Matematikadan masalalar


Javob: Alisherning uyida 30 ta qo’y va 12 ta tovuq bor.                                                       5-MASALA



Download 404,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.09.2019
Hajmi404,33 Kb.
#22769
1   2   3
Bog'liq
4- sinflar uchun matematikadan masalalar toplami

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob

Javob: Alisherning uyida 30 ta qo’y va 12 ta tovuq bor. 

                                                     5-MASALA 

Ikkita  qayiqlar  to’xtash  joyida  teng  miqdorda  qayiqlar  turibdi.  Ulardan  35  tasi 

suvga  tushgandan  keyin  ,  1-to’xtash  joyida  10  ta,  2-sida  esa  15  ta  qayiq  qoldi. 

Dastlab har bir to’xtash joyida nechtadan qayiq bo’lgan? 

Yechish: 

1-usul.   1). 10+15=25(ta) ikkala to’xtash joyida qolgan qayiqlar soni 

               2). 25+35=60(ta) ikkala to’xtash joyidagi jami qayiqlar soni 

               3). 60:2=30(tadan) har bir to’xtash joyidagi qayiqlar soni 

 

2-usul.    x+x-35=10+15 



               2x-35=25 

               2x=25+35 

               2x=60 

               x=60:2 

               x=30 

Javob: Har bir to’xtash joyida 30 tadan qayiq bo’lgan. 

                                                     6-MASALA 

To’g’ri  to’rtburchakning  perimetri  52  sm.  Bo’yining  uzunligi  esa  15  sm  ga  teng 

bo’lsa, uning yuzini hisoblang? 

Yechish: 

1-usul.   1). 52:2=26(sm) qo’shni tomonlari(1 ta eni va 1 ta bo’yi) ning uzunligi 

         2). 26-15=11(sm) eni 

         3). S=a·b=15·11=165(sm

2



 

2-usul.   1). 15·2=30(sm)  2 ta bo’yining uzunligi 

               2). 52-30=22(sm)  2 ta enining uzunligi 

               3). 22:2=11(sm) eni 

               4). S=a·b=15·11=165(sm

2



 

3-usul.     To’g’ri  to’rtburchakning  enini    x deb  olamiz  va  to’g’ri  to’rtburchakning 

perimetrini topish formulasi ya’ni  P=(a+b)·2  ga asosan tenglama tuzamiz. 

                (x+15)·2=52 

                x+15=52:2 

                x+15=26 

                x=26-15 

                x=11 (sm, eni) 



 

12 


                S=a·b=15·11=165(sm

2



Javob: To’g’ri to’rtburchakning yuzi 165 sm

2

 ga teng. 



 

7-MASALA 

 

Botir, Nodir va Qodir birgalikda bog’dan 92 ta olma terib olishdi. Tushlikda Botir 

5  ta,  Nodir  2  ta,  Qodir  esa 4  ta  olma  yedi.  Shundan  so’ng  har bir  bolada  baravar 

miqdorda olma qoldi. Har bir bola bog’dan nechtadan olma tergan? 

Yechish: 

1-usul.   1). 5+2+4=11(ta)  3 ta bolaning yegan olmalari soni 

               2). 92-11=81(ta)  3 ta bolada qolgan olmalar soni 

               3). 81:3=27(ta) har bir bolada qolgan olmalar soni 

               4). 27+5=32(ta) Botir tergan olmalar soni 

               5). 27+2=29(ta) Nodir tergan olmalar soni 

               6). 27+4=31(ta) Qodir tergan olmalar soni 

 

2-usul.    Agar har bir bolada bir xil miqdorda ya’ni  x tadan olma qolgan bo’lsa, u 



holda Botir x+5 ta, Nodir x+2 ta, Qodir x+4 ta olma tergan bo’ladi 

              x+5+x+2+x+4=92 

              x+x+x=92-5-2-4 

              3x=81 

              x=81:3 

              x=27 (har bir bolada qolgan olmalar soni) 

              27+5=32(ta) Botir tergan olmalar soni 

              27+2=29(ta) Nodir tergan olmalar soni 

              27+4=31(ta) Qodir tergan olmalar soni 

Javob: Botir 32 ta, Nodir 29 ta, Qodir 31 ta olma tergan 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

13 


 

O`QUVCHILARGA TAVSIYA ETILADIGAN MURAKKAB 

MASALALARDAN NAMUNALAR: 

 

1.  Bir  shahardan  bir  vaqtda  qarama-qarshi  tomonga  qarab  ikki  piyoda  yo’lga 

chiqdi.  2  soatdan  keyin  ular  orasidagi  masofa  16  km  bo’ldi.  Agar  ikkinchi 

piyodaning tezligi soatiga 5 km bo’lsa, birinchi piyodaning tezligini toping? 

 

2.  Samarqand  shahridan  bir  vaqtda  qarama-qarshi  tomonga  qarab  ikki 



mototsiklchi  yo’lga  chiqdi.  5  soatdan  keyin  ular  orasidagi  masofa  715  km 

bo’ldi.  Agar  birinchi  mototsiklchining  tezligi  soatiga  65  km  bo’lsa,  ikkinchi 

mototsiklchining tezligini toping? 

 

3.  Maktab  bog’iga  36  tup  mevali  daraxt  bor.  Daraxtlarning  2/9  qismi  nok, 



qolganlari olma. Maktab bog’idagi nok daraxtlari olma daraxtlariga qaraganda 

necha tup kam? 

 

4.  Kinoteatrning tomosha zalida 18 ta qator, har bir qatorda 22 tadan joy bor. Agar 



chiptaning narxi 200 so’mdan bo’lib, 3 seansning hammasiga chiptalar sotilsa, 

kinoteatrga qancha pul tushadi? 

 

5.  Mirza  24  ta  qo’ziqorin  topdi.  Karim  Mirzaga  qaraganda  6  ta  kam  qo’ziqorin 



topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 marta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi 

birga nechta qo’ziqorin topishgan? 

 

6.  Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 marta kam qo’ziqorin 



topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 ta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga 

nechta qo’ziqorin topishgan? 

 

7.  O’quvchilar  25  tup  daraxt  ko’chatini  yo’l  chetiga  bir  to’g’ri  chiziq  bo’ylab 



ekishdi.  Har  ikki  qo’shni  daraxt  orasidagi  masofa  3  m.  Eng  chekkadagi 

daraxtlar orasidagi masofa necha m bo’ladi? 

 

8.  Alisher, Nabi va Umidning og’irligi birgalikda 89 kg. Agar Alisher va Nabi 63 



kg, Nabi va Umid 58 kg bo’lsa, har bir bolaning og’irligini toping? 

 

9.  Turist uch kunda 47  km yo’l bosdi. U 1- va 2-kuni 33 km, 2- va 3-kuni 30 km 



yo’l bosdi. Turist har qaysi kunda necha km dan yo’l bosdi? 

 


 

14 


10.  Kitob,  albom  va  daftar  birga  780  so’m  turadi.  Kitob  bilan  albom  birga  600 

so’m, kitob bilan daftar birga 410 so’m turadi. Kitob, albom  va daftar alohida 

qancha turadi? 

 

11.  Onasi,  otasi  va  qizi  Ra’noning  yoshini  birga  qo’shib  hisoblaganda  71  yosh. 



Ra’no  bilan  onasi  birga  37  yosh,  Ra’no  bilan  otasi  esa 42  yosh.  Ularning har 

qaysisining yoshi nechada? 

 

12.  Bir  ishchi  bir  kunda  60  ta  buyum,  ikkinchisi  undan  15  ta  kam  buyum 



tayyorlaydi.  630  ta  buyum  tayyorlash  uchun  ikkala  ishchi  necha  kun  ishlashi 

kerak? 


 

13.  Konfet  o’raydigan  bir  avtomat  minutiga  440  dona  konfet  o’raydi.  Ikkinchi 

avtomat  minutiga  undan  120  dona  ortiq  konfet  o’raydi.  Ikkala  avtomat  birga 

ishlab, 12000 dona konfetni necha minutda o’raydi? 

 

14.  Turist paroxodda 131 km, poyezdda paroxoddagidan 3 marta ko’p  yo’l bosdi. 



Qolgan  yo’lni  piyoda  bosdi.  Agar  turist  hammasi  bo’lib  560  km  yo’l  bosgan 

bo’lsa, necha km yo’lni piyoda yurgan? 

 

15.  Ustaxona 312 ta kastyum tikishga buyurtma oldi. Ustaxona birinchi uch kunda 



kuniga  24  tadan  kastyum  tikdi.  Undan  keyingi  kunlarda  kuniga  30  tadan 

kastyum tika boshladi. Ustaxona buyurtmani necha kunda bajargan? 

 

16.  Uchta  vagonga  100  t  yuk  ortildi.  1-vagonga  18  t,  2-vagonga  undan  3  marta 



ortiq yuk ortildi. 3-vagonga necha tonna yuk ortilgan? 

 

17.  Velosipedchi  soatiga  16  km  tezlik  bilan  yurib,  shahardan  qishloqqa  3  soatda 



bordi. Qaytishda u o’sha masofani 4 soatda bosib o’tdi. Velosipedchi shaharga 

qanday tezlik bilan kelgan? 

 

18.  Hamid shahardan qishloqqa yuk mashinasida soatiga 40 km tezlik bilan bordi. 



Qaytishda  u  yengil  mashinada  soatiga  70  km  tezlik  bilan  keldi.  Agar  Hamid 

qaytishda 4 soat sarflagan bo’lsa, shahardan qishloqqa qancha vaqtda borgan? 

 

19.  Ustaxona 7 kunda  241 ta kastyum tikdi. Ustaxona birinchi 3 kunda kuniga 27 



tadan  kastyum  tikdi.  Ustaxona  keyingi  4  kunda  kuniga  nechtadan  kastyum 

tikkan? 


 

 

15 


20.  84  m  uzunlikdagi  bir  o’ram  sim  ikki  bo’lakka  shunday  bo’lindiki,  biri 

ikkinchisidan 5 marta uzun bo’ldi. Har bir bo’lakning uzunligini toping? 

 

21.  63  m  uzunlikdagi  sim  ikki  bo’lakka  shunday  bo’lindiki,  biri  ikkinchisidan  6 



marta qisqa bo’ldi. Har qaysi bo’lakning uzunligini toping? 

 

22.  Ikki  shahardan  bir  vaqtda  bir-biriga  qarab  ikki  avtomashina  yo’lga  chiqdi. 



Ulardan birining tezligi 42 km/soat, ikkinchisining tezligi undan 2 marta ortiq. 

Agar shaharlar orasidagi masofa 378 km bo’lsa, avtomashinalar necha soatdan 

keyin uchrashadi? 

 

23.  Ikki  shahar  orasidagi  masofa  405  km.  Bu  shaharlardan  bir  vaqtda  bir-biriga 



qarab  ikki  poyezd  yo’lga  chiqdi.  Ulardan  birining  tezligi  60  km/soat, 

ikkinchisining  tezligi  undan  15  km/soat  ortiq.  Poyezdlar  necha  soatdan  keyin 

uchrashadi? 

 

24.  Kompot uchun 600 g quritilgan meva olindi. Unda 3 qism olma, 2 qism olcha 



va  1  qism  nok  bor.  Olingan  quritilgan  mevada  necha  gramm  olma  va  necha 

gramm olcha bor? 

 

25.  Kompot  uchun  olma,  nok  va  olchadan  hammasi  bo’lib  900  g  olindi.  Olma  5 



qism,  nok  bilan  olcha  2  qismdan.  Kompot  uchun  qancha  olma  va  qancha  nok 

olingan? 

 

26.  63 ta kitob sotib olindi. Hamma kitobning 2/9 qismi rus tilida, qolgani o’zbek 



tilida. Nechta o’zbekcha kitob sotib olingan? 

 

27.  Avtobusda  54  ta  o’rindiq  bor.  Hamma  o’rindiqlarning  5/6  qismi  yo’lovchilar 



bilan band, qolgani bo’sh. Avtobusda nechta bo’sh o’rindiq bor? 

 

28.  Sinfda 40 ta o’quvchi bor. Ularning 3/5 qismi qizlar. Sinfda nechta o’g’il bola 



o’qiydi? 

 

29.  Oralaridagi masofa 216 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab 



velosipedchi bilan mototsiklchi yo’lga  chiqdi. Ular 3 soatdan keyin uchrashdi. 

Agar  velosipedchining  tezligi  12  km/soat  bo’lsa,  mototsiklchining  tezligini 

toping? 

 


 

16 


30.  Oralaridagi masofa 600 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab 

ikki poyezd yo’lga chiqdi. Ular 4 soatdan keyin uchrashdi. Agar 1-poyezdning 

tezligi 12 km/soat bo’lsa, 2-poyezdning tezligini toping? 

 

31.  Oralaridagi  masofa  88  km  bo’lgan  ikki  shahardan  bir  vaqtda  bir-biriga  qarab 



piyoda  va  avtobus  yo’lga  chiqdi.  Ular  2  soatdan  keyin  uchrashdi.  Agar 

piyodaning tezligi 5 km/soat bo’lsa, avtobusning tezligini toping? 

 

32.  Salim  bir  kitobdan  24  bet  o’qigandan  keyin  Tolib  ham  shunday  kitobni 



o’qishni boshladi. Agar Tolib kuniga 18 bet, Salim 12 bet o’qisa, necha kundan 

keyin Tolib Salimga yetib oladi? 

 

33.  Erkin Botirdan 6 km uzoqlashgandan keyin Botir uning ortidan ketdi. Botir 5 



km/soat, Erkin 3 km/soat tezlik bilan yursa, necha soatdan keyin Botir Erkinga 

yetib oladi?  

 

34.  Berilgan 5 ta sondan birinchisi 23 ga teng. Har bir keyingi son avvalgisidan 10 



ta ortiq. Shu 5 ta sonning yig’indisini toping? 

 

35.  4 ta ketma-ket sonning yig’indisi 102 ga teng. Shu sonlarni toping? 



 

36.  Eng  katta  4  xonali  sonni  101  ga  bo’lib,  so’ngra  undan  men  o’ylagan  sonni 

ayirsak, eng kichik ikki xonali son hosil bo’ladi. Men qanday son o’ylaganman? 

 

37.  Bog’da 24 tup olma bor. 1- tupdan 1 dona, 2-tupdan 2 dona, 3- tupdan 3 dona 



va hokazo oxirgi tupdan 24 dona olma uzildi. Hammasi bo’lib necha dona olma 

uzilgan? 

 

38.  3  ta  sonning  yig’indisi  1826  ga  teng.  Ulardan  birinchisi  eng  kichik  2  xonali 



son, 2- si 3-sidan 3 marta katta. Shu sonlarni toping? 

 

39.  111111111 sonini hosil qilish uchun 111 ni qanday songa ko’paytirish kerak? 



 

40.  4-“A”  sinfidagi  30  ta  o’quvchining  hammasi  futbol  va  tennis  bilan 

shug’ullanadi. Agar futbol bilan shug’ullanadigan o’quvchilar soni tennis bilan 

shug’ullanadiganlardan  6  ta  ko’p  bo’lsa,  har  bir  sport  turi  bilan  nechtadan 

o’quvchi shug’ullangan? 

 

41.  Bir son ikkinchisidan 18 ta ortiq. Ularning yig’indisi 168 ga teng. Shu sonlarni 



toping? 

 

17 


42.  Ona 62 yoshda, qizi 39 yoshda. Qizi 14 yoshda bo`lganida, ona necha yoshda 

bo`lgan. Ona 45 yoshda bo`lganida, qizi necha yoshda bo`lgan? 

 

43.  358 ni qanday songa bo’lganda, bo’linma 17 va qoldiq 1 bo’ladi? 



 

44.  Qandaydir  sonni 18  ga  bo’lganda,  bo’linma  15  ga  va  qoldiq 3 ga  teng  bo’ldi. 

Bo’linuvchini toping? 

 

45.   215 ni 19 ga bo’lganda, qoldiq 6 bo’ladi. Bo’linma nechaga teng? 



 

46.   A  va  B  shaharlardan  bir  vaqtda  ikki  mashina  bir-biriga  qarab  yo‘lga  chiqdi. 

Birinchi  mashinaning  tezligi  60  km/soat.  Ikkinchi  mashinaning  tezligi  unga 

nisbatan 10 km/soat ortiq. Mashinalar 4 soatdan so‘ng uchrashishdi. Shaharlar 

orasidagi masofani toping?  

 

47.  Toshkent  shahridan  avtobus  50  km/soat  tezlik  bilan  yo`lga  chiqdi.  Oradan  2 



soat  o`tgandan  so`ng  qarama-qarshi  yo`nalishda  soatiga  70  km  yo`l  bosib 

avtomobil  yo`lga  chiqdi.  Necha  soatdan  so`ng  ular  Toshkent  shahridan  bir  xil 

uzoqlikda bo`ladi? 

 

48.  Bo’ri  o’zidan  60  m  uzoqlikda  turgan  quyonni  ko’rib  quvib  ketdi.  Bo’ri 



minutiga  70  m,  quyon  esa  minutiga  55  m  yo`l  bosadi.  Qancha  vaqtda  bo’ri 

quyonga yetib oladi? Shu vaqt ichida ular necha m dan yo`l bosadi? 

 

49. 


 Avtomashina  bakiga  80  l  benzin  quyildi.  Buxoro  borish  uchun  bakdagi 

benzinning 3/8 qismi, Samarqandga borish uchun 2/5 qismi sarflandi. Bakda necha 

litr benzin qolgan? 

 

50. 



 Binoning  6-qavatigacha  bo’lgan  zinaning  uzunligi  2-qavatgacha  bo’lgan 

zinaning uzunligidan necha marta uzun ( qavatlar orasidagi zinalar soni bir xil deb 

hisoblansin)? 

 

51. 



 Avtomashina bakiga 77 l benzin quyildi. Farg’onaga  borish uchun bakdagi 

benzinning  3/11  qismi,  Andijonga  borish  uchun  esa  4/7  qismi  sarflandi.  Bakda 

necha litr benzin qolgan? 

 

52. 



 Binoning  16-qavatigacha  bo’lgan  zinaning  uzunligi  4-qavatgacha  bo’lgan 

zinaning uzunligidan necha marta uzun ( qavatlar orasidagi zinalar soni bir xil deb 

hisoblansin) 

 


 

18 


53. 

 17 kishi bir-biri bilan salomlashganda, qo’l berib ko’rishishlar soni qancha 

bo’ladi? 

54. 


 Balandligi  10  m  bo’lgan  simyog’ochga  shilliqurt  ko’tarilayapti.  Shilliqurt 

kunduzi  5  m  ko’tarilsa,  kechasi  esa  4  m  pastga  tushadi.  Necha  kundan  keyin 

shilliqurt simyog’ochning uchiga chiqadi? 

 

55. 



 52  ta  chet  tili  o’qituvchisidan    34  tasi  ingliz  tili,  29  tasi  nemis  tili 

o’qituvchilari. Shu o’qituvchilardan nechtasi faqat bitta tilda dars beradi? 

 

56. 


 Sinfdagi 30 o’quvchidan  23 tasi futbol to’garagiga, 16 tasi esa gimnastika 

to’garagiga qatnashadi. Necha kishi faqat futbol to’garagiga qatnashadi? 

 

57. 


 Samarqand shahriga sayohatga kelgan 30 ta turistdan  19 tasi ingliz tilini, 16 

tasi fransuz tilini bilishadi. Shu turistlardan nechtasi ikkala tilni ham bilishadi? 

 

58. 


 100  kishidan  iborat  turistlar  guruhida  70  kishi  ingliz  tilini,  45  kishi  nemis 

tilini  va  23  kishi  ikkala  tilni  biladi.  Ikkala  tilni  bilmaydigan  turistlar  nechtani 

tashkil qiladi? 

 

59. 



 Ikki  sonning  yig’indisi  60  ga  teng.  Ulardan  biri  ikkinchisidan  4  marta 

kichik. Shu sonlarni  toping? 

 

60. 


 Otasi  50,  o’g’li  28  yoshda.  Necha  yil  oldin  otasi  o’g’lidan  2  marta  katta 

bo’lgan? 

 

61. 


 Onasi  40,  qizi  16  yoshda.  Necha  yil  keyin  qizi  onasidan  2  marta  yosh 

bo’ladi? 

 

62. 


 Ikki  sonning  yig’indisi  76  ga  teng.  Ulardan  biri  ikkinchisidan  3  marta 

kichik. Shu sonlarni toping? 

 

63. 


 Buvisi 80, nabirasi 23 yoshda. Necha  yil oldin nabirasi buvisidan   4 marta 

yosh bo’lgan? 

 

64. 


 Poyezdda  896  ta  yo’lovchi  bor  edi.  Agar  erkaklar  bolalardan  9  marta, 

ayollar esa 4 marta ko’p bo’lsa,  poyezddagi erkaklar soni  ayollardan nechta ko’p 

bo’lgan? 

 


 

19 


65. 

 Zavodning  uchta  sexida  1872  ta  ishchi  ishlaydi.  1-sexda  2-sexdagidan    5 

marta ko’p, 3-sexda birinchi va ikkinchi sexdagi ishchilarning soniga teng ishchi 

ishlaydi. Har bir sexda qanchadan ishchi ishlaydi? 

 

66. 


 3  ta  brigada  768  sr  makkajo’xori  yig’ishtirdi.  2-brigada  1-brigadaga 

nisbatan  2  marta  ko’p,  3-brigada  esa  ikkala  brigada  qancha  yig’ishtirgan  bo’lsa, 

o’shancha makkajo’xori yig’di. Har bir brigada qancha makkajo’xori yig’gan? 

 

67. 



 Ikki sonning yig’indisi 55 ga, ayirmasi esa 29 ga teng. Shu sonlarni toping? 

68. 


 Yaylovda  qo’ylar  va  g’ozlar  boqilayotgandi.  Bola  sanaganda  ularning 

boshlari 34 ta, oyoqlari esa 94 ta chiqdi. Yaylovda qancha qo’y boqilgan? 

 

69. 


 Sayohat  uchun  ma’lum  miqdorda  pul  yig’ish  kerak  edi.  Agar  har  bir 

sayohatchi  730  so’mdan  to’lasa,  to’lovga  2160  so’m  yetmaydi.  Agar  har  bir 

sayohatchi  810  so’mdan  to’lasa,  keragidan  1680  so’m  ortib  qoladi.  Sayohatda 

necha kishi qatnashishi kerak edi? 

 

70. 


 Homiylar    tomonidan  bolalar  bog’chasiga  42  ta  uch  g’ildirakli  va  ikki 

g’ildirakli  velosipedlar  sovg’a  qilindi.  Agar  hamma  velosipedlarning  g’ildiraklari 

99 ta bo’lsa, uch g’ildirakli velosipedlar nechta? 

 

71. 



 Kamayuvchi,  ayriluvchi  va  ayirmaning  yig’indisi  816  ga  teng. 

Kamayuvchini toping? 

 

72. 


 Ota  o’zining  katta  o’g’lidan  3  marta  katta,  kichik  o’g’lidan  esa  40  yoshga 

katta.  Katta  o’g’il  ukasidan  3  marta  katta  bo’lsa,  ularning  har  birining  yoshi 

nechada? 

 

73. 



 Kitob  betlarini  sahifalab  chiqish  uchun  658  ta  raqam  ishlatildi.  Agar 

sahifalash 3-betdan boshlangan bo’lsa, kitob necha betlik? 

 

74. 


 O’quvchiga  testda  30  ta  masala  berildi.  Har  bir  to’g’ri  yechilgan  masala 

uchun  5  ball  berilib,  noto’g’ri  yechilgan  har  bir  masala  uchun  9  ball  chegirildi. 

Agar o’quvchi 66 ball to’plagan bo’lsa, u nechta masalani noto’g’ri yechgan? 

 

75. 



 Agar  maydonning  har  gektaridan  36  sr  dan  bug’doy  hosili  olinsa,  planni 

bajarish uchun 10 t yetmaydi. Agar har gektaridan 44 sr dan hosil olinsa,  plan 70 t 

oshirib bajariladi. Maydonning yuzi necha gektarga teng? 

 


 

20 


76. 

 Bir son ikkinchi sondan 8 ta ortiq. Ularning o’rta arifmetigi 30 ga teng. Shu 

sonlarni toping? 

 

77. 



 Uzunliklari har xil bo’lgan 8 ta yog’och berilgan. Ularning o’rtacha uzunligi 

10  dm  ga  teng.  Shu  yog’ochlarga  yana  bir  yog’och  qo’shildi.  Natijada  ularning 

o’rtacha  uzunligi  12  dm  ga  teng    bo’ldi.  Qo’shilgan  yog’ochning  uzunligini 

aniqlang? 

 

78. 


 Uchta sonning o’rta arifmetigi 174 ga teng. Agar sonlarning ikkitasi 175 va 

216 bo’lsa, uchinchi sonni toping? 

 

79. 


 Bir  son  ikkinchisidan  16  ta  kichik.  Bu  sonlarning  o’rta  arifmetigi  115  ga 

teng. Shu sonlarni toping? 

 

 

80. 



 Uchta  sonning  o’rta  arifmetigi  8  ga,  boshqa  ikkita  sonning  o’rta  arifmetigi 

esa 13 ga teng. Shu beshta sonning o’rta arifmetigini toping? 

 

81. 


 Uchta  sonning  o’rta  arifmetigi  23  ga,  dastlabki  ikkitasiniki  esa 19  ga  teng. 

Uchinchi sonni toping? 

 

82. 


 Fermada tovuq va qo’ylar bor. Ularning bosh soni jami 195 ta, oyoqlarining 

soni 550 ta. Qo’ylar soni tovuqlar sonidan nechta kam? 

 

83. 


 Ikki sonning yig’indisi 88 ga teng. Shu sonlardan kattasini uning kichigiga 

bo’lganda, bo’linma 4 ga qoldiq esa 3 ga teng chiqadi. Shu sonlarni toping? 

 

84. 


 Ko’ylak  kastyumdan 2700 so’m arzon. Agar   kastyum  ko’ylakdan 7 marta 

qimmat bo’lsa, kastyum va ko’ylakning narxini toping? 

 

85. 


 Ikki  sonning  ayirmasi  19  ga  teng.  Agar  birinchi  sonni  ikkinchi  songa 

bo’lsak,  ,  bo’linma  4  ga  va  qoldiq  1  ga  teng  chiqadi.  Berilgan  sonlarning 

yig’indisini toping? 

 

86. 



 442  kg  olma  25  va  16  kg  lik  katta  va  kichik  yashiklarga  joylandi.  Katta 

yashiklarga joylangan olmalar kichik yashiklarga joylanganidan 58 kg ko’p. Katta 

va kichik yashiklar sonini toping? 

 


 

21 


87. 

 Do’konga 1-kuni 542 qop, 2-kuni 1-kundagiga qaraganda 243 qop kam, 3-

kuni  esa  dastlabki  2  kundagidan  321  qop  kam  un  keltirildi.  Uchinchi  kuni  necha 

qop un keltirilgan? 

 

88. 


 16  ta  sonning  o’rta  arifmetigi  71  ga  teng.  Bu  sonlar  qatoriga  yana  bir  son 

qo’shib,  o’rta  arifmetik  qiymat  hisoblansa,  u  75  ga  teng  bo’ladi.  Qo’shilgan  son 

nechaga teng? 

 

89. 



 Rustam  otasidan 27 yosh kichik. Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik. 

To’rt  yil  avval  ularning  yoshlari  yig’indisi  84  ga  teng  bo’lgan  bo’lsa,  hozir 

Rustamning bobosi necha yoshda? 

 

90. 



 Agar  tijoratchi  mahsulotning  1  kg  ini  40  so’mdan  sotsa,  1100  so’m  zarar 

ko’radi. 1 kg ini 80 so’mdan sotsa, 4100 so’m foyda ko’radi. Tijoratchida necha kg 

mahsulot  bo’lgan? 

 

91. 



 Uchta sonning o’rta arifmetigi 30 ga, boshqa ikkita sonning o’rta arifmetigi 

esa 35 ga teng. Shu beshta sonning o’rta arifmetigini toping? 

 

 

92. 



 4 ta kitob va 3 ta daftarning birgalikdagi narxi  315 so’mga, 2  ta kitob va 2 

ta  daftarniki  esa  170  so’mga  teng.  Kitob  va  daftarning  necha  so’m  turishini 

aniqlang? 

 

93. 



 36  yoshdagi  onaning  yoshi    4  ta  bolalari  yoshlari  yig’indisidan  3  marta 

ortiq.  Necha  yildan  so’ng  onaning  yoshi  bolalari  yoshlarining  yig’indisiga  teng 

bo’ladi? 

 

94. 



 6  ta  sonning  o’rta  arifmetigi  14  ga  teng.  Bu  sonlarga  qaysi  son  qo’shilsa, 

ularning o’rta arifmetigi 15  bo’ladi? 

 

95. 


 Fermadagi  tovuqlar  va  qo’ylarning  umumiy  soni  870  ta,  oyoqlari  2040  ta. 

Tovuqlar qo’ylarga qaraganda qancha ko’p? 

 

96. 


 Qanday sonning 2/3 qismining 2/3 qismidan 2 ayrilsa, 6 soni hosil bo’ladi? 

 

97. 



 Qanday sonning 2/5 qismining 2/5 qismiga 2 qo’shilsa, 6 soni hosil bo’ladi? 

 


 

22 


98. 

 2  o’ram  bir  xil  sim  xarid  qilindi.  1-o’ram  3060  so’m,  2-o’ram  esa  1904 

so’m turadi. Agar 1-o’ram 2-o’ramdan 17 m uzun bo’lsa, har bir o’ramda necha m 

sim bor? 

 

99. 


 Mototsiklchi  va  velosipedchi  bir  tomonga  qarab  harakat  qilishmoqda. 

Velosipedchining  tezligi  12  km/soat,  mototsiklchiniki  esa  30  km/soat.  Ular 

orasidagi  masofa  72  km  bo’lsa,  necha  soatdan  keyin  mototsiklchi  velosipedchini 

quvib yetadi? 

 

100.  Poyezdning  uzunligi 800  m.  Poyezd  ustun  yonidan  40  sek  da  o’tib  ketgani 



ma’lum bo’lsa, poyezdning tezligini toping? 

 

101.  Oraliqdagi masofa 220 km bo’lgan A va B shaharlardan bir vaqtning o’zida 



ikki  turist  bir-biriga  qarab  yo’lga  chiqdi.  Birinchisi  avtobusda  tezligi  40  km/soat, 

ikkinchisi  avtomobilda.  Agar  ular  2  soatdan  keyin  uchrashgan  bo’lishsa, 

avtomobilning tezligini toping? 

 

102.  A  va  B  shaharlar  orasidagi  masofa  196  km.  Bir  vaqtning  o’zida  bir-biriga 



qarab A shahardan velosipedchi, B shahardan mototsiklchi yo’lga tushdi va ular A 

shahardan  36  km  masofada  uchrashdi.  Agar  velosipedchining  tezligi  9  km/soat 

bo’lsa, mototsiklchining tezligini toping? 

 

103.  Bir poyezd A punktdan jo’natilgandan  2 soat o’tgach, ikkinchi poyezd ham 



shu  yo’nalishda  jo’nadi  va  10  soatdan  so’ng  birinchi  poyezdga  yetib  oldi.  Agar 

ularning  tezliklari  yig’indisi  110  km/soat  bo’lsa,  ikkinchi  poyezdning  tezligini 

toping? 

 

 



104.  Ikki  sonning  yig’indisi  1025  ga,  bo’linmasi  esa  4  ga  teng.  Shu  sonlarning 

ko’paytmasi va ayirmasi nechaga teng? 

 

105.  Uchta qutida 390 ta qalam bor. 1-qutida 3-sidan 10 ta ortiq, 2- qutida     1-



sidan 10 ta ortiq qalam bor. Har bir qutida nechtadan qalam bor? 

 

106.  Sinf o’quvchilari sonidan 23 ni ayirib, 23 ga ko’paytirilsa ham, shuningdek, 



shu  o’quvchilar sonidan 13 ni ayirib, 13 ga ko’paytirilsa ham natija bir xil chiqadi. 

Sinfda nechta o’quvchi o’qiydi? 

 

107.  Bir  son  ikkinchisidan  6  ta  ortiq,  uchinchisidan  esa  9  ta  kam.  Bu  uchta  son 



yig’indisini 3 ga bo’lganda, bo’linma 18 ga teng. Shu sonlarni toping? 

 

23 


 

108.  Eng katta uch xonali son hosil qilish uchun eng katta bir xonali songa necha 

marta eng katta ikki xonali sonni qo’shish kerak?  

 

109.  43 ta sayyohdan 30 tasi ingliz, 22 tasi fransuz tilini bilishadi. Sayyohlardan 



necha nafari ikkala tilda gaplashadi? 

 

110.  60  nafar  talabadan  36  nafari  xitoy,  32  nafari  koreys  tilini  biladi. 



Talabalardan necha nafari  shu tillatdan faqat bittasini biladi?  

 

111.  Bir  son  ikkinchisidan  1320  ta  ortiq.  Katta  sonni  kichigiga  bo’lsak,  to’liqsiz 



bo’linma 2 , qoldiq esa 580 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping ? 

 

112.  Matematik  kechada  o’quvchilarga  50  ta  savol  berildi.  Har  bir  to’g’ri  javob 



uchun 10 ball berildi, har bir noto’g’ri javob uchun esa 12 ball chegirib tashlandi. 

O’quvchi jami 258 ball to’plagan bo’lsa, u nechta savolga to’g’ri javob bergan? 

 

113.  Kulol  75  ta  ko’zasini  bozorga  olib  borish  uchun  arava  yolladi.  “Sindirmay 



olib borgan har bir ko’za uchun 30 so’mdan beraman. Singan har bir ko’za uchun 

120  so’m  to’laysan”-  dedi  kulol.  Aravakash  rozi  bo’ldi.  Bozorga  kelgach,  butun 

qolgan ko’zalarni sanab kulol aravakashga 1650 so’m berdi. Yo’lda nechta ko’za 

singan? 


 

114.  Umida 18 yoshda. Uning yoshi onasi yoshining 3/7 qismiga teng. Onasining 

yoshi Umidaning buvisi  yoshining 7/11 qismiga teng. Umidaning buvisi onasidan 

necha yosh katta?   

 

115.  3 ta shkafda 322 ta kitob bor. 1- shkafga  2-siga qaraganda 22 ta kam, ammo 



3-siga qaraganda 12 ta ko’p kitob bor. Har bir shkafda nechtadan kitob bor? 

116.  Avtobusning  tezligi  “Neksiya”ning  tezligidan 40  km/soat  kam.  Ma’lum  bir 

masofani  “Neksiya”  6  soatda,  avtobus  10  soatda    o’tadi.  Avtobus  va 

“Neksiya”ning tezliklarini toping? 

 

117.  Kemaning turg’un suvdagi tezligi 18 km/soat. Kema daryo oqimi bo’ylab 5 



soat  suzdi  va  orqaga  qaytib  avvalgi  masofani  endi  7  soatda  bosib  o’tdi.  Daryo 

oqimining tezligini toping? 

 

118.  Tijoratchi  mahsulotining  1  kg  ini  1650  so’mdan  sotsa,  8140  so’m  zarar 



ko’radi. Agar 1 kg ini 1980 so’mdan sotsa, 16280 so’m foyda qiladi. Tijoratchida 

necha kg mahsulot bor? 



 

24 


 

119.  Tijoratchida 130 kg mol bor edi. Agar u 1 kg molni 400 so’mdan sotsa, 9000 

so’m  zarar  ko’radi.  Tijoratchi  hamma  molini  sotib  17000  so’m  foyda  ko’rdi.  U 

molning 1kg ini necha so’mdan sotgan? 

 

120.  Mashina  455  km  masofani  soatiga  65  km  tezlik  bilan  bosib  o’tdi.  Tezligi 



soatiga 90 km bo’lgan mashina shu vaqt ichida necha km yo’l bosadi? 

 

121.  Buyumning  narxi  36000  so’m  edi.  Buyum  avval  bu  narxining  2/9  qismiga 



qimmatlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 3/11 qismiga arzonlashdi. 

Endi buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi? 

 

122.  Kulol  25  ta  ko’zani  bozorga  olib  borish  uchun  arava  yolladi.  Bozorga  olib 



kelingan har bir butun ko’za uchun kulol aravakashga 1500 so’m beradi. Sindirib 

qo’yilgan  har  bir  ko’za  uchun  aravakash  kulolga  5000  so’m  to’laydi.  Yo’lda  bir 

nechta ko’za sinib qolibdi  va kulol aravakashga 18000 so’m berdi. Nechta ko’za 

bozorga sinmay kelgan? 

 

123.  Ikki sonning yig’indisi 2604 ga teng. Sonlarning kattasini kichigiga bo’lsak, 



to’liqsiz bo’linma 5 va qoldiq 6 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping? 

 

124.  Bog’da 600 tup mevali daraxt bor. Ularning 13/30 qismi olma, 11/20 qismi 



nok, qolgani olxo’ri. Bog’da necha tup olxo’ri bor? 

 

125.  Buyumning narxi 23400 so’m edi. Buyum avval bu narxining 2/15 qismiga 



arzonlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 2/15 qismiga qimmatlashdi. 

Endi buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi? 

 

126.  Temir  yo’lning  bir  qismida  8  m  uzunlikdagi  relslar  12  m  uzunlikdagi 



relslarga almashtirildi. Agar 240 ta eski rels olib tashlangan bo’lsa, uning o’rniga 

yangi 12 m lik relslardan nechtasini qo’yish kerak? 

 

127.  Yuk poyezdi A shahardan B shaharga qarab jo’nadi. Oradan 3 soat o’tgach, 



A dan B ga qarab yo’lovchi poyezdi yo’lga chiqdi va oradan 15 soat o’tgach yuk 

poyezdidan  300  km  o’zib  ketdi.  Agar  yo’lovchi  poyezdining  tezligi  yuk 

poyezdining tezligidan 30 km/soat ortiq bo’lsa, yuk poyezdining tezligini toping? 

 

128.  Bandargohdagi ikki kema bir vaqtda, biri shimolga qarab, ikkinchisi janubga 



qarab jo’nadi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa 60 km bo’ldi. Bu kemalardan 

birining tezligi ikkinchisidan 6 km/soat ortiq. Har qaysi kemaning tezligini toping? 



 

25 


 

129.  Ikki sonning yig’indisi 60 ga, bo’linmasi 4 ga teng. Shu sonlarni toping?  

 

130.  Qishloqdan  shahargacha  32  km.  Erkin  shu  yo’lning  3/8 qismini  avtobusda, 



1/2  qismini  mashinada, qolgan  yo’lni  piyoda  bosdi.  Erkin  piyoda  necha  km  yo’l 

bosgan? 


 

131.  Daraxtdagi 5 ta shoxning har birida baravardan qush qo’nib turibdi. Har bir 

shoxdan  2  tadan  qush  uchib  ketsa,  ilgari  3ta  shoxda  nechta  qush  bo’lsa,  hamma 

shoxda shuncha qush qoladi. Har bir shoxga nechtadan qush qo’ngan? 

 

132.  7  o’quvchiga  yong’oq  ulashildi.  Agar  har  bir  o’quvchi  o’ziga  berilgan 



yong’oqdan 12 ta ortiq yong’oq olganda, hamma o’quvchi 294 ta yong’oq olar edi. 

Har bir o’quvchi nechtadan yong’oq olgan? 

 

133.  8  ta  idishga  sut  quyildi.  Agar  har  bir  idishga  9  l  kam  quyilsa,  hamma 



idishdagi sut 104 l bo’lar edi. Har bir idishga necha litrdan sut quyilgan? 

 

134.  Tarozining bir pallasida konfet solingan uchta bir xil paket va ikkita 3 kg lik 



tosh bor. Ikkinchi pallasida esa konfet solingan bitta shunday paket  va  ikkita  5 kg 

lik  tosh  bor.  Agar  tarozi  muvozanatda  bo’lsa,  konfet  solingan    bitta  paketning 

og’irligi qancha? 

 

135.  Tarozining  bir  pallasida    bir  xil  uch  banka  olma  sharbati  va  bitta  5  kg  lik 



tosh bor. Ikkinchi pallasida esa shunday ikki banka sharbat va to’rtta  2 kg lik tosh 

bor. Agar tarozi muvozanatda bo’lsa, bir banka olma sharbatining og’irligi qancha? 

 

136.  Bir  kishi 4  kg  olma  sotib  oldi.  Pul  to’laganda  sotuvchidan 40  so’m  qaytim 



oldi. Agar bu kishi 6 kg olma olganda edi, yana  40 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. 

1 kg olma qancha turadi? 

 

 

137.  Halima 5 dona konfet sotib olib, 50 so’m qaytim oldi. Agar u 8 dona konfet 



olganda edi, yana 160 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. Bir dona konfet necha so’m 

turadi? 


 

138.  Avtobazada turgan yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 46 ta kam. Agar 

avtobazadagi  yuk  mashinalar  avtobuslarga  qaraganda  3  marta  kam  bo’lsa,  yuk 

mashinalar nechta? 

 


 

26 


139.  Arqon  ikki  bo’lakka  shunday  bo’lindiki,  birinchi  bo’lagi  ikkinchisidan  4 

marta uzun bo’ldi. Agar birinchi bo’lagi ikkinchisidan 18 m uzun bo’lsa, har qaysi 

bo’lakning uzunligi qancha? 

 

140.  2 ta avtobusda 69 ta yo’lovchi bor.  1- avtobusdan 5 ta,  2- avtobusdan 7 ta 



yo’lovchi  tushgandan  keyin,  1-  avtobusda  2-  sidan 2  marta  kam  yo’lovchi  qoldi. 

Har bir avtobusda qancha yo’lovchi bo’lgan? 

 

141.  Agar  har  bir  uyning  oldiga  7  tupdan daraxt  ko’chati  o’tqazilsa,  u  holda  50 



tup ko’chat yetmaydi. Agar 5 tupdan o’tqazilsa, 10 tup yetmaydi. Ko’chada nechta 

uy bor? 


 

142.  4-  sinf  o’quvchilari  futbol  to’pi  sotib  olishmoqchi  bo’lishdi. 5  so’mdan  pul 

yig’ishganda  to’plangan  pul  futbol  to’pi  narxidan  15  so’m  kam  bo’lib  qoldi.  6 

so’mdan  yig’ishganda,  to’plangan  pul  futbol  to’pi  narxidan 7  so’m    ortiq  chiqdi. 

Sinfda nechta o’quvchi bor va to’pning narxi necha so’m? 

 

143.  Otasi  41  yoshda,  katta  o’g’il  13  yoshda,  qizi  10  yoshda,  kenja  o’g’li  6 



yoshda.  Necha  yildan  keyin  otasining  yoshi  bolalari  yoshlari  yig’indisiga  teng 

bo’ladi? 

 

144.  O’g’il otasidan necha yoshdasiz deb so’radi. Otasi “yoshimning yarmiga 12 



ni qo’shsang, 12 yil oldingi yoshimni bilib olasan”, dedi. Ota necha yoshda? 

 

145.  Qizi  bilan  o’g’li  birga  necha  yoshda  bo’lsa,  ota  shuncha  yoshda.  O’g’il 



qizdan ikki marta katta va otasidan 20 yosh kichik bo’lsa, ularning har biri necha 

yoshda? 


 

146.  4  ta  paketda  teng  sonda  konfetlar  bor.  Agar  har  qaysi  paketdan  9  tadan 

konfet  olinsa,    hamma  paketda,  oldin  har  birida  nechta  bo’lsa,  shuncha  konfet 

qoladi. Har qaysi paketda nechtadan konfet bo’lgan? 

 

147.  Tarvuz  100  so’m  va  yana  yarimta  tarvuz  haqicha  turadi.  Tarvuz  qancha 



turadi? 

 

 



148.  Jamoadagi  11  ta  futbolchining  o’rtacha  yoshi  22.  O’yin  vaqtida 

o’yinchilardan  biri  shikastlandi  va  maydondan  chiqib  ketdi.  Maydonda  qolgan 

o’yinchilarning o’rtacha yoshi 21 ga teng bo’lib qoldi. Maydondan  сhiqib ketgan 

o’yichining yoshini toping? 



 

27 


 

149.  Po’lat, Salim, Ilhom va Akrom baliq tutishdi. Hammalari 40 ta baliq tutishdi. 

Po’lat Salimdan 4 ta ortiq, Salim Ilhomdan 4 ta ortiq, Ilhom Akramdan 4 ta ortiq 

baliq tutdi. Har qaysi bola nechta baliq tutgan? 

 

150.  Kitob daftardan 5 marta yoki 1600 so’m qimmat turadi. Kitob va daftarning 



narxini toping? 

 

151.  Bugun  Rustam  bilan  otasining  tug’ilgan  kuni.  Ota  o’g’lidan  roppa-rosa  11 



marta katta. 6 yildan keyin otasi faqat 5 marta katta bo’ladi. Rustam necha yoshda? 

 

152.  Baliqchi bir baliq tutdi. Shu baliq dumining massasi 1 kg ga teng. Boshining 



massasi dumi bilan tanasi yarmining massasi qancha bo’lsa, shuncha. Tanasining 

massasi  esa  boshining  massasi  bilan  dumining  massasiga  teng.  Butun  baliqning 

massasi qancha? 

 

153.  A va B shaharlar orasidagi masofa 240 km. ertalab soat 8 da velosipedchi  A 



dan    B  ga  jo’nadi,  xuddi  shu  vaqtning  o’zida    B  dan  A  ga  shu  yo’l  bilan 

avtomashina  yo’lga  chiqdi.  4  soatdan  keyin  avtomashina  bilan  velosipedchi 

orasidagi masofa 80 km qoldi. Ularning uchrashish vaqtini aniqlang? 

 

154.  Otaning  yoshi  o’g’ilning  yoshidan  3  marta  katta.  10  yildan  so’ng,  ota 



o’g’lidan 2 marta katta bo’lsa, ota va o’g’ilning yoshini toping? 

 

155.  Agar  savdogar  o’zidagi  hamma  uzumni  1  kg  ini  500  so’mdan  sotsa,  90000 



so’m  zarar  ko’radi.  1  kg  ini  650  so’mdan  sotsa,  45000  so’m  foyda  ko’radi. 

Savdogarda necha kg uzum bo’lgan? 

 

156.  Bolalar  futbol to’pi sotib olishmoqchi. Agar ular 60 so’mdan pul yig’ishsa, 



to’pni  sotib  olish  uchun  80  so’m  pul  yetmaydi.  70  so’mdan  pul  yig’ishsa, 

to’plangan pul to’pning narxidan 50 so’m ortadi. Bolalar soni va to’pning narxini 

toping? 

 

157.  2  ta  daraxt  shoxlariga  bir  xil  miqdorda  qushlar  qo’nib  turibdi.  Birozdan 



so’ng  bu daraxtlardan  20 ta qush uchib ketdi. Shundan so’ng 1-daraxtda 13 ta, 2-

daraxtda  esa  17  ta  qush  qoldi.  Dastlab  har  bir  daraxt  shoxida  nechtadan  qush 

bo’lgan? 

 

 



 

28 


158.  Kitob  174  sahifadan  iborat.  Sahifalarni  nomerlash  uchun  hammasi  bo’lib 

nechta raqam ishlatilgan? Sahifalarni nomerlash odatda 3-sahifadan 3 raqami bilan 

boshlanadi. 

 

159.  Kitob  216  sahifadan  iborat.  Sahifalarni  nomerlash  uchun  hammasi  bo’lib 



nechta raqam ishlatilgan? Sahifalarni nomerlash odatda 3-sahifadan 3 raqami bilan 

boshlanadi. 

 

160.  Kitob  sahifalarini  nomerlash  uchun  232  ta  raqam  ishlatildi.  Sahifalarni 



nomerlash  3-sahifadan  3  raqami  bilan  boshlangan  bo’lsa,  kitob  necha  sahifadan 

iborat? 


 

161.  Kitob  sahifalarini  nomerlash  uchun  640  ta  raqam  ishlatildi.  Sahifalarni 

nomerlash  3-sahifadan  3  raqami  bilan  boshlangan  bo’lsa,  kitob  necha  sahifadan 

iborat? 


 

162.  Soat  5 da  osma  soat  5  marta  bong  urdi.  Agar  1-  bongdan 5-  bonggacha  28 

sekund  o’tgan  bo’lsa,  soat  10  da  10  marta  bong  urishi  uchun  (  1-bongdan  10- 

bonggacha ) qancha vaqt ketadi? 

 

163.  Soat  3 da  osma  soat  3  marta  bong  urdi.  Agar  1-  bongdan 3-  bonggacha  10 



sekund  o’tgan  bo’lsa,  soat  12  da  12  marta  bong  urishi  uchun  (  1-bongdan  12- 

bonggacha ) qancha vaqt ketadi? 

 

164.  Jamshid  ukasidan  5  yosh  katta.  Ukasi  7  yil  avval  9  yoshda  edi.  Hozir 



Jamshid necha yoshda? 

 

165.  Lift  1-qavatdan  4-qavatga  ko’tarilganda,  9  m  masofani  bosib  o’tdi.  1-



qavatdan 8-qavatga ko’tarilganda lift necha metr masofani bosib o’tadi? 

 

166.  Ali  va  Valida  jami  20  ta  daftar  bor  edi.  Ali  Valiga  2  ta  daftar  berganidan 



keyin,  Ali  va  Validagi  daftarlar  soni  bir  xil  bo’lib  qoldi.  Dastlab  Ali  va  Valida 

nechtadan daftar bo’lgan? 

 

167.  Ota o’g’ildan 26 yosh katta. Agar 9 yildan so’ng, o’g’ilning yoshi otasining 



yoshidan 3 marta kichik bo’lsa, ota va o’g’ilning yoshini toping? 

 

168.  “Bunyodkor” futbol jamoasidagi 11 nafar o’yinchining o’rtacha yoshi 26 ga 



teng. Unga murabbiy yoshini ham qo’shib o’rta arifmetik qiymat hisoblansa, u 28 

ga teng chiqdi. Murabbiy necha yoshda? 



 

29 


Download 404,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish