Matematika o’qitish prinsiplarining moxiyati



Download 0,57 Mb.
Sana08.04.2022
Hajmi0,57 Mb.
#536136
Bog'liq
Matematika o\'qitish metodikasi


Mavzu. Matematika o’qitishning prinsiplari, usullari va shakllari. Asosiy didaktik prinsiplar: ilmiylik, ko’rimlilik aktuallik, onglilik, tushunarlilik
REJA
  • Matematika o’qitish prinsiplarining moxiyati.
  • Ilmiylik va tarbiyaviylik prinsipi.
  • Ko’rgazmalilik prinsipi.
  • Onglilik va faollik prinsipi.
  • Puxta o’zlashtirish prinsipi

  • 6. Sistemalilik va ketma-ketlilik prinsipi.
    7. Moslik prinsipi.
    8. Tabaqalashtirish va individuallashtirish prinsipi.

1. Pedagogikada umumiy ta’lim prinsiplarini matematika o’qitish jarayoniga qo’llash maktab va umuman o’quv yurtlarida matematika o’qitishga ko’yiladigan yagona talablar majmuasidan iborat. Boshkacha aytganda, matematika o’qitishga jamiyat va fan ko’yadigan asosiy talablarni o’z ichiga oladi. Matematika o’qitish uslubiyati bu prinsiplarni quyidagicha belgilaydi: [2,3,1] a) ilmiylik; b) tarbiyaviylik; v) ko’rgazmalilik;
g) onglilik va faollik; d) puxta o’zlashtirish; ye) sistemalilik va ketma-ketlilik;j) moslik; z) tabaqalashtirish va individuallashtirish. Umuman olganda, matematika o’qitish prinsiplari maktabda o’qitish- ning jamiyat talablariga mos ravishda qanday amalga oshirilishi va bunda asoslaniladigan asosiy talablarni o’z ichiga oladi.
Ilmiylik prinsipi matematika o’qitish mazmunining ilmiy bo’lishi, matematikaning xozirgi axvoli va uning rivojlanishini obyektiv aks ettirishni ifodalaydi. Moxiyati o’qitish mazmuni va o’qitish usullari xozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos kelishini ta’minlashdan iborat. Masalan, matematik tushuncha va xukmlarni ifodalashda ilmiy ravishda to’gri yondashish xam bunga kiradi. Bundan tashkari, xar bir matematik xukmga tankidiy o’qitish, u asoslangan bo’lsa xam isbot deb karamaslik, ta’rif va teoremalarni bir-biridan ajrata olish kabi uslubiy jixatlarga e’tibor berish talab etiladi.
Masalan, birorta tenglamaning kaysi to’plamda o’rinli ekanligini aniqlashda xakikiy sonlar to’plamidan xam kengrok to’plam kompleks sonlar to’plami xam mavjudligini ta’kidlab o’tish mumkin. Yoki nolinchi daraja, logarifm ta’riflarini tenglik ko’rinishda yozilishi ta’rif ekanligi va ular isbotlanmasligi aytib o’tish mumkin. Ko’pincha masalalar yechimlarini tavsiflashda ularning real amaliy xayotga mos kelish yoki kelmasligini tekshirish xam matematika qo’llanilishi moxiyatini tushunishga imkon beradi.
2. Tarbiyaviylik prinsipi o’quvchilarga fanga bo’lgan qiziqishni uygotish, yangi bilimlarni o’zlashtirishga xarakatini, ularni egallash va Mustaqil kengaytira olishga o’rgatishni o’z ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va dikkatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Bu prinsip o’qitishda o’quvchida ziyraklik, topkirlik, akllilik xislatlari bilan birga iroda, chidam, ko’yilgan maqsadga erishishda sabot, puxtalik va aniqlik, shuningdek vatanga muxabbat kabi xamda rostguylik, mexnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalash xam matematika darslarida amalga oshirilish imkoniyatlari mavjudligini ifodalaydi.
3. Ko’rgazmalilik prinsipi matematika o’qitishning eng muxim prinsiplaridan biri bo’lib, u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat kiladi. Ko’rgazmalilik matematika o’qitishda quyi sinflarda keng qo’llanilishi bilan birga ayniksa geometriya o’qitishda keng foydalaniladi. Bu prinsipni chex pedagogi Ya.A.Komenskiy asoslagan, rus pedagogi K.D.Ushinskiy esa ko’rgazmalilik bolalar ruxiy xususiyatlariga javob beradi deb xisoblagan. U o’quvchilar tasavvurlar doirasini kengaytiradi, ta’limda konkretlilik, qiziquvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi.
Onglilik, faollik va Mustaqillik prinsipini amalga oshirish quyidagi shartlarni bajarishni talab etadi: o’quvchilarning fan ma’lumotlarini, o’quv materialini egallashi, uni chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi, bilimlarni ishonchga, amalda qo’llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi.
4. Puxtalik prinsipi o’quvchilarning ta’limni muvaffakiyatli davom ettirishlari uchun, ilmiy dunyokarashni shakllantirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantirish amaliy faoliyatga tayyorlash uchun zarur.
5.Tabaqalashtirish o’qitishda o’quvchilarni o’z bilim saviyasi va qobiliyatlariga ko’ra guruxlarga ajratgan holda, tabaqalarga bo’lgan holda o’qitishni nazarda tutadi. Shunday kilib prinsiplar – matematika o’qitishning ilmiy pedagogik konuniyatlari va amaliy pedagogik tajribani taxlil qilish natijasida vujudga keladigan asosiy yo’naltiruvchi qoidalardir.
Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish