Reja:
1. Matematik lingvistika
2. Kompyuter lingvistikasi fanining mazmun-mohiyati
3. Lingvistik tahlil metodlari
Matematik lingvistika -1) tilshunoslikning tilni tadqiq etish va oʻrganishda matematik usullardan foydalanuvchi boʻlimi; 2) mat.ning tabiiy tillar bilan baʼzi bir jihatlardan oʻxshash boʻlgan mavhum strukturalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Matematik lingvistika tilshunoslik boʻlimi sifatida tabiiy tillar hodisalarini va ularni tadqiq etish jarayonlarini mavhumiy-semiotik modellashtirish usulidan foydalanadi; matematik fan sifatida esa ana shu modellarning eng umumiy xossalarini tadqiq etadi va ularning tuzilish usullarini oʻrganadi. Har ikkala maʼnodagi Matematik lingvistika ayni bir tushunchaviy apparatdan foydalanadi, ular orasida shunchalik yaqin bogʻliqlik mavjudki, uni maʼlum shartlar bilan yagona semiotik fan sohasi deb hisoblash mumkin. . Matematik lingvistika 20-asrning 50-yillarida paydo boʻlgan. Uning asosiy tushunchalari — asos qilib olingan belgi-ishoralar (alifbo, lugʻat) toʻplami va maʼlum alifbo belgi-ishoralari (soʻz shakllar, iboralar toʻplami) izchilliklari (zanjirlari) toʻplami kabi tushunchalardir. Bu asosiy tushunchalar tilning har bir sathida qoʻllanadi. Oʻz maqsad-vazifasiga koʻra, Matematik lingvistika eng avvalo nazariy tilshunoslik vositasi hisoblanadi. Ayni paytda uning usul va yoʻllari amaliy lingvistik tadqiqotlarda — matnga avtomatik ishlov berishda, avtomatik tarjimada, inson va EHM oʻrtasidagi aloqa bilan bogʻliq tadqiqotlarda keng qoʻllanmoqda Ma’lumki, tilshunoslik fani XIX (1816 yilda) asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo’nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardagi kabi tilshunoslikda ham ikki fanning „chorrahasida“ (kesishuvida) yuzaga kelgan fanlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik),psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Bunday holni boshqa fanlar doirasida ham kuzatish mumkin: bioximiya, astrofizika, matematik fizika, matematik logika kabi. Buni fanlar tizimida bir necha fanlarning o’zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo’ladi. Lingvistik tahlil metodlari Tilshunoslik fanining o’rganish sohasi bo’lgan tilni har tomonlama tahlil qilish Fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo etadi. Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi talablarga javob berishi lozim. 1. Metod obyektiv bo’lmog’i kerak . Metodning qo’llanish vaqti va o’rnidan qat’iy nazar , natija bir xil bo’lishi lozim . Subyektiv yondashuvlar metod qiymatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi . 2 . Metod izchil bo’lishi , aniq tushunchalarga asoslanishi lozim . 3 . Metod universal bo’lishi , ya’ni sohaning asosiy bo’limlanishi (kamida to’rtta) tahlil qila olishi kerak . 4 . Metod foydalanish mumkin bo’lgan darajada sodda bo’lishi lozim . Tilshunoslikda talab darajasida bo’lgan bir necha metod qo’llanadi . Bu metodlar xarakteriga ko’ra ikki xil :
umumiy metodlar
lingvistik tahlil
metodlari
Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o’zi uchungina xos bo’lib , shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi. Hozirgi zamon tilshunosligida lingvistik tahlil uchun quyidagi metodlar qo’llanadi;
tarixiy – qiyosiy metod;
gap bo’laklari metodi;
substitusiya (almashtirish) metodi;
distributiv metod;
ma’no ko’lamini tahlil qilish metodi.
statistik tahlil metodi;
tranformatsion metod;
tarkibiy qismlarga ajratish metodi;
STATISTIK METOD
Statistik tahlil tilning barcha qatlamlarida birdek qo'llanishi sababli universal uslub hisoblanadi. Bu uslub transformatsion tahlil kabi tushuntirish qobiliyatiga ega bo'lmasa-da, nutqda til elementlari va til hodisalarining ishlatilish darajasini aniq ko'rsatib beradi. Hozirgi zamon tilshunosligi til hodisalarini faqat sifat tomonidan emas, balki miqdor jihatidan ham chuqur o'rganishni taqozo etadi. Ma'lumki, miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishi bilan uzviy bog'liqdir.
Til va nutq hodisalarining ishlatilish darajasi bir xil emas. Til hodisalarining statistik xususiyati lug'aviy ma'lumotlarga asoslanadi. Tillardagi so'z turkumi miqdor jihatdan o'rganilganda otlar lug'at tarkibining 50-60 %, fe'l 20-25 %, qolgan so'z turkumlari taxminan 15-20 % ni tashkil etishi aniqlangan.
Nemis tilidagi otlarda jins kategoriyasi borligi ma'lum. Uchta jinsning bu tildagi nisbati quyidagicha:
maskulin jinsdagi otlar - 38 %
feminin jinsdagi otlar - 45 %
neytral jinsdagi otlar - 17 %
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |