Formulalar majmuasidan formulani keltirib chiqarish qoidasi.
Ta’rif. 1) Har qanday Aformulalar majmuasi H dan keltirib
chiqariladigan formuladir.
2) Har qanday isbotlanuvchi formula H dan keltirib chiqariladi.
3) C va C B lar H formulalar majmuasidan keltirib chiqarilgan
formulalar bo’lsa, u holda B formula ham H dan keltirib chiqariladi.
Biror B formula H formulalar majmuasidan keltirib chiqariladigan bo’lsa, uni simvolik ravishda H|-B shaklda yozamiz.
Agar H bo’sh to’plam yoki elementlari faqat isbotlanuvchi formulalardan iborat bo’lsa, u vaqtda H dan keltirib chiqariladigan formulalar sinfi isbotlanuvchi formulalar sinfi bilan mos keladi. Agar formulalar majmuasi H ning hech bo’lmaganda bitta elementi isbotlanmaydigan formuladan iborat bo’lsa, u holda H dan keltirib chiqariladigan formulalar sinfi isbotlanuvchi formulalar sinfiga
nisbatan kengroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |