Matn va uning turlari



Download 20,82 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi20,82 Kb.
#530374
Bog'liq
matn turlari


MATN VA UNING TURLARI .
Reja:
1.Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar.
2.Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Tayanch so’z va tushunchalar: matn, ijtimoiy-semiologik vazufa, inson kommunikativ faoliyati, matnning kategorial belgilari, semiotika, kommunikatsiya, struktura, pragmatika, tugallik, bog’liqlik, yaxlitlik, qismlarga ajralish, nutqiy akt.
Nutqning tugallangan fikr bildiradigan asosiy birligi gap emas, balki matndir; gap-fikr esa faqat xususiy holat, matnning alohida turidir. Matn sintaktik sathning oliy birligi hisoblanadi. Konkret nutqiy asarlar – matnlarning asosida matn tuzishning umumiy tamoyillari yotadi; bu tamoyillar nutq sohasiga emas, balki til sistemasiga yoki til vakolatiga daxldordir. Bu jihatlar hisobga olinsa, shulardan kelib chiqilsa matnni faqat nutq birligigina emas, balki ayni paytda til birligi deb ham hisoblash kerak. Boshqa til birliklari kabi matn lisoniy belgilar sistemasining qismidir. Matnni alohida sathning nutqiy va lisoniy birligi sifatida har tomonlama o’rganish tilshunoslik doirasidagi maxsus fan – matn lingvistikasini yaratishni taqozo etadi.
Matn bu ichki uyg'unlikka ega bo'lgan yozma yoki og'zaki nutq.
Har kuni millionlab matnlar tug'iladi. Virtual sahifalar ko'pchilikni ochib, ular hisobga olinmaydi. Millionlab odamlar o'z hayotlarida sodir bo'lgan voqealar haqida yozadilar, hodisalarni tasvirlaydi, yangiliklar haqida gapiradilar, amaliy ko'rsatmalar tarqatadilar, intervyularni nashr etadilar, latifalarni yozadilar, she'rlar, hikoyalar, romanlar va hatto romanlarni yozadilar. Bu tarmoqdagi insoniyatning faoliyatining to'liq ro'yxati emas, ammo umumiy tarkibiy qism mavjud - har doim ham oz yoki ozroq diqqat bilan tasdiqlangan tuzilmalar mavjud.
MATN TUZILISHI, TURLARI
Vazifaga qarab, tuzilish elementlari yaratuvchining o'zi tomonidan belgilanadi. Barcha mualliflar buni qanday qilib to'g'ri qilishni bilishmaydi, chunki ba'zi matnlar hatto diagonalda ham to'liq tushuniladi, boshqalar sizni to'xtatib turadi va jumlaga keladigan jumlalarni o'zgartirishga majbur qiladi. Qanday qilib tushunmovchilikning betartibligini bartaraf etish mumkin?
Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko’ra minimal matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag’ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, metal va aforizmlar, mimiatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi
Makro matn deyilganda keng ko’lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn tarkibid epigraf, so‘zboshi, epilog kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo’shimcha izoh va sharh bo’lib keladi. Makro matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo’ladi.
Matnni hajm belgisiga ko’ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o’tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o’rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O’rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi.» Lekin bu tarzdagi bo’linish ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. SHunday dostonlar borki, hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan dostonlar bor. Masalan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi go’zal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli she’rlarni ham o’rta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajratib tekshirish tamoyili asosida o’rganishni ham mantiqan ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz. Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag’ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaga doir atamalardan foydalaniladi. Ushbu atamalar orqali matnda ko’zda tutilgan maqsad va mazmun ifodalanadi.Sohaviy terminlar ilm-fanning taraqqiyoti ta’sirida rivojlanib boradi.
Topshiriq.Quyidagi matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling.
Язык – бесценный дар, которым наделён человек. Язык – это душа народа, человечество не существует без языка. Каждый народ имеет свой чтимый язык. Уважительное отношение к языку не зависить от многочисленности людей, им пользующихся. В языке отражается история и культура его творца – народа, народности. Узбекский язык является духовным богатсвом узбекского народа. Язык – человеческая способность общения и мышления – предстает и в виде родного языка, и в виде множество языков других народов мира. Издавна народа мира изучают языки для взаимного понимания сотрудничества.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing va o‘zbek tiliga tarjima qiling.
2. Matnga mos sarlavha qo‘ying.
3. Til to‘g‘risida qanday maqollarni bilasiz? Aytib bering va ma’nosinin tushuntiring.
Download 20,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish