Metallar mexanik — mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchan- lik, plastiklik va hokazo xossalarga ega. Bunda har xil metall namunalari tegishli mashinalarda sinab ko‘riladi.
Metallarning qattiqligiga alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi, chunki mashinasozlik sanoatida metallarning qattiqligini o‘z- gartirish usullari mavjud bo‘lib, uning ahamiyati katta. Sharchaning namunada qoldirgan izi qancha katta bo‘lsa, metall shuncha yumshoq va aksincha bo‘ladi.
Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroq jismni botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlik metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyat detallar tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi. Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘p kuch talab etiladi. Metallarning qattiqligi turli usullarda aniq-
lanadi. Usullardan amalda namunaga toblangan sharcha, konus- simon olmos yoki piramidasimon olmosni botirish yo‘li bilan aniqlanadigan usullar ko‘p qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |