Materiallar



Download 6,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet499/503
Sana31.12.2021
Hajmi6,18 Mb.
#272983
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   503
Bog'liq
Materiallar qarshiligi (2)

a) 
b)
15.21-rasm.


15.23-rasm.
Deformatsiyalanayotgan  tekislikni,  masalan,  elastik  plastina  yoki  mem- 
branalam i  burchakli  k o ‘chishlarini  aniqlash  usuli  m uar  tasmalari  .usulining 
k o ‘rinishlaridan  biri  hisoblanadi.  15.22-rasmda  burchak  oMchovchi  uskuna- 
ning  sxemasi  berilgan.  Bu  yerda  to ‘r  silindrik  ekranga  tushiriladi,  tekshiri­
layotgan  sirt  esa  yaltiroqlanadi.
Bu  suratdan  akslanib  qaytgan  to ‘r 
ikki  marta  fotosuratga  olinadi:  birinchi 
marta  egilmagan  va  ikkinchi  marta  egil- 
gan  plastinka  holati  uchun.  Akslantiruv- 
chi  sirtning  og‘ishi  tufayli  to ‘r  siljiydi 
va  muar  effekti  vujudga  keladi.  15.21- 
rasmda  ko ‘rsatilgan  tasm alardan  farqli 
ravishda  bu  yerda  sirtning  o ‘zaro  teng 
og‘ish  burchaklari  geometrik  c ‘mi  aks 
etgan.  Burchakli  ko'chishlar  orqali  plas­
tinka  egriligining  qonuniyati  aniqlanadi, 
keyin  b u la r  a so sid a   k u ch lan ish lar 
hisoblanadi.
M isol  tariqasida  15.23-rasm da  bir 
tomoni  ikki  joyidan  qistirilgan  va  yig‘iq 
k uch  b ilan   y u k langan  t o ‘g ‘ri  to 'rt-


burchakli  plastinka  keltirilgan.  15.24-rasmda to ‘mi joylashtirishning  ikki  holi 
uchun  muar  tasmalarining  tarqalishi  surati  tasvirlangan.
Hozirgi  paytda  muar  tasmalari  usulining  bir  qancha  modifikatsiyalari 
ishlab  chiqilgan,  uning  aniqlik  darajasini  va  samaradorliligini  oshirishning 
qator  y o ‘llari  m avjud.  M azkur  usul  k uchlanish   holati  tah lili  bilan  
shug‘ullanuvchi  tadqiqotchilar  uchun  xizmat  qiladigan  yaxshi  qo'shim cha 
qurol  vazifasini  o'tashi  mumkin.
15.6.  K u c h la n is h la m i  a n iq la s h n in g   re n tg e n   usuli
Kuchlanishlami  aniqlashning  rentgen  usuli  metallning  kristal  panjarasi 
atomlari  orasidagi  masofalarni  oMchashga  asoslangan.  Bu  m asofalar  ikki 
sababga  k o ‘ra:  h aro rat  va  kuch  ta ’sirid a  o ‘zgarishi  m um kin.  K uch 
qo‘yilmagan  holda  atomlar orasidagi  masofa  m a’lum.  Bu  masofa  bilan  kuch­
lanish  holatida  o ‘lchangan  masofani 
taqqoslash  yo‘li  bilan  nisbiy  uzayish- 
ni  topam iz  hamda  harorat  ta ’sirini 
hisob ga  olib,  k u chlan ishn i  an iq ­
iaymiz.
A ytilgan 
gaplardan 
rentg en  
u su lin in g   muhim  jih a tla ri  ayon 
boMadi.  Mazkur  usul,  metall  obyekt- 
ga  oMchash  asb ob larini  o ‘rn at- 
m asdan,  unda  zo‘riqtirishdan  avval 
mavjud boMgan kuchlanishlami  aniq­
lash  im konini  beradi.  O ddiy  ten- 
zometrlash  uslubida  avval  yuklanm a­
gan 
konstruksiyaga 
ten zo m e tr 
o 'rn a tib ,  undagi  d efo rm atsiy alar 
oMchab  olinar,  keyin  esa  konstruk­
siya  yuklangandan  s o ‘ng  yana 
oMchanar va  oMchov  natijalari  taqqo- 
slanar  edi.  Kuchlanishlami  bunday 
oMchaganda  tenzometrlar  texnologik 
ta ’sirlardan  vujudga  keladigan  kuch­
lanishlami  ilg'ab  ololmaydi.  Rentgen 
usuli  kuchlan ishlarn ing   « m utlaq» 
qiymatini  aniqlay  oladi.  Rentgen  usu-
Qizish


li  yordamida,  masalan,  payvand  chok  sovigandan  keyin  unda  qoladigan  qol­
diq  kuchlanishlam i  topish  mumkin.  Tenzom etrlar  yordamida  bu  kabi  ish- 
lami  bajarib  boMmaydi.
MaMumki,  rentgen  nurlanishi  tez  uchar  elektronlar  yoki  ionlar  tutamini 
(пучок)  metall  sirtiga  urilishi  natijasida  vujudga  keladi.  Elektronlar  tutami 
rentgen  quvurchasida  cho‘gManuvchi  ipni  qizdirish  va  yuqori  kuchlanish 
maydonida  elektronlarni.  kuchaytirish  yoMi  bilan  hosil  qilinadi.  Quvurcha 
anodiga  urilgan  elektronlar  rentgen  nurlarini  paydo  qiladi  va  bular  aksa-' 
riyat  hollarda  tutamga  tik  y o ‘nalishda  tarqaladi  (15.25-rasm).  Ish  jarayoni- 
da  anod  qattiq  qiziydi  va  suv  bilan  sovitiladi.  Issiqlikni  tezroq  kamaytirish 
maqsadida  anod  quvurchasi  misdan  yasaladi.
Rentgen  quvurchasining  nurlanish  spektri  elektron  tutam i  tushayotgan 
metallga  (anodning  ishchi  metaliga)  hamda  quvurchaga  ta ’sir  etayotgan  yu­
qori  kuchlanishning  qiymatiga  bogMiq.
Metallardagi  kuchlanishlami  rentgen  usulida  oMchashda  К  -   seriya  deb 
ataladigan  monoxromatik  nurlardan  foydalaniladi.  Kerakli  nurlanishni  hosil 
qilish  uchun  quvurchaga  yuqori  kuchlanish  beriladi.  PoMat  konstruksiyalar- 
ni  tekshirishda  anodning  ishlovchi  metali  sifatida  kobalt  ishlatiladi.  Agar 
quvurchadagi  anod  kuchlanishi  7710  b  dan  oshmasa,  rentgen  nurlarining 
spektri  uzluksiz  boMadi,  issiqlik  nurlanishining  eng  qisqa  toMqinlaridan 
(1,6  A)  tortib,  eng  uzun  toMqinlarigacha  qamrab  olgan  boMadi.  Anod  kuch­
lanishi  7710  b  dan  oshsa,  vaziyat  keskin  o ‘zgaradi.  Uzluksiz  spektrning 
intensivligi  kamayadi  va  uning  fonida  m a’lum  toMqin  uzunligiga ega  boMgan 
aniq  nurlanishlar  vujudga  keladi.  Kobalt  uchun  bunday  nurlanish  uchta 
boMadi.  Bular  ichida  intensivligi  eng  yuqori  boMgan  nurlanishning  toMqin 
uzunligi  A =l,7853  A.  0 ‘rtacna  intensivlikka xos  toMqin  uzunligi  A = l,7893
A.  Bu  ikki  nurlanish  К  
dubletini,  y a’ni  ikkinchi  nusxasini  tashkil  etadi. 
Uchinchi  nurlanish  kuchsiz  boMadi  va  amaliy  ahamiyatga  ega  emas.  Kuch­
lanishni  yanada  oshirilishi  spektr  xarakterini  o ‘zgartirmaydi,  nurlanish  in­
tensivligi  ortadi,  xolos.  ToMqin  uzunliklari  ham  o ‘zgarishsiz  qoladi.
Rentgen  nurlanish  toMqinlaii  tekshirilayotgan  metall  atomlari  elektron- 
lariga  ta ’sir  etib,  ulam i  toMqin  chastotasida  tebranishga  m ajbur  etadi.  Shun­
day  qilib  atom  elektronlarining  o‘zi  tebranish  manbayiga  aylanib  qoladi  va 
rentgen  nurlarini  tushayotgan  tutam  toMqini  uzunligida  tarqatadi.  Atomlar 
tekshirilayotgan  metallning  kristall  panjarasida  m a’lum  tartibda joylashgan- 
ligi  sababli,  elektronlardan  chiqadigan  nurlar  interferensiyalanadi.  Natijada 
kristallga  tushayotgan  rentgen  tutami,  kristallardan  toMqin  uzunligi,  panjara 
oMchamlari  va  rentgen  tutamining  tushish  burchagi  orasidagi  o ‘zaro  nisbat-


ga  qarab,  m a’lum  yo‘nalishlarda  tarqaladi.  Bu  nisbat  Breg  sharti  nomi  bi­
lan  yuritiladi.

Download 6,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   495   496   497   498   499   500   501   502   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish