Rasmiy sayt – www.python.org
Python mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum tomonidan yaratilgan va 1991 yilda chiqarilgan.
Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Stack Overflow saytining 2019-yildagi dasturchilar o’rtasida dasturlash tillari bo’yicha olib borilgan so’rovnomasida, eng qulay va ko’p foydalaniladigan dasturlash tillari ro’yxatida Python JavaScriptdan so’ng ikkinchi o’rinni egallagan. Shu bilan bir qatorda dunyoning Twitter, Pinterest, HP, Symantec, Instagram va Groupon kabi yirik korxonalar aynan Python dasturlash tilidan foydalanmoqda. YouTube, DropBox, Google va Quora kabi dunyoning mashhur online platformalarining dasturiy ta’minoti ham aynan python dasturlash tilida yozilganligi ushbu dasturlash tiliga bo’lgan talabning yuqori ekanligini anglatadi. Python nafaqat web sohasida balki sun’iy intellekt va robotexnika sohasida ham yuqori talabga ega til hisoblanadi.
2.1. Pythonda dasturlash kutubxonasi
Python dasturlash tilini o`rnatish.
Endi Python dasturlash tili yordamida dasturlashni o’rganishni boshlaymiz. Python dunyo miqyosida eng ommalashgan, mukammal dasturiy mahsulotlarni yaratishga mo’ljallangan dasturlash tillaridan biri bo’lib, uning yordamida web-sayt, ilova va o`yinlar yaratiladi. Quyidagi imkoniyatlar bu tilni o’rganish uchun yordamchi omillar hisoblanadi.
O’rganish va qo’llashning soddaligi. Python sodda va qulay dasturlash tili bo’lib, boshqa dasturlash tillariga nisbatan uning yordamida dastur tuzish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Mukammal kutubxonasining mavjudli. Pythonda dastur tuzish jarayonida kutubxonadagi tayyor funksiyalardan foydalanish mumkin.Bu esa murakkab dasturlarni ham qisqa vaqtda tuzish imkonini beradi.
Tayanch so’zlar:
Operator- dasturlash tili buyruqlari.
Dasturlash muhiti- dastur kodini kiritish, alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushurish muhiti.
Interfaol muhit- dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasiko`rish muhiti.
Mashhur firmalarning ushbu dasturdan foydalanishi. Python mukammal dastur bo’lganligi sababli, bugungi kunda Google, Nasa va Pixar kabi firmalar o’z dasturlarini tuzishda undan foydalanishadi.
Python interpretatori bepul o`rnatiladi. Ushbu dasturni yuklab olib, kerakli ilovalari bilan bepul ishlatish mumkin.
IDLE( Integrated Development and Learning Environment- integrallashgan dasturlash va o’rganish muhiti)-Python tilini o’rganish uchun taqdim etilgan IDE.
Python dasturlash tilini o’rganish uchun uni o’zining raasmiy saytidan yuklab olib, keyin o`rnatish zarur. Python kompyuterga IDLE dasturi bilan birga o’rnatiladi. IDLE dasturlashni endi boshlaganlar uchun mo’ljallangan IDE bo’lib, kod yozish uchun uncha murakkab bo’lmagan matn muharriri hamda dastur natijasi va xatolarini ko’rsatib turuvchi oynaga ega.
Python dasturini o’rnatish
Pythonnining rasmiy saytiga kiriladi. Brauzer qatoriga htt://www.python.org manzili kiritilib, Dowloads bo’limi tanlanadi.
Pythonni yuklab olish. Kompyuter operatsion tizimi(masalan, Windows)ga mos o’rnatgichning so’nggi varianti(python3.8) yuklab olinadi.
O’rnatish. Yuklab olingan o’rnatgich fayl ishga tushuriladi va “Установить для всеx пользователей” ko’rsatmasu tanlanadi hamda o’rnatish jarayonidagi barcha oyna so’rovlarida “next” tugmachasi bosiladi.
IDLE ni ishga tushurish. Dastur xatolarsiz o’rnatilganligini tekshirish uchun ”Пусk” orqali “Все программы” ko’rsatmasi tanlaadi, Python papkasi ochiladi va IDLE ishga tushuriladi.
Dastur kodlarini kiritish uchun Python oynasi ochiladi.
IDLE oynasining ikki xil muhiti mavjud bo’lib, ular interfaol muhit va dasturlash muhiti deb nomlanadi.
IDLEning interfaol muhiti(konsol ham deb yuritiladi)- dastur kodni kiritib, natijasini darhol ko’rinish mumkin bo’lgan oyna. Bu muhit daastur buyruqlari vazifalarini o’rganish, kichik dasturlar tuzish, ularning natijasini tezroq ko’rish uchun ishlatiladi. Interfaol muhitidan kankulyator sifatida foydalanish ham mumkin.
PYTHON tilida turli tipdagi o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin, shu sababli, har bir tipdagi o‘zgaruvchilar qanday tavsiflanishini bilish zarur.
PYTHON tilidа bittа o‘zgаruvchini dаstur bаjаrilishi dаvоmidа sаtr yoki sоn sifаtidа ishlаtish mumkin. Shu bilаn birgа PYTHON tilidа o‘zgаruvchilаr bilаn ishlаngаndа оshkоr ko‘rsаtilishi mumkin bo‘lgаn аsоsiy mа’lumоtlаr tiplаri to‘plаmi
mаvjud.
Butun (integer) sonlar – Sonning kasr bo‘lmagan son bo‘lib, ularda sonning asosi (10 lik), o‘n oltilik (asosi 16-prefiksga ega) yoki sakkizlik (asosi 8- prefiksli) sanoq sistemalar ko‘rsatiladi.
Siljuvchi vergulli (float) sonlar – sonning kompyuterda amalga oshiriladigan eksponentsiol yozuvi. Xuddi shuningdek, “ikkilangan aniqlikga” ega bo‘lgan son ham mavjud.
Satr (string) – simvollar ketma – ketligidan iborat bo‘lib, unda har bir simvol bir bayt o‘lchamdan, toki maksimal uzunlik 216 gacha bo‘lgan joyni egallaydi. Yakka qavslarga olingan satrlar literallar sifatida qaraladi, ayni paytda ikkilangan qavslar ichidagi satrlar esa (maxsus belgilar, o‘zgaruvchilarning qiymatlari va shu kabilar) sifatida talqin qilinadi.
Bul (boolean) tipi - Mantiqiy ifoda bo‘lib, uning qiymati faqat rost (True) yoki yolg‘on (False) dan iborat.
Kompleks (complex) tipi – Sonning birinchi argument sifatida haqiqiy qism, ikkinchi argument sifatida mavhum qism uzatiladi.
Massiv (array) – bir nechta qiymatlarning tartiblashtirilgan xaritasi bo‘lib, undagi kalitlar qiymatlarga mos keladi. Kalitlar – bu indeks nomerlari (ular so‘zsiz tushuniladi) yoki aniq ko‘rsatilgan nishonlar. misol
Ob’ekt – bu berilganlarning xossalarini saqlovchi va berilganlarni qayta ishlash metodlaridan iborat bo‘lgan sinf.
Resurs – tashqi resursga havola bo‘lib, ular maxsus funksiyalar tomonidan yaratiladi va saqlanadi.
– qiymatga ega bo‘lmagan o‘zgaruvchi. Bu o‘zgaruvchi, shakllantirilmagan bo‘ladi (unga hech bir qiymat berilmagan bo‘ladi), agar unga o‘zgarmasi ta’minlangan bo‘lsa yoki unset() funksiyasi yordamida bekor qilinmagan bo‘lsa.
Python dasturlash tilining asosiy kutubxonasi ingilizcha bo`lib asosan boshqa dasturlar ham ingilizcha bo`ladi undaa def yani funksiyani tanasi shunaqa har xil o`zini kutubxonasiga ega math. qilinsa matematika kutubxonasi ochiladi. Tkinter import* esa Tkinter bilan ishlash kutubxonasi ochiladi va ishni osonlashtiradi.
abs() - sonning absolyut qiymati.
acos() – radianda ifodalangan arkkosinus.
acosh() - radianda ifodalangan giperbolik arkkosinus.
asin() - radianda ifodalangan arksinus.
asinh() - giperbolik arksinus.
atan() - radianda ifodalangan arktangis
atanh() - giperbolik arktanges.
atan2() - arktangens y/x ni, y va x kvadratlar ishorasi bilan aniqlanuvchi
natijaviy kvadrat bilan qaytariladi.
ceil() - sonni o‘zidan katta butun songa yaxlitlash.
cos() - radianda ifodalangan kosinus. Shunaqa ko`plab matematik funksiyalar Pythonni math kutubxonasida mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |