Matematika va Informatika” kechasining ishlanmasi O’qituvchi: Boltaboyev G’ Oqqo’rg’on- 2016 Reja



Download 3.4 Mb.
Sana29.01.2017
Hajmi3.4 Mb.
Toshkent Viloyati Oqqo’rg’on tumani 30- umumiy o’rta ta’lim maktabida “Matematika va Informatika” fani oyligida o’tkazilgan

Matematika va Informatika” kechasining ishlanmasi



O’qituvchi: Boltaboyev G’

Oqqo’rg’on- 2016

Reja:

1. Fevral oyidagi muhim sanalar.

2. Buyuk matematik allomalarimiz haqida.

3. Matematika tarixiga nazar.

4. “Bilimdon” o’yinini o’tkazish.

5. Raqs.

6. “Zakovat” o’yini.

7. Taqdirlash marosimi.

Xurmatli o’quvchilar, mana fevral oyi ham yakuniga yetib bormoqda. Bu oy matematika va informatika oyligi bo’lib, butun respublikamiz maktablarida qizg’in va qiziqarli o’tib bormoqda. Shu jumladan bu oyda 2 ta buyuk shaxs Navoiy hamda Boburlarning tug’ulgan kunini ham nishonladik.

Kim Navoiy haqida to’xtalib o’tadi?

Bir o’quvchi Navoiy haqida ma’lumotlarni keltiradi va quyidagi she’rdan parcha yodlab beradi:

Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo

Hammasiga guvoh yer osti,

Lekin do’stlar, she’r ahli aro

Jahongiri kam bo’lar, rosti

Besh asrki, nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir she’r,

Temur tig’i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.

Yana bir o’quvchi Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma’lumot berib g’azallaridan parchalar aytib beradi.

A.Qodiriy o’zining “O’tgan kunlar” romanida shunday degan edi: “Moziyga qarab ish tutish hayrlidir”. Kelinglar bizlar ham ishni bobokalonlarimizning hayotidan boshlasak!

Savol: Matematika rivojiga hissa qo’shgan qomusiy olimlardan kimlarni bilasiz?

Javob: Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, al-Koshiy, Ulug’bek, Farobiy, Farg’oniy va boshqalar.

O’quvchi: Maylimi, men Beruniy bobomiz haqida qisqacha ma’lumot bersam.

d:\maktab 4\dscn4840.jpg

Shundan so’ng, Beruniy va uning shogirdi haqidagi sahna ko’rinishi tomosha qilinadi. Beruniy o’zining “Hindiston” asarini yozayotgan holat aks ettiriladi va bu asarda ummon ortida quruqlik bor ekanligini bashorat etishini shogirdiga aytib beradi.



d:\maktab 4\dscn4843.jpg

Beruniyga atalgan she’rdan parcha o’qiladi:

Amerika- sehrli diyor

Uxlar edi Kolumb ham hali.

Dengiz ortin yoritdi ilk bor

Beruniyning aql mash’ali

Kolumbda bor alamim manim,

Ajdodlarim, fahrimsiz manim.

Matematika rivojiga ulkan hissa qo’shgan bobolarimizdan biri Mirzo Ulug’bek bo’ladi. U o’zidan bizga bitmas-tugamas xazina qoldirgan. Yozuvchi Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” asaridan bir lavha tomosha qilaylik.

d:\maktab 4\dscn4845.jpg

Sahnaviy ko’rinishdan so’ng quyidagi she’r aytiladi:

Bobolardan so’z ketsa, zinhor

Bir kalom bor gap avvalida

Osmon ilmi tug’ulgan ilk bor

Ko’ragoniy jadvallarida.

Qotil qo’li qilich soldi mast,

Quyosh bo’lib uchdi tilla bosh

Do’stlar, ko’kda yulduzlar emas

U Ulug’bek ko’zidagi yosh.

Endi o’quvchilar matematika va informatika fanlarining rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar berishadi.

d:\maktab 4\dscn4839.jpg

Toshpo’latova O’g’iloy matematika tarixi haqida ma’lumot bermoqda.



d:\maktab 4\dscn4850.jpg

Raimova Diyora Informatika fanining rivojlanishi haqida ma’lumot bermoqda.

Shundan so’ng 6-7-8- sinf o’quvchilari bilan birgalikda “Bilimdon” intellektual o’yini o’tkazildi va bunda o’quvchilar g’olib bo’lishdi

d:\maktab 4\dscn4856.jpg

d:\maktab 4\dscn4858.jpg

Undan so’ng 8- sinf qizlari ijrosida raqs namoyish qilindi.



d:\maktab 4\dscn4867.jpg

d:\maktab 4\dscn4866.jpg

Shundan so’ng “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi va bunda bilimdonlar 6:4 hisobida g’alaba qozonishdi.



d:\maktab 4\dscn4868.jpg

d:\maktab 4\dscn4885.jpg

“Bilimdon” o’yini savollari:



1. 1 dan 200 gacha bo’lgan sonlarni ko’paytirsak oxiri nechta 0 bilan tugaydi?

A) 48 B) 49 C) 50 D) 51

2. Qaysi sonni oddiy kasr ko’rinishida yozib bo’lmaydi?

A) 1 B) 0,(3) C) 2,52121212…. D) 0,10100100010000…

3. 2 va 0 raqamlari yordamida nechta 4 xonali son yozish mumkin?

A) 8 B) 7 C) 6 D) 4

4. 30 ta turistdan 20 tasi ingliz tilini, 15 tasi fransuz tilini biladi. Shu turistlardan nechtasi ikkala tilni ham biladi?

A) 15 B) 5 C) 10 D) 3

5. Ma’lum bir ishni 6 ta ishchi 4 soatda bajaradi, nechta ishchi shu ishni 3 soatda bajaradi?

A) 4 B) 8 C) 5 D) 12

6. Qaysi asar Beruniyga tegishli emas?

A) Hindiston B) Yodgorliklar C) Qonuni Ma’sudiy D) Negizlar

7. Menga tayanch nuqtasini topib bering, butun yer sharini barmog’imning uchi bilan aylantiraman. Bu so’z kimga tegishli?

A) Beruniy B) Arximed C) Pifagor D) Farg’oniy

8. Kesishuvchi 3 ta to’g’ri chiziq tekislikni nechta bo’lakka bo’ladi?

A) 8 B) 7 C) 6 D) 5

9. Qirralari 3m, 4m, 5m bo’lgan parallelepipedga qirrasi 2metrdan bo’lgan kublardan ko’pi bilan nechta joylashtirsa bo’ladi?

A) 60 B) 12 C) 20 D) 4

10. Birinchi rus ayol matematigi Kovalevskayaning ismi nima bo’lgan?

A) Mariya B) Natasha C) Sofiya D) Alla

Zakovat” o’yini savollari:



1. “+”, “-”, “*”, “/”, “<”, “>””=” belgilari ichida eng ko’p ishlatiladigan belgini ayting?

J: “=”

2. Temirchiga har birida 3 tadan xalqasi bor 5 bo’lak zanjir keltirildi. Ularni ulab bir butun zanjir qilib berishni so’radi. Qnday qilib temirchi eng kam halqani ochib ulasa bo’ladi?

J: bitta bo’lakdagi 3 ta halqani bo’shatib qolgan to’rtta bo’laklarni har bir halqa bilan ulaydi.

3. Asal haqidagi masala. 21 ta bankaning 7 tasida asal to’la. 7 tasida esa yarim, 7 tasi bo’sh. 3 ta odamga asalni ham bankani ham teng qilib bo’lib bering. J: 1 tasiga: 3 ta to’la, 1 ta yarim, 3 ta bo’sh. 2 chisiga 2 ta to’la, 3 ta yarim, 2 ta bo’sh. 3 chisiga 2 ta to’la, 3 ta yarim, 2 ta bo’sh.

4. Dunyodagi birinchi hisoblah markazi qachon va kim tomonidan qurdirilgan? j: XV asr, Ulug’bek

5. Sentiner so’zi nemischa “yur” so’zidan olingan bo’lib 100 kg ni anglatuvchi og’irlik o’lchovi. Sent- so’zining ma’nosini ayting. J: Chaqa

6. Qadimgi tangalar yig’ishga qiziquvchi sayyoh qadimgi buyumlar sotiladigan do’konda “Miloddan avvalgi 130- yilda ishlab chiqarilgan” deb yozilgan tangani ko’rdi. Tanga arzon bo’lishiga qaramay sayyoh uni sotib olmadi. Nima uchun? J: Tanga qalbaki chunki miloddan avvalgi davrda tanga ishlab chiqilmagan, u davrda hisob yili ham bo’lmagan.

7. 3 ta oq, 2 ta qora qalpoq bor. 3 ta donishmandning 2 tasiga qora 1 tasiga oq qalpoq kiydirib qo’yishdi. Ulardan qaysi biri boshida qanday qalpoq borligini 1- bo’lib aytadi?

J: Oq qalpoq kiygani

8. O’rmonga o’t ketib, yong’in egallagan maydon har bir soatda 2 marta ortib bormoqda. Bunday yonishda 8 soatda butun o’rmon yonib bo’lishi mumkin. O’rmonning yarmi necha soatda yonib bo’ladi?

J: 1 soatda

Kecha so’ngida fan oyligida faol qatnashgan va matematika va informatika fanlaridan “Fan olimpiadasi” va “Bilimlar bellashuvi”da fahrli o’rinlarni egallayotgan o’quvchilarni maktab direktori Astraqulova M. tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirladi.



d:\maktab 4\dscn4903.jpg


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa