Materiallar tuzilishi va ularning xossalari. Qattiq jismlarning tuzilishi. Struktura va uning materiallar xossalariga ta’siri



Download 333,5 Kb.
Sana28.11.2019
Hajmi333,5 Kb.
#27490
Bog'liq
1 МАВЗУ

  • MATERIALLAR TUZILISHI VA ULARNING XOSSALARI. QATTIQ JISMLARNING TUZILISHI. STRUKTURA VA UNING MATERIALLAR XOSSALARIGA TA’SIRI
  • Reja:
  • Materiallar o‘zaro bir-biridan fizik hamda kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Elektron texnikasida ishlatiladigan materiallar 3 qismga bo‘linadi:
  • 1. Elektrontexnik
  • 2. Konstruksion
  • 3. Maxsus materiallar
  • Elektrontexnika materiallari bu elektr va magnit maydonida ma’lum bir xususiyati bilan tavsiflanadi, bular amaliyotda elektr va magnit maydon ta’siri berilishiga qarab qo‘llaniladi.
  • Elektrontexnik materiallar magnit maydonida 2 guruhga bo‘linadi: kuchli va kuchsiz magnit materiallar.
  • Elektr maydonida ular 3 guruhga bo‘linadi:
  • 1. O‘tkazgichlar.
  • 2. YArim o‘tkazgichlar.
  • 3. Dielektriklar.
  • Metallar - bu materiallarning xona haroratida solishtirma o‘tkazuvchanligi σ =­10-6 ­÷ 10-4 (Om ∙sm) ni tashkil etadi.
  • YArim o‘tkazgich materiallar – solishtirma o‘tkazuvchanligi xona haroratida σ =­10-4 ­÷ 1010 (Om∙sm) ni tashkil etib, ularning elekrofizik xossasi metallardan farqli holda tashqi ta’sirga: yorug‘lik, bosim, elektr maydon hamda haroratga juda ta’sirchan bo‘ladi.
  • Dielektrik materiallar - bu odatda solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lib, b = 1010 ÷ 1015 (Om ∙ cm) bo‘lgan va elektr xususiyati qutblangan qonuniyatiga bo‘ysunuvchi material hisoblanadi.
  • Kristallarninng fazoviy tuzilishini tavsiflashda kristall panjara tushunchasidan foydalaniladi. Kristall panjara tugunlarida atomlar joylashgan fazoviy to‘rdan iborat. Uni quyidagicha qurish mumkin: x,y,z o‘qlaridan tashkil topgan koordinatalar sistemasining (albatta, faqat to‘g‘ri burchakli bo‘lishi shart emas) boshiga berilgan moddaning bir atomini joylashtirib, o‘qlar bo‘yicha o‘lchamlari atomlarning muvozanat holatlariga mos, bazaviy vektorlar deb atalgan a, v, s vektorlarni joylashtiramiz. x - o‘qi bo‘yicha a, 2a, 3a, . . . masofalarga, y- o‘qi bo‘yicha v, 2v, 3v, . . . masofalarga va nihoyat z- o‘qi bo‘yicha s, 2s, 3s, . . . . masofalarga atomlarni joylashtirib kristall panjaraning x, y, z o‘qlari bo‘yicha birlashgan atomlar zanjirini hosil qilamiz.
  • Tugunlardagi atomlarni ko‘chirish (translyasiya) vektori deb atalgan vektor T = na + mv + ks yordamida (2- rasm) o‘qlar bo‘yicha ko‘chirib kristall panjara xosil qilinadi. a, b, c vektorlariga qurilgan eng kichik uyachani Brave panjarasi yoki elementar yacheyka deb ataladi. O‘qlar orasidagi , ,  burchaklar ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.
  • Dielektrik materiallar deb - elektr xususiyati qutblanishga bo‘ysinuvchi va solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lgan materiallarga aytiladi. Dielektrik materiallar 2 ga bo‘linadi:
  • 1. Passiv
  • 2. Aktiv (faol).
  • Passiv dielektrik materiallar ko‘pincha elektro- izolyasiya sifatida qo‘llaniladi. Bunga misol qilib, oddiy kondensatorni olish mumkin. Aktiv dielektriklar ko‘pincha lazer texnikasida qo‘llaniladi. O‘tkazuvchan materiallarning solishtirma qarshiligi <10-5 Om∙m dielektrik materiallar qarshiligi esa <10 8 Om∙m .
  • Qattiq jismlar tuzilishi, tarkibi, ularni tashkil etgan zarralari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari, mexanik, elektr, magnit, optik va boshqa xossalari jihatidan turli guruhlarga bo‘linadi. Masalan, elektr xossalari bo‘yicha qattiq jismlar yaxshi o‘tkazgichlar (metallar), yarim o‘tkazgichlar (bu atamani qo‘shib yozsa ham bo‘ladi), dielektriklar guruhlarini tashkil qiladi. Magnit xossalari jihatidan esa diamagnit, paramagnit, ferromagnit, antiferromagnit va ferritlar deb ataladigan qattiq jismlar turlari mavjud.
  • Qattiq jismlarning ayrim muxim xossalari hamda ularni tavsiflaydigan asosiy tushunchalar to‘g‘risida ma’lumot beramiz.
  • Qattiq jismlar ularni tashkil qilgan zarralarning joylashish tartibiga asoslanib kristall va amorf jismlar guruhlariga ajraladi. Amorf jismlarni (masalan, shishani) tashkil qilgan atomlar (ionlar, molekulalar)ning joylashishida qat’iy bir tartib yo‘q. Bundan ularning fazalarini o‘zgartirishida (masalan suyuqlanishida) qat’iy o‘tish nuqtalari (suyuqlanish haroratlari) mavjud bo‘lmasligi kelib chiqadi: amorf jismlar bir holatdan ikkinchi holatga uzluksiz o‘tib boradi.

Download 333,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish