«materialshunoslik»



Download 4,24 Mb.
bet97/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120
Bog'liq
Oy

To‘qimachilik ilgagi ikkita lentadan iborat. Ulardan birining o‘ng tomoni monoiplardan qilingan petlyalar bilan, ikkinchi lentaning o‘ng tomoni yoki qirqimi 1 mono ip petlyalar, ya’ni ilgaklar bilan qoplangan. Ikkala lenta birlashtirilganda ilgaklar petlyalarga kirib berkinadi. Anchagina kuch bilan tortilsa, lentalar bir-biridan ajrali ochiladi.

  1. Qotirmalik materiallar.

Tikuvchilik buyumlarining ayrim detallariga qattiqlik berish va kiyilganda buyumning shakli saqlanishi uchun qotirmalik materiallar ishlatiladi.

Palto va erkaklar kostyumlarini tikkanda ko‘krakka avra va astart gazlamasi orasiga noto‘qima qotirmalik material - flizelin yoki qilli gazlama qo‘yib ketiladi.

Qilli gazlama tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin.

Tabiiy qilli gazlama rapirali to‘quv stanoklarida polotno o‘rilishda to‘qiladi. Tandasiga paxta kalava ip, arqog‘iga ot qili ishlatiladi. Tabiiy qilli gazlamaning uni ot qilining uzunligi bilan cheklangan bo‘lib, 22 sm ga boradi.

Tabiiy qilli gazlamadan farqli ravishda sun’iy qilli gazlamaning arqog‘iga diametri 0,25 - 0,4 mm li kapron qillar ishlatiladi, oddiy to‘quv stanoklarida to‘qiladi, eni 78 sm bo‘ladi. Sun’iy qilli gazlamaning elastikligi kamroq, qiyshayuvchan, ancha qattiq, buyum shaklini uncha saqlamaydi.

Kiyim kiyib yurilaganda dag‘al ot qillari yoki kapron qillar avra galamasini teshib chiqishi mumkin. Shuning uchun qilli qotirma avra gazlamasiga mahkamlangandan so‘ng qilli gazlamaning kesishgan joylariga zich gazlamadan mag‘iz qilinadi. Sun’iy qilli gazlama chetlarini eritib mustakamlash tavsiya qilinadi.

Oliy sifatli buymlarda qotirma uchun tabiiy qilli material ishlatiladi.

Pidjak va paltolarning oldini qattiq qilish uchun isitib yopishtiradigan ko‘p zonali qotirmalik gazlama ishlatiladi ( unda tanda yoki arqoq yo‘nalishida joylashgan zonalar aniq bilinib turadi). Bir-biridan tolalarning tarkibi, qalinligi, eni, o‘rilishi, qatiqligi, gazlama sirtining zichligi bilan farq qiladigan uch xil zona : qattiq zona, o‘tish ( yarim qattiq ) zonasi va yumshoq zona bo‘ladi.

Qattiq zonadagi gazlama ancha siyrak va qattiq bo‘ladi, har xil nisbatdagi viskoza tolalar, paxta tolalari va jun tolalaridan iborat aralash ipga tabiiy qillar va sintetik qayishqoq iplar qo‘yib ishlab chiqariladi. Har xil tolali kalava iplar galma- gal kelishi tufayli o‘tish zonasidagi gazlama qattiqligi yumshoq zona yo‘nalishida asta-sekin pasayib boradi.

Yumshoq zona gazlamasi bir jinsli kalava ipdan tashkil topadi, hamda qattiqligi va sirtqi zichligi eng kichik bo‘ladi.

Zonalar tanda yo‘nalishida yotganda gazlama barcha zonalarda bir xil arqoqqa zonalar arqoq yo‘nalishida yotganda esa bir xil tandaga ega bo‘ladi. Zonalarning tanda yoki arqoq yo‘nalishida galma-gal kelishi ketma-ket yoki ko‘zgusimon bo‘lishi mumkin.

Gazlamani bichishni osonlashtirish uchun zonalar bir-biridan rangli iplar bilan ajratilgan. Gazlamaga poliamid yelim nuqta-nuqta qilib qoplangan. Gazlamalarga qotirmalik material temperaturasi 145°C, bosimi 0,04 MP li presslarda 18 s davomida yopishtiriladi.

Klassik ip gazlama, zig‘ir tolali va yarim zig‘ir tolali qotirmalik gazlamalardan tashqari qotirmalarning yangi variantlari ham ishlab chiqarilmoqda.


  1. Bezak materiallar.

Bezak materiallar jumlasiga lentalar, tesmalar, shnurlar, to‘rlar kiradi. Bezak materiallar sifatida gazlama, charm, zamsha, moy’na zamsha, tugma, biser va hokazolardan ham foydalanish mumkin.


Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish