1-Vazifa. Matn harflari uchun alohida effekt yarating.
Matnni kiriting (masalan, "Informatika").
Tegishli shrift, shrift hajmi va harflar oralig'ini tanlang.
Matnni tanlang.
Endi quyidagilarni bajaring. Klaviaturadan CTRL+K bosing.
Endi har bir harf alohida egri chiziq sifatida ko'rib chiqiladi.
Matnni tanlash asbobi yordamida tanlang Shape (Фигура). Har bir harfda lupa ostida aniq ko'rinadigan ko'plab tugunlar paydo bo'ladi.
Bitta harfni ko'chirish uchun sizga quyidagilar kerak:
Harfning barcha tugunlarini tanlang.
Kursorni tugunlardan biriga qo'ying.
Sichqoncha tugmachasini bosing.
Sichqoncha tugmasi bosilgan holda harakatlantiring.
Xususiyat satri elementi yordamida alohida harflarni aylantiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |