Matn o’z tuzilishiga ko’ra, murakkab sintaktik butunlik, xat boshi (abzas), bo’lim ,qism, bob va paragraflardan tashkil topishi mumkin. O’quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar esa asosan gap, abzas va qismdan iborat bo’ladi . Abzas (nemischa : ich tomon , orqa tomon surmoq ) yozma nutq matndagi yangi yo’l ( qator)dan bir oz joy qoldirib boshlash. Abzas kompazision uslubiy ajratish xarakteridagi nutq birligi bo’lib, kitobxonning diqqatini yangi fikrga, yangi tasvirga jalb qilish vazifasini bajaradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |