Mustahkamligi yuqori materiallar.
Grafit listda uglerod atomlari
ning o‘zaro bog‘lanishi, ma’lumlariga nisbatan eng yuqori. Nuqsonsiz
uglerodli trubkalar po‘latdan ikki barobar mustahkam va to‘rt marta
yengil. Texnologiya oldida turgan vazifalar biri cheksiz uzunlikka ega
bo‘lgan uglerod nanotrubkalarini yaratishdir. Bunday trubkalardan
yangi asr texnikasi uchun yuqori mustahkam va yengil kompozitlar
tayyorlash mumkin. Masalan, ulardan qurilish va ko‘priklar kuch
lanish ta’siridagi elementlari, uchish qurilmalari tutib turuvchi kon
-
struksiyalari, turbina elementlari, kam yoqilg‘i sarflaydigan dvigatel
-
lar kuchli bloklari va b. ishlab chiqarish mumkin.
Hozirgi kunda diametri 10 nanometr bo‘lgan 10 mikron uzunlik-
dagi nanotrubka yaratilgan (13.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |