Iogann Genrix Pestalotstsi
(1776-1827) shveytsariyalik buyuk pedagog-
demokrat. U tarbiya asosini odamning tabiiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan, tarbiya
maqsadini odamning ma’naviy qiyofasini tarkib toptirishdan iborat, degan. Uning
fikricha, tana faoliyati harakatlarda namoyon bo’ladi, harakatlar esa bog’inlar
tuzilishi va harakatchanligiga bog’liqdir. U bo’g’inlar uchun gimnastika
elementlarini ishlab chiqdi. Bunda barcha harakatlar o’z mazmunini topgan edi.
Pestalotssi elementar gimnastikani o’ziga xos «mehnat malakalari alifbosi», ya’ni
ko’tarish, irg’itish yoki uloqtirish, aylantirish, urish va h.k. qilishga o’rgatish zarur,
deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |