Matn va uning turlari. Uslubiyat (stilistika). Nutq uslublari haqida ma’lumot



Download 305,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.03.2022
Hajmi305,47 Kb.
#499562
  1   2
Bog'liq
13 мавзу Матн ва турлари



Matn va uning turlari. Uslubiyat (stilistika). Nutq 
uslublari haqida ma’lumot 
 
Reja: 
1.
 
Uslubiyat. 
2.
 
Adabiy til uslubi. 
3. Uslubiyat turlari 

Ma’lumki, inson voqelikni, borliqni til orqali, uning vositalari yordamida aks 
ettiradi. Shu jarayonda u turli matn ko’rinishlarini yaratadi. Bular quyidagilar:
 
1.
Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot ko’rinishida yaratilgan 
matn ma’lumotnoma matni deb ataladi. Bu matnning quyidagi belgilari 
bor: 1) so’zlar o’z m’nolarida qo’llanadi; 2) tilda mavjud bo’lgan badiiy-
tasviriy vositalardan (masalan, badiiy san’at turlaridan) deyarli 
farqlanmaydi; 3) yuz bergan voqea-hodisa oddiy so’zlar vositasida 
tasvirlanadi. 
2.
Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy – tavsifiy bayonni aks ettiruvchi 
matn ijodiy – tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi 
belgilari bor: 1) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr mulohaza 
bayon qilinadi; 2) tilning badiiy – tavsifiy vositalaridan unumli 
foydalaniladi; 3) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli 
tarzda aks ettiriladi. 
Bu matn turlariga ilmiy, ommabop va badiiy uslublarda yaratilgan matnlarni
shuningdek, inshoni kiritish mumkin. 
O’quvchilar bilan amaliy ishlash:

Matn tuzish 

Dialogik matn tuzish 



Monologik matn yaratish 

Badiiy asarlardan dialogik va monologik matn turlariga misol yozish 

Matnni qisartirish va kengaytirish 
Uslubiyatda uslublar, til vositalararining nutqda qo’lanish yo’llari, fonetik, 
lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’lanish xususiyatlari 
o’rganiladi. 

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til 
hodisalarining maqsadga sharoitiga va muhitga mos ravishda foydalanish 
qonuniyatlari bilan tanishtiriladi. 

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan 
ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi. 

O’zbek adabiy tilida quydagi asosiy nutq uslublari bor: 

So’zlashuv uslubi: 

Keng qo’llanadigan uslublardan so’zlashuv uslubidir. 

Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinad. So’zlashuv 
uslubidagi nutq ko’pincha diologik shaklida bo’ladi.Ikki yoki undan 
ortiq shaxsning luqmosidan tuzilgan nutq diologik nutq deyiladi. 
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik 
vositalar, tovushlarning tushib qolishi, ortirilishi mumkin. Obbo, hamma 
ishni dondiribsizda.Mazza qildik.Ketaqool! 

So’zlashuv uslubida qopdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi.Ko’proq 
sodda gaplar, to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalaniladi. 

Ilmiy uslub. 

Fan texnikasining turli tarmoqlariga doir ilmiy asoslar darsliklar ilmiy 
uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy 
xulosalar(qoidalar, ta’riflarga) boy bolishi bilan boshqa uslublardan farq 
qiladi.Fuqoroning huquq layoqati tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga 
keladi va vafot etishi bilan tugaydi. 



Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan 
foydalaniladi,bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi,qoida yoki 
ta’rifning mazmunini ochishiga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, 
kirish so’zlar,kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq 
foydalaniladi. 

Rasmiy-idoraviy uslub. 

Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, 
xalqaro hujjatlar, rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, 
ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimaihol, 
e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda 
yoziladi. 

Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib 
tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka 
ma’lum bo’lgan ayrim qisqrtma so’zlar ishlatiladi, har bir soxaning 
o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda 
ko’pincha darak gaplardan ham foydalaniladi.Bu uslubda gap 
bo’laklarining odatdagi tartibda bolishiga rioya qilinadi. O’z lavozimini 
suviste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin. 

Ommabop (publitsistik) Uslub. 


Kashfiqot - targ’ibot ishlarini olib borishda qo’llanadigan uslub,ya’ni 
matbuot uslubi Ommabop uslub hisoblandi. Bu uslubda ijtimoiy- siyosiy 
so’zlar ko’p qollanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va 
birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday 
uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va 
xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalaniladi, darak, his-hayajon va ritorik 
soroq gaplardan yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalrdan 
unimli foydalaniladi. Azamat paxtakorlarimiz mol hosil yetishtirish 
uchun fidokona mehnat qilishyapti. 

Badiiy uslub. 



Badiiy asarlar (nazm, nasr va drammatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. 
Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsolar (obrazlar) 
vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi. O’lkamizda fasllar kelinchagi 
bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda. 

Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, 
bulgarizmdan ham foydalaniladi. 

Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv 
uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlarga ham uchraydi. 
Nutq madaniyati haqida. Nutq tog’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. Buning 
uchun mantiqiy izchilikka va me’yorga rioya qilish, qayerda qanday gapirishni 
bilish lozim. Azada ko’tarinki nutq munkin bo’lmaganligi kabi, tantanada g’amgin 
so’zlash ham nutq madaniyati pasligidan dalolat beradi. Nutq madaniyati haqida. 
Nutq tog’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. Buning uchun mantiqiy izchilikka va 
me’yorga rioya qilish, qayerda qanday gapirishni bilish lozim. Azada ko’tarinki 
nutq munkin bo’lmaganligi kabi, tantanada g’amgin so’zlash ham nutq madaniyati 
pasligidan dalolat beradi. 

Download 305,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish