Tolalar bilan sinchlangan plastmassalarning xossalari
12.2-jadval
Xossalar
Shishaplastiklar Ugleplastiklar Organoplastiklar
Tola miqdori, %
70–75
60–70
65–75
Solishtirma zichligi, kg/
m
3
2000–2100
1550–1600
1350–1400
Siljishdagi
mustahkamligi, GPa
2,5–2,8
1,8–3,5
3,5–4,0
Siqilishdagi
mustahkamligi, GPa
2,0–2,5
1,2–1,8
0,35–0,40
Elastiklik moduli, GPa
70–75
150–200
100–120
246
Shishaplastiklar zarba ta’siridagi va dinamik yuklanishlarga yax
-
shi bardosh beradi va konstruksion elementlarining tebranishlarini
so‘ndiradi. Kimyoviy barqaror shishaplastiklar ishlatilishi 150
o
C
dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda agressiv muhitlar ishlatish bilan
bog‘liq bo‘lgan keng miqyosli texnologik protsesslarni (masalan, sul
-
fat kislota, xlor, mineral o‘g‘itlar va kaustik soda ishlab chiqarish) an
-
cha ratsional amalga oshirishga imkon beradi. Ular orasida eng muhi
-
mi ko‘p qatlamli shishaplastiklardir. Ularning 2–3 mm qalinlikdagi
dastlabki ikki qatlamida massasi jihatdan tegishlicha 10–25% shisha
tola bo‘lib, tarkibida 60–65% shisha tola to‘ldiruvchi bo‘ladigan kon
-
struksion qatlamga (kuch qatlamiga) agressiv suyuqlikning o‘tishiga
to‘sqinlik qiladi, ya’ni u termik to‘siq rolini bajaradi. Molekulalar
tartibga solinib, parallel joylashtirilgan shisha tolalardan bog‘lovchi
modda (yelim) qo‘shish yo‘li bilan olinadigan shisha tolali kompozit
material nihoyatda mustahkam bo‘ladi va yirik omborlar, trubopro
-
vodlar, estakadalar, yuqori bosimli gaz ballonlar va hokazolar olishda
ishlatiladi.
Ugleplastiklar zamonaviy mashinasozlik materiallaridan biri
bo‘lib, bunday yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan ugleplastiklarga
dunyo miqyosida talab yildanyilga ortib bormoqda. Ugleplastiklar
juda yengil va o‘ta yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan kompozit ma
-
terialdir. Ugleplastiklardan samolyotsozlik detallari, o‘ta tez uchuvchi
raketa texnikalari, mashinasozlik, kosmik texnikalar, meditsina anjom-
lari, protezlar, yengil velosipedlar va sport velosipedlari va boshqa
-
larni ishlab chiqarishda keng miqyosda qo‘llanilib kelinmoqda.
Organikplastiklar ham keng miqyosda avtomobilsozlik, kemasoz
lik, mashinasozlik, samolyotsozlik, kosmonavtika texnikalari, ra-
dioelektronika, kimyoviy mashinasozlik, sport anjomlari va boshqa
-
lar ishlab chiqarilmoqda.
Uzluksiz tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalarda tola miqdori 60–
80 % gacha miqdorda sinchlab olinadi. Ishlab chiqarishning zamo
-
naviy usullarida tola miqdorini plastmassalar tarkibida ko‘paytirish
borasida izlanishlar olib borilmoqda va tola miqdorini 85–90 % gacha
yetkazish ko‘zda tutilgan.
247
1
2
Do'stlaringiz bilan baham: |