25
«Olma terish» o'yini
Didaktik topshiriq: Matematikadan berilgan topshiriqlarni o'quvchilar jamoa bo'lib
bajarish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash.
O'yin topshirig'i: O'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini о'stirish.
O'yin bayoni: O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi, qanday bajarish haqida
ma'lumot beradi. Bu borada o'qituvchi oynai jahon orqali berilayotgan «Oltin toj»
ko'rsatuvini eslashga da'vat etadi. Topshiriq xuddi «Oltin toj»dagi o'yinga o'xshatib
bajariladi.
Bu o'yinni tashkil etish uchun o'qituvchi quyidagilarni tayyorlab (jo'yadi: magnit
doska, yozuv doskasi, olma daraxtining rasmi, qalin qog'ozdan yasalgan olma
mevasining shakllari va savatchalar.
Olma mevasining soni sinfdagi o'quvchilar soniga, savatchalar esa qatorlar yoki
guruhlar soniga teng bo'ladi. Magnit doskasiga qistirish uchun, olma daraxti rasmi
chizilgan ko'rgazma va olma mevalarining orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlanadi.
Shuningdek, olma mevalarining o'rqa tomoniga yozib qo'yilgan misollarni tez-tez
dlmashtirib turish mumkin.
Magnit doskasiga olma daraxti chizilgan ko'rgazma yopishtiriladi. O'qituvchi
o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, olma terish orqali arifmetik amallarni bajarish
musobaqasi haqida tushuncha beradi. Guruhlarga olmani terib solish uchun bittadan
savatcha beradi. Bu shartni bajarish uchun, avvalo yozuv doskasi oldiga guruhdan tartib
bilan bittadan o'quvchi chiqadi. Olma terish uchun har qaysi guruh o'quvchilari olma
daraxtidan bittadan olmani uzib, uning orqasidagi misolni (o'z guruhlari uchun ajratilgan
joyda) bajarishadi. Guruhdagi o'quvchilar ham shu misollarni mustaqil bajaradilar.
O'yinda eng ko'p olma tergan (ya'ni ko'p misol yechgan) guruh g'olib hisoblanadi.
O'qituvchi misollar to'g'ri yoki noto'g'ri yechilganini nazorat qiladi. Agarda o'quvchi
misolni noto'g'ri yechsa, u olmani daraxtdan uzmasdan, yerdan olgan hisoblanadi.
Noto'g'ri yechilgan misolni guruhdagi boshqa o'quvchi doskada bajarishi mumkin.
O'qituvchi «Ana endi misollarning javobini to'g'ri topdingiz, endi bemalol olmani
yesangiz ham bo'ladi», deb bolalarni qiziqtiradi. Bu o'yinni boshqa usulda ham bajarish
mumkin. Xuddi «Oltin toj» o'yiniga o'xshab uchala qatordan bittadan o'quvchini chiqarib
o'z qo'lingiz bilan bittadan olma uzib oling, uning javobini qaysi biringiz birinchi
aytsangiz o'sha o'quvchi g'olib hisoblanadi deb tushuntiriladi. Buni eshitgan o'quvchilar
chaqqonlik bilan misolning javobini topishga harakat qiladilar. Undan tashqari «olmalar
qaysi faslda pishadi?» deb so'ralganda o'quvchilar yoz, kuz deb javob beradilar. Demak,
bu o'yinni ko'proq kuz, qish faslida o'tkazish maqsadga muvofiq. Kuz faslida olmalar
yig'ib terib olinayotgan payt bo'lsa, qishda esa g'amlab qo'yilgan olmalar haqida ma'lumot
berish mumkin. Olmaning o'rniga boshqa mevalarni qo'yib ham shu o'yinni tashkil etish
mumkin. Masalan, nok, shaftoli, ishkomdan uzum uzib olish, behi va hokazo. Bu
mevalarning bizga foydasi, qanday vitaminlarga boy ekanligi haqida og'zaki so'rab
bilimlarini boyitib borish mumkin. Masalan, ayniqsa, behi shamollash uchun davo
ekanligini tushuntirib, matematika fanini boshqa fanlar bilan bog'lab o'tish maqsadga
muvofiqdir. Demak, bu o'yin o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o'stirishga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: