“Matematika va informatika”metod birlashma a’zolarining 2021-2022-o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar haqida
H I S O B O T I
“Matematika va informatika” metodbirlashma tarkibida 17 nafar o’qituvchi bo’lib, ulardan besh nafari oliy toifali, besh nafari birinchi toifali va to’rt nafari ikkinchi,uch nafari mutaxassis toifalidir. Bu o’qituvchilarning barchalari ajratilgan dars yuklamalari bo’yicha ish rejalariga ega bo’lib, reja asosida faoliyat yurgizdilar. O’quv yili jarayonida ish hujjatlarini nazorat qilinganda reja asosida sinflar kesimida muntazam ravishda tezislarni yozib, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlariga tasdiqlatib borayotganlklari kuzatildi. Ular o’z darslarini sifat samaradorliklarini oshirish uchun darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan, AKTdan keng foydalanishdi. Barcha sinflar kesimida iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ajratib olib, o’zlariga belgilab olingan reja asosida muntazam ravishda qo’shimcha mashg’ulotlarni o’tkazib bormoqdalar.
Matematika fanidan o’tkazilgan tuman olimpiadasida 9-“B” sinf o’quvchisi M.Abduqodirov 2-o’rinni ,10-“B” sinf o’quvchisi S.Ismanjanova 2-o’rinni, M.Jabbarov 3-o’rinni, 11-“V” sinf o’quvchisi D.Satiboldiyev 2-o’rinni egalladi.Bu o’quvchilarimiz viloyat fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni egallay olmadilar.Yo’l qo’ygan kamchiliklarini bartaraf etish uchun metod birlashma a’zolari o’zlariga to’g’ri xulosa chiqarib ish tashkil qilmoqdalar.
Informatika fanidan tuman fan olimpiadasida 9-“B” sinf o’quvchisi A.Komiljanov, 10-“B” A.Mahmudov,11-“B” sinf o’quvchisi D.Abdurahmanovlar faxrli 1-o’rinni egalladilar.Viloyat fan olimpiadasida esa 10-“B” sinf o’quvchisi A.Mahmudov faxrli 3-o’rinni egalladi.
Sinflar kesimida fanlarni monitoring qilinganda quyidagi natijalar olindi:
5- sinflarda matematika fanidan o’qituvchilari: F. Dadaboyeva, M.Hamidova, D. Ibrogimova, M.Umarova ,D.Sarimsaqova chorak boshida 64% chorak ohirida 75 %, 6-sinflarda fan o’qituvchilari F.Dadaboyeva, S.To’ychiboyeva, D.Ibragimova, SH.Usmanova ,B.Mahmudov, F.Tursunov , D. Sarimsaqova chorak boshida 63% chorak ohirida 74%; 7 sinflarda fan o’qituvchilari Sh. Usmanova, M.Hamidova, T.Mirzomiddinov, M.Umarova chorak boshida 64% chorak oxirida 75 %, 8 sinflarda fan o’qituvchilari O.Hamidov, M.Hamidova, T.Hakimov, SH.Usmanova chorak boshida 60% oxirida 71%, 9-sinflarda fan o’qituvchilari: T.Hakimov, SH.To’ychiboyeva, SH.Usmanova, R.Rahimjanov, D.Sarimsaqova, B.Mahmudov, F.Tursunov chorak boshida 62% oxirida 72%, 10-sinflarda fan o’qituvchilari: F.Dadaboyeva,T.Mirzomiddinov, S.To’ychiboyeva, R.Rahimjanov, D. Ibrogimova, M. Hamidova chorak boshida 64% oxirida 73%,11-sinflarda fan o’qituvchilari:M.Sattarova, T.Mirzomiddinov, F.Tursunov chorak boshida 63% oxirida 72%larni tashkil etdi.
Informatika fanidan 5 sinflarda fan o’qituvchilari Mehmanova Yu va Tursunova N chorak boshida 72% chorak oxirida 80%, 6-sinflarda o’qituvchilar N. Tursunova, N. Qirg’izov chorak boshida 75 % ni chorak oxirida 81 %, 7 sinflarda fan o’qituvchilari N. Tursunova, N. Qirg’izov, Yu. Mehmanova chorak boshida 71% chorak oxirida 82%, 8 sinflarda fan o’qituvchilari N. Qirg’izov, Yu. Mehmanova chorak boshida 70% chorak oxirida 82%, 9-sinflarda N. Tursunova, Yu. Mehmanova chorak boshida 72% chorak oxirida 80%, 10-sinflarda N. Tursunova, N. Qig’izov chorak boshida 72% chorak oxirida 84%, 11 -sinflarda N. Qig’izov, Yu. Mehmanova chorak boshida 82% chorak oxirida 88%ni tashkil qildi.
Fevral “Matematika va informatika fan oyligi”ni o’tkazishda metod birlashma a’zolari o’z tadbir rejalarini ishlab chiqdilar va shu reja asosida ish olib bordilar.Matematika fanidan F. Dadaboyeva 7 “E” sinfda “Algebrik kasrlarni qisqartirish” mavzusida, T. Mirzomiddinov 7 ”B” sinfda “Kvadratlar ayirmasi formulasi”, S.To’ychiboyeav 6 ”V” sinfda “Har xil ishorali sonlarni qo’shish”,M.Umarova 7-“D” sinfda“Uchburchak tashqi burchagining hossalari”, D. Sarimsaqova 5 “V” sinfda “Aralash sonlarni qoshish va ayirish”, D. Ibrogimova 5-B sinfda “O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish”, SH.Usmanova 9-B sinfda “Trigonometrik ayniyatlar”,M.Hamidova 5-A sinfda “O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish” mavzularida ochiq darslarni tashkil qildilar.Informatika fanidan esa N, Tursunova 7 “G” sinfda “Power point dasturida slaydlar yaratish” ,Yu. Mehmanova 10-“B” sinfda “Delphida ilovaga malumotlar joylash”, N. Qirg’izov 6 “V” sinfda “MS Wordda Smart ART obyekti bilan ishlash” mavzularida ochiq dars tashkil etishdi. Bu o`tkazilgan ochiq darslardan N.Qirg’izovning 6-“V” sinfdagi “MS Wordda Smart ART obyekti bilan ishlash” darsini maktabda ommalashtirish uchun pedagogik kengashga tafsiya etildi. Undan tashqari fan o’qituvchilardan T.Mirzomiddinov ,F.Dadaboyeva, D.Sarimsaqova, D.Ibragimova, M.Umarova va M.Hamidovalar Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tumandagi tayanch maktabga biriktirilgan maktab o’qituvchilari uchun ochiq darslarni tashkil etdilar va ularning ish tajribalari tumanda ommalashtirishga tavsiya etildi. N.Tursunova 6-sinflar ishtirokida “Assalom matematika”, T. Mirzomiddinov va F. Dadaboyevalar 9 “B” va “V” sinflar o’rtasida “O’tkir zehnlilar” mushoirasini, 7-“B” ”V” sinflar o’rtasida “7x7” intellektual shousini o’tkazdi. D. Sarimsaqova va S. Yo’ldashevalar 7-sinflar ishtirokida “Al-Xorazmiy-buyuk alloma” mavzusida matematik kecha, M.Hamidova 6-“A” va 6-“V” sinflar ortasida matematika fanidan mushoira, informatika fani oqituvchilari boshchiligida 6-sinflar o’rtasida “O’yla, izla, top” musobaqasi, 5-sinflar o’rtasida “Tasavvurim kompyuter grafikasida” rasmlar tanlovini o’tkazdilar. Bundan tashqari o`qituvchilar fan oyligi doirasida videoroliklar tayyorlab tuman va viloyat aniq fanlar guruhlariga taqdim etdilar.
O’quvchilar bilimidagi samaradorlikni yanada oshirish uchun har bir metod birlashma a’zosi matematika va informatika fanlaridan fan to’garaklari tashkil etganlar va o’quvchilar bilan samarali ish olib bormoqdalar.
Hisobot yozuvchi: Metod birlashma rahbari F.Dadaboyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |