Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Download 16,41 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi16,41 Kb.
#545916
Bog'liq
7 mavzu


Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” fanidan amaliy mashg’ulotlari shlanmasi.
Amaliy mashg’ulot №7
Mavzu: Janubiy Amerika materigi geografik o’rni, okean qismlari, orollari va chekka nuqtalari. Rel’efi.
Darsning maqsadi: Janubiy Amerika materigi geografik o’rni, okean qismlari, orollari va
chekka nuqtalari. Rel’efiga umumiy tavsifi ma’ruzadan olgan bilimlarni taxlil qilish
Darsning jihozi: Oquv qo’llanmalar, fan bo’yicha o’quv metodik majmua, 9-sinf atlas va kontur.
Topshiriq: №1. Quyidagi savollarga javob yozing.

  1. Janubiy Amerika hududining katta qismining poydevorini tashkil etuvchi yirik platforma shakllanish tarixi va yoshiga ko‘ra nechaga bo‘linadi? Amerika hududining aksariyat qismining poydevorini tashkil etuvchi yirik platforma shakllanish tarixiga va yoshiga ko‘ra ikkiga: arxey va proterozoyda burmalangan zamindagi Gviana-Braziliya (Janubiy Amerika) platformasiga va gertsin burmalanish davrida vujudga kelgan Patagoniya platformasiga bo‘linadi.

  2. Janubiy Amerika taraqqiyot tarixi geotektonik strukturasiga tavsif bering? Janubiy Amerika taraqqiyot tarixi geotektonik strukturasiga ko‘ra ikkita yirik qismga: platformali strukturadan tarkib topgan Andsiz Sharqqa va geosinklinal mintaqadan tashkil topgan Andli G‘arbga bo‘linadi. Har ikkala geotektonik yirik region relyef shakllarining vujudga kelish tarixiga va hozirgi relyef xususiyatlariga ko‘ra bir qator morfostruktura oblastlarga bo‘linadi

  3. And tog‘ tizimining asosiy qismi qanday burmalanishlar jarayonida shakllangan? Gertsin bosqichida kembriydan oldin hosil bo‘lgan platforma zaminida, Braziliya qalqonining janubiy qismida magmalarning otilib chiqishi sodir bo‘ladi. Gertsin orogenezi And geosinklinal zonasining sharqiy qismida, platformaga yaqin joylarda ham namoyon bo‘ladi. Materikning janubiy qismida gertsin burmalanishi davrida Patagoniya platformasi vujudga keladi

  4. Janubiy Amerika materigi rel’ef xususiyatlari qanday tuzilgan? Janubiy Amerikaning 45 % ga yaqin hududi Amazonka, Orinoko, Markaziy, Gviana kabi pastekisliklardan tashkil topgan. Materikning hozirgi relyef shakllarining hosil bo‘lishida yangi tektonik harakatlarning roli nihoyatda katta. Yangi tektonik harakatlar materikning geosinklinal g‘arbiy tog‘lik mintaqasiga kuchli ta’sir etib qolmasdan, balki unga nisbatan tinchroq bo‘lgan sharqiy tekislik va yassi tog‘lik mintaqasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Natijada turli xil morfologik strukturalarga ega bo‘lgan yirik relyef shakllari vujudga kelgan.

  5. Janubiy Amerika materigi tekisliklariga tavsif bering? Janubiy Amerika platformasining sinkliza morfostruktura oblastlari Orinoko, Amazonka va Markaziy pastteksiliklardan iborat. Orinoko pastekisligi. Bu morfostruktura oblasti Karib Andi tog‘lari bilan Gviana yassi tog‘ligi oralig‘idagi mezozoyning oxirida vujudga kelgan tektonik bukilmada tarkib topgan Amazonka pastekisligi Janubiy Amerika platformasining eng yirik va qadimiy sinklizasida tarkib topgan. Uning g‘arbiy qismi And geosinklinal oblastining chekka bukilgan tektonik stukturasi bilan tutashgan. Shimolda Gviana va janubda Braziliya yassi tog‘liklari bilan chegaralangan. Markaziy tekisliklar. Paragvay, Parana va Urugvay daryo havzalarida, Janubiy Amerika platformasining bukilgan qismida, And tog‘lari bilan Braziliya yassi tog‘ligi oralig‘ida Markaziy tekisliklar joylashgan La-Plata pastekisligi. Markaziy tekisliklarning eng pastqam, botqoqlangan qismi bo‘lib, u tarkibi jihatidan Janubiy Amerika platformasiga qarashli sinklizaning katta qismi hisoblanadi.

  6. Materik orografik tuzilishiga tavsif bering?

  7. Materik foydali qazilmalari tarqalish geografiyasi tavsifini bering?

  8. Kordilerabo‘yi va Pampa Serralari?

  9. La-Plata pastekisligi



Topshiriq: №2. Quyidagilarga GLOSSARIY tuzing
1.Gviana-Braziliya
2. Patagoniya,
3.And
4.Qalqon
5. Pampa Serra
6. Punalar
7. Sayyoramiz o'pkasi
8. Olovli halqa
9. San-Salvador


Topshiriq: №3 Janubiy Amerika matergi rel’efini yozuvsiz xaritaga tushiring
Download 16,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish