Matn va uning turlari


Ifoda maqsadiga va mazmuniga



Download 36,49 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi36,49 Kb.
#771157
1   2
Bog'liq
Microsoft Word Document (2)

Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko’ra badiiy matnni quyidagi turlarga bo`lib chiqish mumkin: 1. Hikoya mazmunli matn. 2. Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif – narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o`zi boshidan o`tkazgan eshitgan, ko’rgan yoki guvoh bo`lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o`tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko`plikda ifodalanadi.
2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif – deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma'lum bo`lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo`ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko`rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya'ni tasvirlanayotgan ob'ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so`z yuritiladi.
3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o`zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o`rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.
5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o`ziga xos tarzda bo`ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo`ladi.
6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq hamda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qao`ramonlar nutqida kuzatiladi.
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o`ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.

Matn birliklari
Ma’lumki , har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlar, muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo’laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha - muncha munozaralar mavjud. Bu aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida jud ko’p va farqli fikrlar mavjud.
Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I. R. Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan kata butunlik matn birligi bo’la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda constituent sifadida ishtirok etishini, frazadan kata butunlikning tarkibiy qismi bo’lgan gap bir paytning o’zida yahlit matnning ham tarkibiy qismi bo’la olmasligini ta’kidlaydi33.
Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi sifatida baholash deyarli tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali ifodalangan tushuncha turli tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni mazkur terminning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan: ”frzadan kata butunlik (O. S. Axmanova), “murakkab sintaktik butunlik’’(A. M. Peshkovskiy, N. S. Pospelov), ”matn komponenti’’ (I. A. Figurovskiy) va hokazo.
O’zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli terminlar qo’llanilmoqda. Masalan, A. Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik’’ terminini qo’llagan bo’lsa, keyinroq “superfrazali sintaktik birlik’’ terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor bilan qaragan I. Rasulov va H. Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik ‘’ terminini ma’qul ko’radilar34. O’zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M. Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar’’ terminini qollashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi35. Bu atama hodisa mohiyatini ancha to’g’ri va xolis aks ettiradigan atama sifatida, shubhasiz, matnning asosiy birligidir.
O’zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag’ishlangan ishlarning aksaryatida matn birliklari haqida gap ketganda, shunday birliklar sifatida, asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o’tiladi. Olimlar keyingi yillardagi ishlarida abzatsni ajratib ko’rsatuvchi mazkur ochiq joy orni abzatslar o’rtasida bir qator tashlab ketish usulidan foydalanish ham kuzatilayotganini aytadi.
Abzats yangi fikrlar qatorining ko’rsatkichi sifatida xizmat qiladi; abzats ichida mustaqil gaplar bilan ifodalangan fikrlar mazmunan birlashgan bo’ladi va muayyan kichik mavzuni rivojlantiradi. Bir necha gap yoki hatto bitta gapni alohida abzats sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o’z maqsadiga bog’liq tarzda amalga oshiriladi. I. R. Galperin ham abzats xuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab ko’rsatsh uchun xizmat qiladigan vosita kompozitsion-grafik usul ekanligini asoslagan36.
Ana shulardan kelib chiqilsa, abzatsni matn birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq emasligi ayon bo’ladi.Ammo yozma matnda abzats degan hodisa bor, uni o’rganish kerak. Faqat abzatsni yozma nutqdagi matn birligi sifatida emas, balki yozma matndagi o’ziga xos kompozitsion - stilistik usul tarzida tadqiq etish xolis ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslahgan holda shuni aytish mumkinki, supersintaktik birlik va gapni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi.
2.1.Fonetik tahlil
Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga alohida e'tibor qaratmog` lozim. She'riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she'rda o`ziga xos jozibador ohang bo`ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo`llash natijasida erishiladi.She'dariyat, asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho`zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so`zlarni noto`g`ri talaffuz qilish, tovush ortttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo`llash bilan bog`liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan” ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o`ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo`lish, xafa bo`lish, rozilik, taajjub yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish so`roq, ta'kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo`llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalaniladilar.
1. Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho`zib talaffuz qilinganligi tushuniladi.Unlini cho`zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi.Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me'yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta'kidlanadi. Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko`rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Q.) Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo`l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o`yla-ab tursam, o`g`lim, dunyoni ishi qiziq (A.M.).
Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan, -Marhamat... O`-o`, kaklikning sayrashini dedingizmi? – Uning manglayi tirishib va g`ijinib davom etdi: - Biz ham sizga qo`shilib eshitar ekanmiz-da? (Sh.H.) - O`-o`o` , okaxon, tuda-suda to`laysiz-da. (Sh.H.)

- A-a-a, o`sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga Yana bir kelgan ekansiz. Yo`qligimni qarang-a. (S.A.)


2. Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me'yor bo`yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo`lgan so`zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So`zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, hursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga “aynan” etkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining me'yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki bir onda ro`y berganligi, takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma'nolar ifodalangan bo`ladi. Masalan, belgining ortiqligi: Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg`on emas.(O.)
Harakatning davomiyligi: Yarim soatlik qonli “g`ov-v-v-v, g`u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-v”dan so`ng Mallaxonning davangisi mag`lub bo`lib, faje' bir suratda yaralandi. ( A.Qod.)
Harakatning oniyligi: Mashina Chuqursoyga qayrilish o`rniga yo`lning o`rtasida taqqa to`xtadi.
Ovoz kuchining balandligi: “Bummm» degan tovush eshitildiyu, ko`kni chang-to`zon qopladi.
Ovoz kuchining pastligi: Ammo shunchalik davru davronlar o`tquzilg`an va o`tquzilmoqda bo`lg`an bo`lsa bunchalik ochub - ... tis-s-s! Yopig`liq qozon-yopig`liq... tuya ko`rdingmi – yo`q... (A.Qod.) Mashina bir-ikki pig`-g`-g` degan ovoz chiqardi-da, butunlay o`chib qoldi.
So`zlarni noto`g`ri qilish. Og`zaki nutqda turli sabablarga ko`ra ayrim so`zlar, asosan, o`zlashma so`zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so`zlovchining o`zlashgan so`z imlosini to`g`ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og`zaki – jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida ham so`zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o`sha tarzda yoziladi. Masalan: - Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so`rash kerak.
- Jinni bo`ldingmi, Ne'mat?
Download 36,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish