Materialshunoslik indd



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/273
Sana18.01.2022
Hajmi6,82 Mb.
#390782
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273
Bog'liq
Materialshunoslik007

5.3. T
oblash va bo‘shatish
Toblash.
 Toblashdan maqsad materiallarining mustahkamligini 
oshirishdir. Toblashning boshqa sof termik ishlov berishdan asosiy 
farqi uni katta tezlik bilan sovitilishidadir.
Toblash harorati Fe–Fe
3
C holat diagrammasiga muvofiq aniqlanadi. 
 
Toblash harorati buyumning butun ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir xil 
 
bo‘lishi uchun ko‘p vaqt ketsa, austenitning o‘sib ketish xavfi bor. 
 
Buyumni pechda ma’lum haroratda tutib turish vaqti uning shakliga, 
 
pechga joylash usuliga va turiga bog‘liq. 
Xomakilarni yuqori haroratli pechda qizdirganda uglerod kuyadi. 
 
Natijada  buyumning  yuzasida  uglerod  miqdori  kamayadi.  Buning 
oldini  olish  maqsadida  ish  muhiti  nazorat  qilib  turiladigan  pechlar 
qo‘llaniladi. Toblash muhitini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. 
Austenitning izotermik parchalanish diagrammasidan ma’lumki, tob­
lash uchun kerakli bo‘lgan eng kichik sovitish tezligi egri chiziqqa 
urinma bo‘lmog‘i kerak. Lekin sovitish tezligini martensitga parcha
-


72
lanish chegarasida sekinlatishi zarur, shunda buyumda yuzaga keladi
-
gan ichki termik kuchlanishlar mumkin qadar kamayadi. 
Sovitish muhiti sifatida suv, mineral moylar, tuz eritmalari ishlati-
ladi. Uglerodli po‘latlarni toblashda suv, yuqori legirlangan po‘latlarni 
toblashda esa mineral moylar ishlatiladi. 
Agar xomakining ko‘ndalang kesimi katta va shakli murakkab 
bo‘lmasa, to‘xtovsiz bir muhitda sovitish mumkin (5.1-rasm, 1-egri 
chiziq).
Yuqori uglerodli po‘latlarni toblashda sovitish uchun ikki muhit
-
dan foydalaniladi. Buning uchun po‘lat austenitning barqarorligi eng 
kichik  davrdan  o‘tguncha  suv  bilan  sovitiladi,  so‘ngra  martensitga 
parchalanish  haroratidan  80–100  °C  yuqori  haroratda  moyda  sekin 
sovitiladi (5.1­rasm, 2­egri chiziq).
Agar asbobning tuzilishi murakkab va hajmi katta bo‘lsa, pog‘o­
nali toblash qo‘llaniladi (5.1­rasm, 3­egri chiziq).
Bunda asbob suyuq muhitda martensitga parchalanishdan yuqori­
roq haroratda ushlab turiladi, so‘ngra havoda sovitiladi. Shunday 
qilinganda  martensitga  parchalanishdan  oldin  harorat  butun  hajm 
bo‘yicha bir xil bo‘ladi.
Ko‘p hollarda o‘rtacha uglerodli po‘latlardan tayyorlanadigan kon
-
struksiyalarning murakkab qismlari izotermik haroratda toblanadi. 
Bunda po‘lat beynitgacha tez sovitiladi. Beynit parchalanib bo‘lgach, 
sovitish  davom  etiriladi  (5.1­rasm,  4­egri  chiziq).  Natijada  po‘lat 
strukturasida  parchalanmay  qolgan  austenit  paydo  bo‘ladi.  Bunday 
toblangan po‘latlarda plastiklik va qattiqlikning yaxshi mutanosibligi 
yuzaga keladi.
Mashinasozlik amaliyotida o‘z-o‘zidan bo‘shatish imkonini bera-
digan toblash usullari mavjud. Buning uchun qizdirilgan buyumning 
bir qismigina sovitiladi. Sovitilmagan qismning issiqligi hisobiga 
sovitilgan qism bo‘shatish haroratigacha qiziydi. Natijada bo‘shatish 
jarayoni o‘z­o‘zidan yuz beradi. Bunday toblash usulida turli qismlari 
har xil qattiqlikka ega bo‘lgan buyumlar olinadi.
Toblash natijasida erishiladigan eng katta qattiqlik po‘latning 

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish