Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) -
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi.
Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialogning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat
Javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda (turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda (publitsistika, memuarlar va h.) ham keng qo‘llanadi.
Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy–estetik vazifalar doirasi ancha keng.
Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi.
Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ). Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki monolog).
Do'stlaringiz bilan baham: |