O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
JIZZAX VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
ZAFAROBOD TUMANI
XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI
3 –UMUM TA’LIM MAKTABI
“MATEMATIKA VA INFORMATIKA“ FAN OYLIGI UCHUN TAYYORLANGAN HUJJATLARNING
Buyruq № ____
01.02.2020 y. 3 - maktabda “Matematika va informatika” fanlari oyligini o’tkazish tog’risida.
O’zbekiston Respublikasi XTVning 2009 yil 11 sentabridagi “Umumta’lim muassasalarida “Fan oyliklari” ni o’tkazishni takomillashtirish to’g’risida”gi 252 – sonli buyrug’iga asoslanib
Buyuraman:
2020-yil Fevral oyida “Matematika va informatika fanlari oyligi” o’tkazilsin.
“Matematika va informatika fanlari oyligi”ni o’tkazish bo’yicha quyidagilardan iborat tashkiliy qo’mita tuzilsin:
N.Boltayev. - o`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari.
E.Narmatov - ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o`rinbosari.
O. Abduqaxorova - uslub birlashma raisi.
Bobonazarov S - maktab psixologi.
Alimova. I. - monitoring sektori.
3. “Matematika va informatika fanlari oyligi ni o’tkazish rejasi va tadbirlarni ishlab chiqish uslub birlashma raisi O. Abduqaxorova hamda o`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari N.Boltayevlar zimmasiga yuklansin.
4. “Matematika va informatika fanlari oyligi” boshlanishida va nihoyasida o’quvchilarning o’zlashtirishi lozim bo’lgan BKM monitoringi o’tkazilsin va tahlil qilinsin.
5. Maktabda “Matematika va informatika fanlari” oyligi xonalari va jihozlari, o’quv xonasidan samarali foydalanilsin.
6. Mavjud jihozlarni ishlatish va amaliy ishlar o’tkazish tashkil etilsin.
O’quvchilarning darsliklari, o’quv qurollari, didaktik materiallar bilan ta’minlanganligi o’rganilsin.
“Matematika va informatika” fanlari oyligi oid burchak tashkil etilsin.
“Matematika va informatika” fanlari oyligi o’qitilishi samaradorligini oshirish maqsadida dars ishlanmalari, test va nazorat ishlari to’plamlarining bankini yig’ish amalga oshirisin.
Maktabda “Matematika va informatika” fanlari oyligi kechalari, qiziqarli bahs-munozaralar va tadbirlar tashkil etilsin.
“Matematika va informatika” fanlari oyligi, maktab ishlarini ommalashtirish hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilsin.
“Matematika va informatika” fanlari oyligi da ommaviy axborot vositalaridan uzliksiz foydalanib borish.
“Matematika va informatika” fanlari oyligi da ota – onalarni taklif qilish va ularning fikr muloxazalarini o’rganish va maxsus kitobga qayd qilish.
“Matematika va informatika” fanlari oyligi natijalari haqida 29.02.2020 -yil tuman ХТ bo’limiga axborot berish hamda pedagogik kengashga ma’lumot tayyorlash o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari N.Boltayev zimmasiga yuklansin.
O’qituvchilar ish faoliyati ommalashtirilsin.
“Matematika va informatika” fanlari oyligiga qiziqqan o’quvchilarni fan xonalari bilan tanishtirish.
“Matematika va informatika” fanlari oyligi yakuniga bag’ishlab festival o’tkazish.
Buyruq ijrosi va axborot berish o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari N.Boltayev. zimmasiga yuklansin.
Maktab direktori: O.Boliyev.
Do'stlaringiz bilan baham: |