Zаnglаmаs po‘lаtlаr.
Zаnglаmаs po‘lаtlаr turli аtrоfmuhitdаgi vа
аsоsаn ochiq аtmоsfеrа kоrrоziyasigа qаrshi turа оlish хususiyatigа egа
bo‘lgаn mаtеriаllаr guruhini tаshkil qiladi. Bundаy qоtishmаlаrning
аsоsiy qo‘shimchа elеmеntiхrоmdir. Bundа qоtishmаdа хrоmning
kоnsеntrаtsiyasi 11% dаn kаm bo‘lmаsligi lоzim. Nikеl vа mоlibdеn
elеmеntlаri hаm qo‘shilishi qоtishmаning kоrrоziyagа qаrshilik
хоssаsini yaхshilаydi.
Zаnglаmаs po‘lаtlаr qo‘shimchаlаr turigа vа mikrоstrukturаsigа
nisbаtаn 3 turgа bo‘linаdi: – mаrtеnsitli, fеrritli vа аustеnitli. Bu
mаtеriаllаrning хоssаlаrini kеng ko‘lаmdа o‘zgаrtirish imkоniyati,
kоrrоziyabаrdоshli qаtоr vаriаntlаri ulаr ni аniq maqsadli yo‘nаl
tirilgаn turli sоhаlаrdа qo‘llаsh imkоnini bеrаdi.
Mаrtеnsit zаnglаmаs po‘lаtlаri tеrmik ishlаsh yo‘li bilаn bu
-
tun qоtishmа mikrоkоmpоnеntlаrini аsоsiy bir ko‘rinishgа, ya’ni
mаrtеnsit strukturа hosil qilish оrqаli оlinаdi.
Fеrritli zаnglаmаs po‘lаtlаr αfеrrit (hаjmi mаrkаzlаshgаn kristаll)
dаn tаshkil tоpаdi. Аustеnit vа fеrrit po‘lаtlаrni sоvuqlаyin ishlоv
bеrish оrqаli mustаh kаmligini оshirish mumkin.
Аustеnit zаnglаmаs po‘lаtlаrining ko‘p qismi kоrrоziyabаrdоsh
po‘lаtlаr hisоbigа kirаdi, nikеl vа хrоm miqdоrigа qаrаb bеlgilаnаdi.
Bu po‘lаtlаr ko‘p miqdоrdа ishlаb chiqаrilаdi. Mаrtеnsit vа fеrrit
po‘lаtlаr mаgnit хоssаlаrigа egа, аustеnit zаnglаmаs po‘lаtlаri mаgnit
хоssаlаrni nаmоyon etmаydi.
Аyrim zаnglаmаs po‘lаtlаr ko‘pinchа yuqоri hаrоrаtli vа judа оg‘ir
shаrоitdаgi muhitlаrdа ishlаtilаdi. Bundа ulаr оksidlаnishgа qаrshilik
bilаn birgа yuqori mехаnik хоssаlаrini hаm sаqlаb turishi lоzim. Bu
mаtеriаllаrning оksid lоvchi muhitdа ishlаsh qоbiliyati 1000
0
C gаchа
sаqlаnib turаdi.
61
Zаnglаmаs po‘lаtlаrning bundаy turlаrigа quvurlar, yuqоri
hаrоrаtli bug‘ quvurlar, eritish pеchlаrini, samolyot, rаkеtа vа аtоm
elеktr stаnsiyalаrining quril mаlаrini tаyyorlаshdа ishlаtilаdi.
Po‘latlarning doimiy qo‘shimchalari (unsurlari, begona jinslari)
ga marga nets, kremniy, fosfor va oltingugurt, shuningdek, kislorod
va vodorod gazlari kiradi. Birinchilarining miqdori, odatda, 0,8%
(Mn), 0,5% (Si), 0,05% (P va S)dan oshmaydi. Bu elementlarning
miqdori maxsus po‘latlarda ko‘proq bo‘ladi. Marga nets va krem
-
niy foydali unsurlar hisoblanadi. Masalan, marganetsni po‘latga,
uni “nordonlashtirish”, ya’ni zararli temir oksidini yo‘qotish uchun
qo‘shiladi: Mn+FeO→MnO+Fe. Bundan tashqari, u oltingugurtning
zararli birikmalarini bog‘lab tashlaydi: Mn+FeS→MnS+Fe. Shu tu
-
fayli po‘latning mustahkamligi sezilarli oshadi, lekin plastikligi ilga
-
rigidek saqlanib qoladi, FeS bor bo‘lgani uchun yuqori haroratlarda
po‘latning mo‘rtligi (krasnolomkost) yo‘qoladi. Kremniy ham po‘latni
“nordonlashtiradi”: 2FeO+Si→2Fe+SiO
2
. U po‘latning oquvchanlik
chegarasini ko‘taradi, natijada sovuq holatda bosim bilan ishlov be
rish yomonlashadi. Shu sababdan shtamplab ishlanadigan po‘latlar
tarkibida kremniy miqdori kam bo‘lishiga harakat qilinadi.
Fosfor va oltingugurt zararli jinslar hisoblanadi. Fosfor po‘latning
plastikligi va qovushqoqligini kamaytiradi, sovuq holatda sinuv
chanligini oshiradi, shuning uchun uning miqdorini cheklashga
(0,025…0,045%) harakat qilinadi. Biroq ba’zan, po‘latni qirqib ish
-
lashni osonlashtirish va po‘lat mis bilan tutashib ishlaganda korro
-
ziya bardoshliligini oshirish uchun ataylab qo‘shiladi. Oltingugurt
po‘latlarda sulfid – FeS ko‘rinishida bo‘ladi, u temir bilan birga erish
harorati 988
0
C bo‘lgan evtektika hosil qiladi. Evtektika donlarning
chegaralari bo‘yicha joylashadi va issiq holda bosim ostida ishlash ha
-
roratlarida po‘latni mo‘rt qilib qo‘yadi (evtektika erib ketib, donlar ora
-
sidagi bog‘lanish kuchsizlanib qoladi). Marganets qo‘shilganda temir
sulfid plastinkasimon marganets sulfidga aylanadi, uning erish harorati
1620
0
C. Oltingugurt po‘latlarning zarbali qovushqoqligini, plastikligi
ni, chidamlilik chegarasini, payvandlanuvchanligi va korroziyabar
-
doshliligini pasaytiradi. U po‘latga rudalarni eritishda, shuningdek,
metall pech gazlari bilan o‘zaro ta’sir qilganda tushib qoladi.
62
Azot va kislorod po‘latda mo‘rt oksidlar va nitridlar (FeO, SiO
2
,
Al
2
O
3
, Fe
4
N va b.) ko‘rinishida yoki erkin holida nuqsonlarga joylashib
(g‘ovaklar, darzlar) uchraydi. Bu elementlar po‘latning sovuq holda
mo‘rtligini oshiradi va chidamlilik chegarasini pasaytiradi. Azotning
miqdori ko‘p bo‘lsa, po‘lat “defor matsiyali qarish”ga uchraydi, chun
-
ki azot dislokatsiyalarning harakatiga xalal beradi va plastiklikni
kamaytiradi. Vodorod qattiq qotishmaga yoki g‘ovaklarga joylashib
oladi, po‘latni g‘oyatda mo‘rt qilib qo‘yadi. Uning miqdori bolg‘ala
nayotgan po‘latda ko‘p bo‘lsa, flokenlar oval shaklli darzlar hosil
bo‘ladi. Ularning siniq joylari oq dog‘ ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday
nuqson – metall ichdan uzilgani haqida xabar beradi. Flokenlarning
oldini olish uchun po‘latni qizigan holda deformatsiyalab bo‘lib, asta
sovitiladi yoki 250
0
C haroratda uzoq ushlab turiladi.
Zararli unsurlar (begona jinslar)ning miqdori po‘latni olish va
nordon lashtirish usullariga ko‘p darajada bog‘liq. Masalan, kislorod,
vodorod va azot gazlarini kamaytirish uchun po‘lat qayta eritiladi va
vakuum sharoitida quyiladi.
Uglerod mashinasozlik cho‘yanlari strukturasida grafit ko‘rinishida
bo‘ladi. Grafit miqdori cho‘yanda ko‘p (bir necha foizgacha), mexa
nik xususiyatlari atro fidagi metall fazaning xususiyatlaridan yomon
bo‘lgani sababli grafit qo‘shilmalar mustahkam matritsada darzlar va
bo‘shliqlar hosil qilib, cho‘yanni ojizlantirib qo‘yadi.
Tabiiyki, cho‘yanda uglerod grafit ko‘rinishida qancha ko‘p va
uning qo‘shilmalari qanchalik siyrak bo‘lsa, cho‘yanning mustah
-
kamligi, ayniqsa, cho‘zilishda, shunchalik past bo‘ladi. Biroq ba’zi
holatlarda, grafit ijobiy omil sifatida namoyon bo‘ladi – cho‘yanning
qirqib ishlanuvchanligini yaxshilaydi, unga antifriksion xususiyatlar
beradi, titrashlar va zarbalarni so‘ndiradi.
Cho‘yanning strukturasi va xususiyatlari kremniy miqdoriga
(0,3…5,0%) jiddiy bog‘liq, u grafitlanish jarayonini kuchaytiradi.
Marganetsning doimiy (ya’ni tabiiy) qo‘shilmalari (0,5…0,8%)
cho‘yanlarning mexanik xususiyatlarini yaxshi laydi va ular grafit
-
lanishiga qarshilik qiladi. Fosfor cho‘yanda (odatda, ko‘pi bilan
0,2…0,3%) erigan holatda uchraydi. U cho‘yanning suyuq oquvchan
-
ligini va yeyilishga bardoshliligini oshiradi, shuningdek, mo‘rtligiga
63
sabab bo‘ladi, chunki miqdori 0,5…0,7% bo‘lganda erish harorati
950
0
C bo‘lgan, mo‘rt fosfidli evtektika (Fe+Fe
3
P+Fe
3
C) hosil qiladi.
Shunga qaramay, fosfor cho‘yanning qirqib ishlanuvchanligini
yomonlash tiradi, shuning uchun miqdori cheklanadi (0,12%), yuqori
bardoshli cho‘yanlarda undan ham kam (0,03%). “Temiruglerod”
qotishmasiga, uning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida maxsus
elementlar qo‘shiladi, ular “
legirlovchi element
” deyiladi. Shunday
elementi bor qotishmalar esa, “
legirlangan
” deyiladi.
Legirlovchi elementlarning po‘latlarning xususiyatlariga ta’sir qi
lish mexanizmi temirda polimorf o‘zgarishlarni qo‘zg‘atishdan ibo
-
rat. Bu o‘zgarishlar harorati temirda erigan hamma elementlarning
xususiyatlariga bog‘liq. Legirlash yo‘li bilan temirning γ–fazasining
mavjudlik qismini kengaytirish (
A
4
ga to‘g‘ri keladigan haroratlar
ortib,
A
3
ga to‘g‘ri keladiganlari – kamayadi) yoki toraytirish mumkin
(
A
4
ning haroratlari pasayib,
A
3
nikil – ortadi (9.1-jadv., 9–12-rasm).
Masalan, Ni, Mn va b.elementlar guruhi ma’lum miqdordan ortiq
qo‘shilsa, γ – holat qismini xona haroratidan erish haroratigacha ken
-
gaytiradi. Bunday qotish malar
austenitli qotishma
deyiladi. Boshqa
elementlar (V, Si, Mo va b.) ferritni erish haroratigacha barqaror qila
-
di. Bunday qotishmalar
ferritli qotishma
deyiladi. Ularni qizdirganda
va sovitganda evtektoidli o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |