Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchashda yuk bilan unga mahkamlangan indentor (odatda, po‘lat sharcha) Np baland-likdan namunaning yuzasiga tik yo‘nalishda tushiriladi. Shor usuli bilan qattiqlik indentorning urilib qaytish balandligi Ho ga qarab aniqlanadi (21- rasm). Qattiqlik shkalasi 130 birlikka bo‘-lingan. U toblangan evtektoid po‘latning qalinligi 100 birlikka teng degan fikrga asoslanib hisoblangan. Bu asboblardan sho-shilinch tahlillar uchun foydalaniladi. Shor bo‘yicha qattiqlik bilan boshqa usullar orasida hech qanday o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |