254
Nanomateriallarni sanoatda qo‘llanilishi alohida ahamiyatga ega.
Bu materiallarning xossalari prinsipial farq qilgani uchun sanoatni
kop sohalarida ishlatiladi.
Albatta birinchi navbatda nanomateriallarni qo‘llash yuqori mexa
nik xossali yangi konstruksion materiallarni yaratishga imkon beradi.
Nanostrukturali moddadan yasalgan rezbali mahsulot (detal)
yuqori
mustahkam bo‘ladi. Masalan avia va avtomobilsozlikda
ishlatiladi-
gan titandan yasalgan mahsulot nanostrukturali qilib olinsa, uning
chidamliligi uzoq umr ko‘rishi (dolgovechnost) 1,5 marta oshadi,
rezbani yasash mehnat sig‘imi kamayadi.
Nanostrukturali aluminiy qotishmalaridan murakkab formadagi
yengil mahsulotlarni yuqori tezlikda o‘ta plastik deformatsiyalab
(bosim bilan ishlab) detallar yasash mumkin. Bu sharoitda shtampli
barcha teshik, burchak va h.k. lari to‘liq to‘ladi, deformatsiya kuchi
pasayadi, forma hosil qilish harorati pasayadi (450ºC dan 350ºC ga
-
cha). Ma’lumki, hozirda bu usul bilan ichki yonar dvigateli porshen
-
lari (murakkab formadagi) yasaladi.
Nitridli legirlangan keramik nanostrukturali moddalardan
tuzilgan
material olovbardosh bo‘ladi va ulardan ichki yonar dvigatellar, gaz
turbinalari, keskich plastinkalari yasaladi.
Metallurgiyada esa nanomaterialdan yasalgan o‘tgabardosh mate-
rial keramika qo‘llaniladi.
Hozirda nanoparoshoklar ko‘p funksiyali qo‘shimcha sifatida juda
keng qo‘llaniladi: motor, transmissiya va industrial
moylarga, plas
-
tik moylarga, bosim ostida ishlaydigan
jarayonlarda ishlatiladigan
255
texnologik moylarga, metallarni qirqishdagi moylovchisovituvchi
suyuqliklarga, sayqallashdagi (dovodno pritirichnqe) pasta va sus
-
penziyalarga qo‘shiladi.
Tarkibida plastmassa va polimerlar bo‘lgan kompozitsion ma
-
teriallarga metallarning nanokukunlarini qo‘shish ancha istiqbolli
yo‘nalishdir. Bu yo‘l bilan plastikmagnit, elektr o‘tkazadigan rezina,
tok o‘tkazadigan kraska, kley va h.k. xossali kompozitsion material
-
lar olish mumkin. Metallarni nanokukunlari qo‘shilib
yonmaydigan
polimerlar olinadi.
Umuman, nanomaterialli qo‘llamalar bir tekisda,
bir xil qalinlikda,
bir
xil zichlikga yetadi, olovbardosh bo‘ladi.
AQSHning Yelekiy universtiteti olimlariga tibbiyotda nanomateri-
allarni (texnologiyani) qo‘llashni o‘rganishga 6,5 mln. dollar hajmida
pul ajratilgan. Olimlar insonlarning tirik to‘qimalariga impluatatsiya
qilinadigan biomimetik nanoo‘tkazgichni yaratyaptilar.
Bundan buyon quyosh energiyasidan foydalanish energetika so
-
hasidagi dolzarb masala bo‘lib qolaveradi. Nanotexnologiya asosida
yaratilgan misindiydieselenidgalliy (CIGSplyonka) plyonkasini
fotoelektrik effekti (samaradorligi) hozirgi zamon quyosh
element-
larinikidan 20% ga ko‘proq.
Do'stlaringiz bilan baham: