Matn va uning turlari. Uslubiyat (stilistika). Nutq
uslublari haqida ma’lumot
Reja:
1.
Uslubiyat.
2.
Adabiy til uslubi.
3. Uslubiyat turlari
Ma’lumki, inson voqelikni, borliqni til orqali, uning vositalari yordamida aks
ettiradi. Shu jarayonda u turli matn ko’rinishlarini yaratadi. Bular quyidagilar:
1.
Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot ko’rinishida yaratilgan
matn ma’lumotnoma matni deb ataladi. Bu matnning quyidagi belgilari
bor: 1) so’zlar o’z m’nolarida qo’llanadi; 2) tilda mavjud bo’lgan badiiy-
tasviriy vositalardan (masalan, badiiy san’at turlaridan) deyarli
farqlanmaydi; 3) yuz bergan voqea-hodisa oddiy so’zlar vositasida
tasvirlanadi.
2.
Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy – tavsifiy bayonni aks ettiruvchi
matn ijodiy – tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi
belgilari bor: 1) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr mulohaza
bayon qilinadi; 2) tilning badiiy – tavsifiy vositalaridan unumli
foydalaniladi; 3) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli
tarzda aks ettiriladi.
Bu matn turlariga ilmiy, ommabop va badiiy uslublarda yaratilgan matnlarni,
shuningdek, inshoni kiritish mumkin.
O’quvchilar bilan amaliy ishlash:
Matn tuzish
Dialogik matn tuzish
Monologik matn yaratish
Badiiy asarlardan dialogik va monologik matn turlariga misol yozish
Matnni qisartirish va kengaytirish
Uslubiyatda uslublar, til vositalararining nutqda qo’lanish yo’llari, fonetik,
lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’lanish xususiyatlari
o’rganiladi.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til
hodisalarining maqsadga sharoitiga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiriladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan
ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi.
O’zbek adabiy tilida quydagi asosiy nutq uslublari bor:
So’zlashuv uslubi:
Keng qo’llanadigan uslublardan so’zlashuv uslubidir.
Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinad. So’zlashuv
uslubidagi nutq ko’pincha diologik shaklida bo’ladi.Ikki yoki undan
ortiq shaxsning luqmosidan tuzilgan nutq diologik nutq deyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik
vositalar, tovushlarning tushib qolishi, ortirilishi mumkin. Obbo, hamma
ishni dondiribsizda.Mazza qildik.Ketaqool!
So’zlashuv uslubida qopdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi.Ko’proq
sodda gaplar, to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalaniladi.
Ilmiy uslub.
Fan texnikasining turli tarmoqlariga doir ilmiy asoslar darsliklar ilmiy
uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy
xulosalar(qoidalar, ta’riflarga) boy bolishi bilan boshqa uslublardan farq
qiladi.Fuqoroning huquq layoqati tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga
keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan
foydalaniladi,bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi,qoida yoki
ta’rifning mazmunini ochishiga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar,
kirish so’zlar,kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq
foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar,
xalqaro hujjatlar, rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat,
ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimaihol,
e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda
yoziladi.
Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib
tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka
ma’lum bo’lgan ayrim qisqrtma so’zlar ishlatiladi, har bir soxaning
o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda
ko’pincha darak gaplardan ham foydalaniladi.Bu uslubda gap
bo’laklarining odatdagi tartibda bolishiga rioya qilinadi. O’z lavozimini
suviste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
Ommabop (publitsistik) Uslub.
Kashfiqot - targ’ibot ishlarini olib borishda qo’llanadigan uslub,ya’ni
matbuot uslubi Ommabop uslub hisoblandi. Bu uslubda ijtimoiy- siyosiy
so’zlar ko’p qollanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va
birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday
uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va
xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalaniladi, darak, his-hayajon va ritorik
soroq gaplardan yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalrdan
unimli foydalaniladi. Azamat paxtakorlarimiz mol hosil yetishtirish
uchun fidokona mehnat qilishyapti.
Badiiy uslub.
Badiiy asarlar (nazm, nasr va drammatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi.
Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsolar (obrazlar)
vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi. O’lkamizda fasllar kelinchagi
bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda.
Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva,
bulgarizmdan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv
uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlarga ham uchraydi.
Nutq madaniyati haqida. Nutq tog’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. Buning
uchun mantiqiy izchilikka va me’yorga rioya qilish, qayerda qanday gapirishni
bilish lozim. Azada ko’tarinki nutq munkin bo’lmaganligi kabi, tantanada g’amgin
so’zlash ham nutq madaniyati pasligidan dalolat beradi. Nutq madaniyati haqida.
Nutq tog’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. Buning uchun mantiqiy izchilikka va
me’yorga rioya qilish, qayerda qanday gapirishni bilish lozim. Azada ko’tarinki
nutq munkin bo’lmaganligi kabi, tantanada g’amgin so’zlash ham nutq madaniyati
pasligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |