12.4-rasm. Kukunsimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan plast-
massalar: 1–bog‘lovchi asos; 2–kukunsimon to‘ldiruvchi.
Kukunsimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan plastiklar zamo
-
naviy materialshunoslikda dunyo miqyosida keng va ko‘p miqdorda
ishlab chiqarilmoqda. Bunday plastmassalarda bog‘lovchi asos sifa
-
tida termoreaktiv yelimlardan (epoksid yelimi, fenolformaldegid ye
-
limi, furanformaldegid yelimi va h.k.) keng foydalaniladi, to‘ldiruvchi
sifatida kvars, chinni tolkoni, grafit, vollastonit, qum, kaolin kabi
minerallardan keng foydalaniladi. Bunday materiallar issiqbardosh
bo‘lib, ishqalanuvchi detallarda keng ishlatiladi, shuningdek qurilish
materiallaridan dekorativ materiallar olishda keng miqyosda ishlab
chiqarilmoqda. Kukunsimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan plastik
-
lar ancha yengil, arzon va ishlab chiqarish texnologiyasini qulay va
arzonligi bilan bugungi xaridorlar uchun ma’qul kelmoqda.
245
1
2
Do'stlaringiz bilan baham: |