“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Download 1,35 Mb.
bet46/80
Sana24.04.2022
Hajmi1,35 Mb.
#578219
TuriУчебное пособие
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

Sinekdoxa deb butun bo‘lak munosabatiga asoslanuvchi ma’no ko‘chishga aytiladi. Adabiyotlarda «ko‘plik o‘rnida birlik yoxud birlik o‘rnida ko‘plik shakllarini qo‘llash yo‘li bilan ham sinekdoxalar yaratish mumkin»ligi aytilgan. Daraxtlar sarg‘aydi, olma gulladi, qo‘limni kesib oldim birikmalarida butunning nomi bilan bo‘lak; har ishga burnini suqmoq, tirnoqqa zor, jamoaning qo‘li baland keldi kabi birikmalarda qismning nomi bilan butun ifodalanyapti. Badiiy nutqda sinekdoxadan ixchamlilik va ifodalilikni ta’minlash maqsadida foydalaniladi.
Kinoya deb «til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko‘chim»ga aytiladi. Kinoya qadimdan adabiyotimizda ta’sirchan ifodalar yaratishda qo‘llanilib kelingan. Evropa adabiyotshunosligida bu hodisa «ironiya» atamasi ostida umumlashtiriladi. Uning antifraza (mashara, u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgi, kalaka yo‘li bilan inkor qilish) hamda sarkazm (zaharxanda ta’na, istehzoli piching, shama) deb ataluvchi ko‘rinishlari farqlanadi. Mohir so‘z ustasi, xalqimizning ardoqli adibi Abdulla Qahhor asarlarida kinoyaning nodir namunalarini uchratish mumkin. U «Mayiz emagan xotin», «Adabiyot muallimi», «Nutq» kabi hajviy hikoya va fel’etonlarida kinoyaning turli ko‘rinishlaridan foydalangan holda betakror obrazlar yaratgan. Masalan adibning «Mayiz emagan xotin» hikoyasidagi ironik bo‘yoqlarda tasvirlangan Mulla Norqo‘zi obrazi ana shunday obrazlardan hisoblanadi: Ayol kishi erkakka qo‘l berib so‘rashdimi, bas!.. Ro‘za tutgan kishi og‘zini chayqasa, suv tomog‘iga ketmasa hamki, ro‘zasi ochiladi – shu og‘iz chayqashdan bahra oladi-da! Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o‘g‘li bir hovuch mayiz berganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Hayo bormi shularda? Shariat yo‘li – xo‘p yo‘l. O‘n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa ura bering. Paranji hayoning pardasi-da!
Parafraza (ayrim adabiyotlarda perifraz, perifraza) deb ataluvchi tasviriy ifodalar ham badiiy nutqning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vosita-lardan hisoblanadi. Parafraza deb «narsa, hodisani o‘z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi – xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalash»ga aytiladi. Shuni unutmaslik kerakki, har qanday narsa – hodisa nomini boshqa ibora bilan atayverish kutilgan effektni bermaydi. Atalayotgan hodisa bilan yangi nom-ibora o‘rtasida mazmuniy yaqinlik bo‘lishi lozim. Masalan, uchuvchilar – samo lochinlari, akula – suv osti hukmdori, sher – hayvonlar sultoni, Samarqand – Sharq darvozasi, teatr – ma’naviyat o‘chog‘i, yoshlik – sevgi fasli kabi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish