Didaktik o'yin: «Teatr»
Didaktik topshiriq: 5 soni tarkibini mustahkamlash.
O' yin topshirigf'i: narsalap (qo'g'irchoqlar) tarkibini eslab qolish, ularni solishtirib
ko'rish, joylar almashgandan keyin yuz bergan o'zgarishni topib ko'rsatish.
Foydalaniladigan narsalar: pardasi bo'lgan ramka, beshta qo'g'irchoq.
O'qituvchi o'yin boshlangunga qadar o'quvchilar bilan 5 soni tarkibini takrorlaydi.
Undan so'ng o'yin shartlarini tushuntirishga o'tadi:
— Hozir men sizlarga teatr ko'rsataman. Sizlar yaxshilab qarab, «sahna»da
«artist»lar qanday turganligini eslab qolishing kerak.
O'qituvchi qo'g'irchoqlarni bir qatorga tizib qo'yib, pardani ochadi. Bolalar diqqat
bilan qarab turishadi.
— Xo'sh, Yo'ldosh, — deydi o'qituvchi, — «artist»larimiz qanday holatda
turibdilar?
— Bir qatorga bittadan bo'lib tizilib olishibdi, — javob beradi Yo'ldosh.
— Sahnada nechta «artist» bor?
— Beshta.
— Endi ular, — deb davom etadi o'qituvchi, — o'z joylarini o'zgartiradilar. Sizlar
nima o'zgarganini aytasiz?
Parda tushirilib, ochiladi.
— Xo'sh, bolalar, — deydi o'qituvchi, — nima o'zgaribdi?
— Dastlab katta qo'g'irchoqlar, — deydi Sharif, — bir safga tizil- gan edi, endi esa
bu yerda to'rtta, mana bu yerda bitta qo'g'irchoq turibdi.
— To'g'ri,- — deya Sharifning javobini ma'qullaydi o'qituvchi, — bu qo'g'irchoq
— ashula boshlovchi, shuning uchun u alohida turibdi. Endi doirachalari xuddi mana shu
qo'g'irchoqlardek joylashtirilgan jadvalni topib, bolalarga ko'rsat.
Sharif o'sha jadvalni topib, bolalarga ko'rsatadi.
Parda yana tushiriladi. O'qituvchi qo'g'irchoqlarning joyini o'z- gartirib, Nazokatni
doskaga chaqiradi. «Sahna»ga diqqat bilan qarab turgan Nazokat shunday deydi.
— Hali bu yerda bitta, manavi yerda esa to'rtta qo'g'irchoq bor edi. Endi bo'lsa, bu
yerda uchta, o'ng tomonda ikkita bo'lib qolibdi.
— Bu o'zgarish, — qanday yuz berdi? — deb so'raydi o'qituvchi.
— Ashula boshlovchining yoniga yana bitta «artist» kelib qo'shilgan va ular ikkita
bo'lib qolgan.
— Xo'sh, — deydi o'qituvchi, — shunda natija nima bo'ldi?
9
— Chap tomondagi «artist»lardan bittasi kamayib uchta bo'lib qoldi.
— To'g'ri, endi jadvaldan ko'rsat, — deydi o'qituvchi.
Nazokat jadvaldan topib beradi.
Bolalar shodlikdan qarsak phalib yuboradilar. Parda tushiriladi.
O'qituvchi butun sinfga murojaat qilib: Oanday qilib «artist» larimizni boshqacha
joylashtirish mumkin? Kimda-kim boshqacha joylashtirishni o'ylab topsa, o'sha
«artist»larni o'zi joylashtiradi va pardani ochadi, — deydi.
Qariyb hamma bolalar qo'l ko'tarishadi. Doskaga chaqirilgan o'quvchi qo'g'irchoqlarni
2, 2, 1 tartibida joylashtirishni taklif etadi va bolalarga xuddi shunday jadvalni ko'rsatadi.
O'yin bolalarning 5 soni tarkibini puxta o'zlashtirib olishlariga yordam beradi. Agar
o'yin boshlangunga qadar faqat 10—12 bola 5 sonining qanday hosil bo'lishini aytib bera
olgan bo'lsa, «Teatr» o'yini o'tkazilgandan keyin 5 sonini qanday hosil qilish.
mumkinligini 30 — 32 o'quvchi aytib bera oladi. Qo'g'irchoqlarning tashqi ko'rinishi,
ularning joylarini almashtirib turish, qolgan 5 — 6 bolaga son tarkibidagi o'zgarishlarni
tushunib, eslab olishiga yordam berganligi aniqlanadi (buning uchun «artist»larning
qanday turganini esla» deyishning o'zi kifoya, bolalar o'sha zahotiyoq savollarga javob
beraveradilar).
Bu o'yinni boshqa sonlar tarkibini organish bilan takrorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |