Nazorat savollari:
1.
“Tashqi effektda” nima kuzatiladi?
2.
Eritish-oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini ko’rsating?
3.
Erituvchi, erigan modda va ularning o’zaro ta’siri mahsulotlaridan tarkib topgan bir
jinsli gomogen sistemaga nima deb aytiladi?
4.
Oksidlanish-qaytarilish-kislotali-asosli o’zaro ta’sirlanish-kompleks hosil qilish
reaksiyalarini ko’rsating?
5.
Faqat bir yo’nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang’ich moddalar
ohirgi mahsulotlarga to’liq aylanadigan reaksiyalar qanday reaksiyalar?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and
Sons. UK 2014
2.T.Fischer., Materials Science for Engineering Students, 1st Edition
Elsevier UK, 2008
3.Mikell P.Groover., Fundamentals of Modern Manufacturing Materials, Processes, and
Equipment John Wiley and Sons inc USA 2010
188
17 va 18-AMALIY MASHG’ULOTLAR
Materiallarni yeyilishini o’rganish.
Metallarni korroziyasini o’rganish. Optik analiz usullari.
Ishdan maqsad:
Metallarda korroziya turlari, Suyuq yoqilg’ilar ta’sirida vujudga
keladigan korroziya, elektrokimyoviy korroziya, metallar korroziyasini oldini olish, metall sirtini
boshqa metallar bilan qoplash, metallarga turli qo’shimchalar kiritish, korrozion aktivator va
ingibitorlar.
30
Masalani qo’yilishi:
Metallarni korroziyadan oldini olishni tahlil qilish
Kerakli jixozlar:
Kompьyuter, proektor, kompьyuterning dasturiy ta’minotlari.
Ishni bajarish uchun namuna:
Ko’pchilik metallar havo, suv, kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta’sirida yemiriladi.
Bu hodisa
korroziya
deyiladi. Korroziya so’zi lotincha
«corrodore» - yemirilish
degan ma’noni
anglatadi. Korroziya o’zining fizik-kimyoviy xarakteri jihatidan ikki xil bo’ladi:
kimyoviy
va
e
lektrokimyoviy korroziya
. Metallarda qanday turdagi korroziya sodir bo’lishi metallni qurshab
turgan muhitga bog’liq bo’ladi. Metallarga quruq gazlar (kislorod, sulfit angidrid, vodorod
sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va h.k.), elektrolit bo’lmagan suyuqliklar ta’sir etganda
kimyoviy korroziya
sodir bo’ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko’p uchraydi, shuning
uchun bunday yemirilish metallarning
gaz korroziyasi
deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa,
metallurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po’lat buyumlarini gaz korroziyasidan saqlash
uchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi.
Suyuq yoqilg’ilar ta’sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziya
jumlasiga kiradi. Suyuq yoqilg’ining asosiy tarkibiy qismlari metallarni korroziyalantirmaydi,
lekin, neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt, vodorod sulfid va oltingugurtli organik
moddalarning metallarga ta’siri natijasida korroziya vujudga keladi. Suvsiz sharoitidagina bu
ta’sir namoyon bo’ladi. Suvda elektro-kimyoviy korroziyaga aylanadi.
Elektrolitlar ta’sirida bo’ladigan korroziya e
lektrokimyoviy kor-roziya
deyiladi.
Ko’pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy
korroziya metalda kichik galvanik elementlar hosil bo’lishi natijasida sodir bo’ladi. Galvanik
elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko’p metallar tarkibida qo’shimcha sifatida boshqa metallar
bo’lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan,
nam havoda temirga mis metali tegib turgan bo’lsin. Bunda galvanik element hosil bo’ladi (temir
– anod, mis – katod vazifasini o’taydi). Temir oksidlanadi: Fe–2e
–
=Fe
2+
Fe
2
ionlari OH
–
ionlari bilan birikib, Fe(OH)
2
ni hosil qiladi; Fe(OH)
2
havo kislorodi va
namlik ta’sirida Fe(OH)
3
ga aylanadi;
4Fe(OH)
2
+ O
2
+ 2H
2
O = 4Fe(OH)
3
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar vodorod ionlari mo’l bo’lsa, temirdan chiqqan
elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi; 2H
+2e
–
H
2
Temir
qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda sustroq sodir bo’ladi,
temir ruxga tegib tursa zanglamaydi, chunki temir ruxga qaraganda asl metaldir; elektrolitlar
ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan galvanik elementda rux – anod, temir – katod vazifasini
bajaradi.
31
30
Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons. UK 2014 425-pp
31
Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons. UK 2014 425-pp
189
Do'stlaringiz bilan baham: |