantik dialektizmlar.

Muayyan sheva tarqalgan hududda yashovchi kishilarning o‘zlariga xos bo‘lgan urf-odatlarining nomlari etnografik dialektizmlar deb yuritiladi. Bunday so‘zlar tasvirning realligini ta’minlaydi. Biror so‘z adabiy tilda ham, shevada ham mavjud bo‘lib, shevada adabiy tilda bo‘lmagan ma’nosi bilan qo‘llana oladigan so‘zlar semantik dialektizmlar deb yuritiladi. Masalan: Men buvimdan (onamdan - M.Y.) beruxsat mehmon chaqirmayman. (Cho‘lpon)

Grammatik dialektizmlarning ham morfologik va sintaktik deb ataluvchi ichki guruhlari mavjudligini qayd etish mumkin.


Download 30,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish