Kationlar analitik klassifikaciyasining D.I.Mendeleevning davriy sistemasiga bog’liqligi
Kationlarning analitik guruhlarining tartib raqami D.I.Mendeleevning elementlar davriy
sistemasida guruhlar tartibiga ancha yaqin. Haqiqatan ham kationlar hosil qilgan tuzlari va
gidroksidlarning eruvchanligi ularning boshqa hamma hususiyatlari kabi D.I.Mendeleevning
davriy sistemasida joylashgan o’rni bilan uzviy bog’liq.
Kationlarni vodorod sulьfidli klassifikaciyasi bilan elementlar davriy sistemasi orasidagi
bog’liqlikni ko’rib o’taylik. Analiz davomida karbonatlar gidrooksidlar va sulьfidlar holida
cho’kadigan kationlar, ularning ba’zilarini hisobga olmaganda davriy sistemada qonuniy
ravishda joylashgan. I va II analitik guruh kationlari Na
+
, K
+
, Mg
2+
, Ba
2+
, Sr
2+
, Ca
2+
davriy
sistemadagi o’sha guruhning asosiy guruhchasida joylashgan. Ammoniy sulьfid ta’sirida
gidroksidlar holida cho’kadigan uchinchi analitik guruh kationlari Al
+3
, Cr
3+
davriy
sistemasining III va VI guruhlarida jadvalning chap tomonida joylashgan. Ammoniy sulьfid
ta’sirida sulьfidlar holida cho’kadigan III analitik guruh kationlari Fe
2+
, Fe
3+
, Cr
3+
, Ni
2+
, Co
2+
,
Mn
2+
, Zn
2+
esa, asosan, to’rtinchi katta davrning o’rtasida joylashgan. Qiyin eriydigan sulьfidlar
hosil qiluvchi IV analitik guruh kationlari Cu
2+
, Cd
2+
, Bi
3+
, Sn
2+
, davriy sistemaning o’ng
tomonida, katta davrlarning birinchi yarmida VI guruhdan boshlab joylashadi va shu guruhning
ikkinchi yarmida tugaydi. Hloridlar hosil qiluvchi V analitik guruh kationlari Ag
+
, [Hg
2
]
2+
, Pb
2+
davriy sistemaning chap tomonida joylashgan. Agar tegishli kationlar elektron qavatining
tuzilishiga e’tibor bersak, birinchi va ikkinchi analitik guruhning natijalari, shuningdek, uchinchi
guruhning (NH
4
)
2
S ta’sirida gidroksid holida cho’kadigan kationlar, inert gazlar kabi, 2 yoki 8
elektron li tugallangan tashqi elektron qavatga ega ekanligini ko’rish mumkin. Qiyin eriydigan
sulьfidlar hosil qiluvchi uchinchi va beshinchi analitik guruh kationlari esa tugallangan tashqi
qavatga, yoki 8 elektrondan 18 elektronga o’tuvchi tugallanmagan elektron qavatga, yoki tashqi
ikkita qavatida 18+2 elektronga ega bo’ladi.
Tashqi tugallanmagan elektron qavatidan oldingi qavatida 8 elektroni bor kationlar
odatda, kislotalarda (masalan, HCl) eriydigan sulьfidlar hosil qiladi, ya’ni uchinchi analitik
guruhga kiradi. Tashqi tugallanmagan elektron qavatidan oldingi qavatda 18 elektroni bor
kationlar esa kislotalarda qiyin eriydigan sulьfidlar hosil qiladi, ya’ni to’rtinchi va beshinchi
analitik guruhlarga kiradi. Ba’zan bu qonuniyatlardan chetga chiqish hollari ham uchraydi.
Masalan, Mg
2+
kationini elementlar davriy sistemada tutgan o’rniga qarab ikkinchi guruh
kationlari qatoriga kiritish kerak edi. Haqiqatdan ham CaCO
3
, SrCO
3
, BaCO
3
lar kabi magniy
karbonat ham suvda qiyin eriydi. Lekin u ammoniy tuzlarida eriydi va shuning uchun ham uni
(NH
4
)
2
SO
3
ta’sirida to’liq cho’ktirib bo’lmaydi. SHunga ko’ra Mg
2+
ionini I guruh bilan birga
eritmada qoldirish maqsadida, I-II guruhni ammiakli bufer eritma (NH
4
OH va NH
4
Cl)
ishtirokida cho’ktirish kerak Mg
2+
ionini I guruhga kiritilishiga sabab ham, ana shu.
5
Zn
2+
kationi davriy sistemada joylashgan o’rniga qarab III analitik guruhga emas, balki
IV analitik guruhga kiritilishi kerak edi. Zn
2+
kationi III analitik guruh kationlaridan farq qilib,
o’rtacha kislotali muhitda, H
2
S ta’sirida IV guruh kationlari bilan cho’ktiriladi. Lekin IV guruh
kationlari kuchli kislotali muhitda ([H+] =0,3g-ion/l) cho’ktiriladi. SHuning uchun ham Zn
2+
ioni III guruh kationlari bilan eritmada qoladi va hokazo, shunga o’xshash misollar keltirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |