Kurs ishining predmeti.Mulohazalar, mulohazalar hisobi formulasi, formulaning keltrib chiqarish qoidasi, asosiy qoidalar va teoremalar tushunchasi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Ishda ilmiy yangilik qilinmagan,u referativ uslubiy xarakterga ega bo'lib, unda mulohazalar hisobi, teoremalar. Isbotlash tushunchasi va keltirib chiqarish formulalari o’rganilgan.
Kurs ishining metodologik asosi. Ushbu kurs ishi uchun mulohazalar hisobi bo’limini o'rganishda metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Kurs ishining hajmi va tuzilishi. Kurs ishi kirish qismidan, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xotima hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ishning hajmi 20 betni tashkil etadi.
Diskret matematika -matematika fanining bir qismi bo’lib, u asosan diskret texnikada keng qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda Diskret matematika va matematik mantiq amaliy masalalarni yechishning eng keng tarqalgan fanlardan biri, masalan, hisoblash texnikasining mantiqiy asoslari va dasturiy ta’minotini
rivojlantirishda, usulning qo’llanilishi qulayligi, uning har qanday murakkab shakli soha uchun ham qo’llanilishi soddaligi sababli bu usul amaliyotchi va ayniqsa muhandislar orasida keng qo’llanilib
kelinmoqda. Bu usul asosida ishlab chiqarish tizimining bir qator hisoblari muvaffaqiyatli qo’llanilib, kelinmoqda. Bu esa Diskret matematika va matematik mantiqning amaliy ahamiyati naqadar yuqori ekanligini bildiradi.
Diskret matematika va matematik mantiq avvalo muhandislar tomonidan taklif etildi, undan keyinroq esa u o’zining matematik asosiga ega bo’ldi.
Fanning maqsadi – matematika va informatika ta’lim yo’nalishi talabalariga «Diskret matematika va matematik mantiq» ning nazariy asoslarini, ularning amaliyotdagi o’rni va o’ziga xos
xususiyatlarini va afzalliklarini, amaliy masalalarni yechishga tadbiq qilishni, har xil ob’yektlarni tadqiq qilishni o’rgatish.
Fanning asosiy masalasi– matematik mantiq, bir tomondan, formal mantiq muammolariga matematik metodlarni qo‘llash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matematikani asoslashga xizmat qiluvchi fan sifatida foydalanishdir. Hozirgi zamon matematik mantiqiy avtomatika, mashina matematikasi, bir tildan ikkinchi tilga avtomatik tarzda tarjima qilish, matematik lingvistika, axborot nazariyasi va umuman kibernetikaning nazariy va asosi hisoblanadi. Fanni o’zlashtirish natijasida talaba ”Diskret matematika va matematik mantiq” ning asosiy tushunchalarini o’zlashtirishi va uni amaliyotga qo’llay bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |