Vazirlikning maʼlum qilishicha, ayni paytda mamlakatga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan yangi yondashuvlar sinovdan oʻtkazilmoqda: – oʻta kambagʻallik darajasini xalqaro darajada qabul qilingan kambagʻallik chegarasi (kuniga 1,90 AQSH dollaridan kamroq mablagʻ hisobiga kun kechiradigan aholi ulushi) asosida hisoblash hamda kambagʻallik darajasini daromad darajasi oʻrtacha koʻrsatkichning quyi qismida boʻlgan mamlakatlar uchun belgilangan 3,20 AQSH dollariga teng boʻlgan xalqaro kambagʻallik chegarasi darajasi asosida hisoblash;
– kambagʻallikning turli jihatlarini aks ettirish maqsadida, sogʻliqni saqlash, taʼlim va uy xoʻjaliklarining daromad yoki xarajatlari kesimidagi koʻrsatkichlarni birlashtirgan koʻp oʻlchamli kambagʻallik indeksini ishlab chiqish;
– milliy kambagʻallik darajasini mamlakat uchun minimal turmush darajasining yangi qabul qilingan oʻlchovidan foydalangan holda hisoblash.
Rasmiy statistika maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda kambagʻallikka qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan kambagʻallik darajasi 2000-yildan beri ikki barobarga kamayib, 2000-yildagi 28% dan 2019-yilda 11% ga tushdi. Shu bilan birga, hududiy tengsizlik saqlanib qolmoqda va hatto yildan-yilga oshib bormoqda.
Loyiha muhokamasi 18-martga qadar davom etadi.
Nashr etmoq
Rated 5 stars out of 5
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi qonunda qanday yangi normalar belgilanyapti?
Ijtimoiy hayot3 Mart 20211612
Matn: Баҳор Хидирова
Bugungi kunda bu sohada qonun darajasiga ega boʻlmagan 25 dan ortiq tartibga soluvchi hujjatlar mavjud boʻlib, bularning hammasi yaxlit qonunda oʻz aksini topmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda batafsil muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasida shu kungacha koʻpchilikni qiziqtirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yurtimizdagi asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, shuningdek,siyosiy boshpana berish masalalari aniq normalarda aks ettirilmoqda.
Bugungi kunda bu sohada qonun darajasiga ega boʻlmagan 25 dan ortiq tartibga soluvchi hujjatlar mavjud boʻlib, bularning hammasi yaxlit qonunda oʻz aksini topmoqda.
Har qanday chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs biror bir davlatga sarmoya kiritish, turizm, mehnat faoliyatini yuritish, taʼlim olish yoki boshqa maqsadlarda bormoqchi boʻlsa, oʻzining oʻsha yurtda qonun bilan belgilangan huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilishni istaydi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yurtimizdagi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini yagona hujjatdan bilib olish imkoniyatini yaratadi.
Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish (undan chiqish) va uning hududida boʻlish huquqini beruvchi harakatlanish hujjatlari tushunchalari kiritilmoqda.
Taklif etilayotgan ushbu hujjatda 1966-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida”gi Xalqaro paktning va 1961-yil 14-apreldagi “Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida”gi Vena Konvensiyasining qoidalari hisobga olingan.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning xalqaro hujjatlar bilan belgilangan asosiy huquq va erkinliklari milliy qonunchilikda oʻz ifodasini topishi natijasida, yurtimizga xorijdan yuqori malakali mutaxassislarning, investorlarning hamda sayyohlarning oqimi ortishiga zamin yaratadi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Nashr etmoq
Rated 5 stars out of 5
Viloyat hokimining uyida chiroq o'chdi...
Ijtimoiy hayot3 Mart 2021914
Toshkent viloyati hokimi v.b. Davron Hidoyatov:
Xizmat uyiga koʻchib kirganimga bir hafta boʻlmay chiroq oʻchdi. Surishtirsam, qarzdorlik bor ekan. Mendan avval bu uyda yashaganlar elektr haqini toʻlamagan. Menga aytishdiki, farmoyish bilan hokimiyat hisobidan bu qarzdorlikni bartaraf etish mumkin...
Nega? Hokimiyat uy-joy bilan taʼminlashi mumkindir, lekin kommunal xizmatga toʻlovni u hokim boʻladimi, prokuror boʻladimi, shaxsan oʻzi amalga oshirishi kerak!
Nega amaldor ishlatgan elektr byudjetdan, xalq pulidan qoplanishi kerak? Men bunaqa farmoyishlarga qoʻl qoʻymayman!
Nashr etmoq
Rated 5 stars out of 5
G'amxo'rlikning xalqimizga xos ko'rinishi
Ijtimoiy hayot3 Mart 2021725
Matn: Муножат Мўминова
Mahkuma ayollarni avf etishda ular jazoning asosiy qismini o'tagani, qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligi, jazoni o'tash jarayonida o'zining ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani e'tiborga olindi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan eʼtibor kundan-kunga yuksalib boryapti. Xususan, gender tenglikni taʼminlash, ayniqsa, jamiyatda ayollar nufuzini oshirish borasidagi ishlar eʼtirofga loyiq.
Oliy sudda jazoni ijro etish muassasalarida ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 16 nafar mahkuma ayolning avf etilishi ham ayollarga boʻlgan gʻamxoʻrlikning xalqimizga xos koʻrinishidir.
Mahkuma ayollarni avf etishda ular jazoning asosiy qismini oʻtagani, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, jazoni oʻtash jarayonida oʻzining ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani eʼtiborga olindi.
Nashr etmoq
Rated 5 stars out of 5
16 nafar mahkuma ayolning kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari ko‘rib chiqildi
Ijtimoiy hayot3 Mart 2021439
Matn: Лутфулло Сувонов
Xalqimiz azaldan ayollarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelgan. Bu olijanob fazilatlar mustaqillik yillarida yangi mazmun-mohiyat bilan boyib bormoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ayolga bo‘lgan hurmat-eʼtibor — bu avvalo, oilaga, jamiyat kelajagiga bo‘lgan hurmat-eʼtibor ifodasidir” degan g‘oyasi asosida yurtimizda bugun xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qilish, oilalar barqarorligini taʼminlash, ijtimoiy-siyosiy hayotda to‘laqonli ishtirok etishiga erishish, bir so‘z bilan aytganda, munis va moʻtabar opa-singillarimizni hayotdan rozi qilishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotir.
Ayniqsa, insonparvarlik va bag‘rikenglikka yo‘g‘rilgan siyosat tufayli turli xil sabablar bilan to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, jinoiy qilmishlarga qo‘l urgan bo‘lsa-da, xatosini tushunib, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan ayollarga yengillik berilmoqda. Ular jazodan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi, farzandlari bag‘riga qaytarilmoqda.
2021 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida jazoni ijro etish muassasalarida og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 16 nafar mahkuma ayolning kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari ko‘rib chiqildi. Ochiq sud majlisida Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova va uning o‘rinbosari N.Abdullaxanov ishtirok etdi.
Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida har bir ayolning kassatsiya tartibida bergan arizasi qonun doirasida batafsil o‘rganildi.
Mahkuma ayollar jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jazoni o‘tash jarayonida o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani eʼtiborga olindi.
Og‘ir jinoyatlarni sodir etgan mahkuma ayollar qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan holda Prezidentimizdan, xalqimizdan kechirim so‘radilar.
Sud ajrimi bilan sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoning asosiy qismini o‘tagani, qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lgani, yoshi hamda kafolat xatlari inobatga olinib, 14 nafar ayolning tayinlangan jazolari yengillashtirilib, jazodan ozod qilindi hamda oilasi, yaqinlari bag‘riga qaytarildi. Shuningdek, 2 nafar mahkuma ayolga tayinlangan jazolar yengillashtirildi.
Bu ezgu tadbir ayollarga bo‘lgan eʼtiborning, xalqimizga xos yuksak insonparvarlik va bag‘rikenglikning yorqin namunasi bo‘ldi, deyish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
Nashr etmoq
Rated 5 stars out of 5
Sal boʻlmasa, Budapeshtda qolib ketardi...
Ijtimoiy hayot3 Mart 2021769
Matn: Хайриддин Мурод
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining “ishonch telefoni"ga Navoiy shahri Islom Karimov koʻchasida yashovchi J.X shu yil 22-fevral kuni murojaat qilgan.
Aytishicha, fuqaro 1-fevral kuni Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi aviakassadan “Toshkent/Istambul/Istambul Budapesht” yoʻnalishiga sherigi O.Gʻ bilan jami 21 million soʻmga chipta sotib olgan. 10-fevral kuni O.Gʻ ayrim sabablarga koʻra aviachiptadan foydalanolmasligini aytib chiptani bekor qilishni soʻragan. Aviakassa xodimlari fuqaro O.Gʻ ning aviachiptasi oʻrniga murojaat muallifining qaytish chiptasini bekor qilgan. Natijada J.X “Budapesht/Toshkent” yoʻnalishi uchun oʻz yonidan 15 million 889 ming soʻmga aviachipta sotib olib, qaytib kelgan.
Federatsiyaning Toshkent shahri hududiy birlashmasi mutaxassislari murojaatni jamoatchilik asosida oʻrganib, fuqaro J.X ga 15 million 889 ming soʻm mablagʻini undirib berdi.
Nashr etmoq
Rated 5 stars out of 5
O'zbekiston va BMT: hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari
Ijtimoiy hayot2 Mart 20219423
Matn: Соҳиба Муллаева
2 mart – O'zbekiston BMTga teng huquqli a'zo sifatida qabul qilingan kun!
Oxirgi bir necha yil barcha sohalarda amalda oshirilgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, tub islohotlar va bu borada erishilgan ulkan yutuqlar miqyos jihatidan mustaqil O'zbekiston tarixida misli ko'rilmagan hodisa bo'ldi va xalqaro munosabatlar, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarda yangi davrni boshlab berdi. Ayni paytda, muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan muhim tashqi siyosiy tashabbuslar natijasi o'laroq, xalqaro maydonda keng miqyosdagi yuksak natijalarga erishilmoqda. Ma'lumki, zamonaviy xalqaro munosabatlar ularda ko'p tomonlama diplomatiyaning roli ortib borayotganligi bilan ham xarakterlanadi. Ko'p tomonlama diplomatiya xalqaro hayotning Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) faoliyati bilan bog'liq ko'plab muhim jabhalarini qamrab oladi. O'tgan qisqa davrda O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining belgilovchi asosiy yo'nalishlaridan biri — hamkorlikni mustahkamlash maqsadida BMT bilan sherikligimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.
Prezidentimiz 2020 yil 29 dekabr` kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimo e'tiborimiz markazida bo'ladi”.. Kelgusi yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Inson huquqlari bo'yicha ta'lim” global forumi, yoshlar huquqlariga bag'ishlangan Butunjahon yoshlar anjumani, diniy erkinlik masalalari bo'yicha mintaqaviy konferentsiyalarni o'tkazamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul` – Xalqaro do'stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. SHu bois ushbu sanani O'zbekistonda “Xalqlar do'stligi kuni” deb belgilashni taklif etaman... Qo'shni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta'sirini yumshatishga qaratilgan harakatlarni qat'iy davom ettiramiz. Dengizning qurigan tubida yuz minglab gektar o'rmon va butazorlar tashkil etilayotgani, Orolbo'yi hududlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlari xalqimizni yuksak marralar sari ruhlantirmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan Orolbo'yi mintaqasida inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'p tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytiramiz...”, deb alohida ko'rsatib o'tganligi O'zbekistonning BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslarida yangi tendentsiyalarni namoyon qildi.
BMT xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga, davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan, davlatlar xalqaro hayoti va hamkorligining barcha yo'nalishlarida faoliyat ko'rsatadigan betakror, tarixan muhim va universal tashkilotdir. Ma'lumki, bundan 29 yil oldin, 1992 yil 2 mart kuni yangi suveren davlat —O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi. SHundan buyon biz o'z masalalarimizni hal etishda har doim BMTning ko'magiga tayanib kelmoqdamiz.
Dunyoda kechayotgan hozirgi globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga, o'zida turli tahdid va xavf-xatarlarni ham namoyon etmoqda. Ana shunday sharoitda davrimizning eng obro'li xalqaro tuzilmasi — BMT bilan tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash yo'lida samarali hamkorlik qilish xalqimizning tub milliy manfaatlariga to'liq mos keladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqi O'zbekiston—BMT munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Prezidentning sessiyada so'zlagan nutqida, “Biz qat'iy ishonamiz, BMT bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o'rin tutadi” degan fikri respublikamizning tashqi siyosiy pozitsiyasini izohlab berdi.Mazkur mustahkam siyosiy-diplomatik pozitsiya davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan global va mintaqaviy ahamiyatga ega tashabbuslarda yana bir bor o'z ifodasini topdi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda BMTning o'ndan ortiq dasturlari, jamg'armalari va agentliklari, bir qator ixtisoslashgan muassasalari faoliyat olib bormoqda. O'z navbatida Nyu-York shahrida Doimiy vakolatxona va Jeneva shahridagi BMT bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston keyingi yillarda BMTning Jenevadagi bo'limi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirmoqda. O'zbekiston BMTning Bosh Assambleyasi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatidagi o'z ishtirokini ham faollashtirdi.
Mamlakatimizga BMT Bosh kotibi, Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar, BMTning Diniy e'tiqod bo'yicha, Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi bo'yicha maxsus ma'ruzachilarining amalga oshirgan tashriflari katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, 2020 yil 13 oktyabr` kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga — 2021-2023 yillarga saylanishi va a'zo sifatida Kengashning dastlabki uchrashuvida birinchi marta ishtirok etishi olamshumul va tarixiy voqelikdir. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Inson huquqlari bo'yicha kengashning 46-sessiyasida so'zlagan nutqida ilgari surilgan tashabbuslar bevosita O'zbekiston va BMT doirasidagi ikki tomonlama hal etiladigan masalalar bilan birgalikda, mintaqaviy va global darajada keng xalqaro hamkorlar bilan amalga oshirilishi talab etiladi. Ushbu nutqda belgilab berilgan yangi vazifalar Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqi hamda Oliy Majlisga yo'llangan Murojaatnomasidagi vazifalar bilan hamohangdir.
Shu tariqa O'zbekiston hamda BMT o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik muvaffaqiyat bilan ravnaq topmoqda. Bundan keyin ham O'zbekiston Respublikasining jahondagi yirik xalqaro tashkilot BMT bilan munosabatlari tenglik va manfaatli sheriklik asosida rivojlanib boraveradi.