Matn tahlili


M A T N N I N G G R A M M A T I K T A H L I L I



Download 95,58 Kb.
bet2/28
Sana11.07.2022
Hajmi95,58 Kb.
#776522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
62a2013242187305488b45bb.docx

Birinchi bo’lim

M A T N N I N G G R A M M A T I K T A H L I L I

( L’a n a l y s e g r a m m a t i c a l e d u t e x t e)


Matnni grammatik tahlil qilishda avvalambor, tildagi grammatik hodisalar haqida ancha-munch ma’lumotga ega bo’lish lozim. Buning uchun bizga fransuz tili grammatikasi borasidagi bilimlarimiz asqotadi. Vaholanki, morfologiya va sintaksis grammatikaning ikki katta bo’limi ekan, biz ham matnni grammatik tahlil qilish jarayonida matnda mavjud bo’lgan grammatik hodisalarni morfologik va sintaktik hodisalarga ajratib tahlil qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Morfologik hodisalar mustaqil va yordamchi so’z turkumlariga xos xususiyatlardan iborat bo’lsa, sintaktik hodisalar esa so’z birikmalari, gap bo’laklari va gapning maqsadga ko’ra turlariga xos xususiyatlardan iboratdir.


1.§ M o r f o l o g i k h o d i s a l a r


(Les faits morphologiques)
Morfologik hodisalar matnni grammatik tahlil qilishda eng boy manba bo’lib xizmat qiladi. Biz quyida morfologik hodisalarning ayrimlari haqida to’xtalmoqchimiz. Bu sizlarga fransuz tilidagi badiiy matnlarni grammatik jihatdan tahlil qilish jarayonida undagi morfologik hodisalarni topishingizda katta yordam beradi.
A r t i k l (A r t i c l e ) haqida qisqacha shuni aytish mumkinki, u doimo otlar oldidan qo’llanilib, otning rodini, sonini aniqlab keladi. Ular aniq (définis), noaniq (indéfinis), tutash (contractés) va qisman (partitifs) artikllarga bo’linadi. Bundan tashqari, qisqartma artikl (l’article élidé) ham mavjuddir. Masalan, l’abricot, l’hôtel. Shuningdek, badiiy matnlarda biz artikllarning boshqa determinativlar bilan birikish hollarini ham uchratishimiz mumkin. Ular gaplarda faqat noaniq sifat yoki son bilan birikadi. Bu grammatik holat artikllar kombinatsiyasi (la combinaison des articles) deb ataladi. Masalan : Avec les quelques livres qui me restent,
j’irai t’acheter les trois livres que je t’ai promis.
Lekin, biz badiiy matnlarni tahlil qilish jarayonida artikllarning tushib qolish hollariga ham duch kelamiz. Bu hodisa nol qiymatga ega bo’lgan artikl (l’article au degré zéro) deb ataladi. Quyida uning ayrim hollarini sanab o’tamiz .

  • E’lonlarda, badiiy asarlarning yoki kitoblarning nomlarida va yorliqlarda : Entrée.

Avis . Precis de phonétique. Cours de géographie.

  • Biror narsani qisqacha bayon qilishda o’zi uchun yozilgan eslatmalarda va telegrafik aloqalarda : voir menuisier ; expédier commende ;

  • Fransuz tilidagi maman, papa, oncle, monsieur kabi so’zlar oldidan:

Je suis venu avec maman. Papa m’a raconté ...

  • Ibora va frazeologik birliklarda: faire attention, avoir raison, porter bonheur.

  • Eski maqollarda : A bon chat, bon rat. Dommage rend sage. Blanc comme neige.


Download 95,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish