O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda qavsli misollarda amallar tartibi bo‘yicha o‘quvchilar doskaga chaqirilib misollarni bajaradilar. O‘tilgan mavzu eslab olingach, yangi mavzu bilan bog‘lanadi.
Yangimavzuningbayoni.
O‘quvchilarga barcha amallar bilan misol va masala yechishda nimalarga e’tabor berish lozimligi yana bir bora aytib o‘tiladi.
137-misol shartida nuqtalar o‘rniga amallar belgilari bo‘lgan ( + ), ( - ), ( ∙ ), ( : ) ni shunday qo‘yish kerakki tengliklar to‘g‘ri bolishi talab etiladi.
350…. 7 = 700 … 650 350 : 7 = 700 - 650
66 … 6 = 3 … 8 66 : 6 = 3 + 8
370 … 80 = 9 … 50 370 + 80 = 9 ∙ 50
60 …8 = 900 … 420 60 ∙ 8 = 900 – 420 kabi doskada bajariladi.
Ekranda massa o‘lchov birliklari bo‘yicha trenajor mashq bajarish jarayonida o‘quvchilar bilan massa birliklari mavzusi takrorlanadi. Bunda o‘quvchilar o‘ng tomondagi ifodani chap tomondagi ifoda bilan moslashtiradilar.
Moslashuv mashqi
100 kg
100 000 g
2 t
2 000 kg
50 sr
5 t
12 kg
12 000 g
10 t
100 sr
5 000 g
5 kg
Shundan so‘ng darslikda berilgan 138 - topshiriq doskada bajariladi. 6 kg = 6000 g 2 kg 650 g = 2650 g
8 sr = 800 kg 6 sr 15 kg = 615 kg
1 t 003 kg = 1003 kg
139-misol og‘zaki bajariladi. Bunda o‘quvchilar berilgan misoldagi amallar tartibi nima uchun ko‘k rangda berilgani kabi bajarilganini tushuntiradilar.
490 – ( 250 + 80 : 4 ) = 220
1) 80 : 4 = 20
2) 250 + 20 = 270
3) 490 – 270 = 220
Qavs ichida berilgan bo‘lish birinchi, qo‘shish ikkinchi, qavs tashqarisidagi ayirish uchinchi bo‘lib bajarilishiga sabab, qavsli misollarda amallar tartibi bo‘yicha bajarilishini tushuntiradilar.
( 810 + 18 ∙ 5) : 100 = 9
1) 18 ∙ 5 = 90
2) 810 + 90 = 900
3) 900 : 100 = 9
Bu misolda ham o‘quvchilar amallar tartibi qavsli misollarda amallar tartibi bo‘yicha bajarilishini tushuntiradilar.
140 - misol doskada ikkitasi bajarilgach, qolgani mustaqil ish tarzida bajariladi. 100 – ( 75 – 55 ) + 80 = 100 – 20 + 80 = 80 + 80 = 160
600 + ( 20 + 20 ) ∙ 4 = 600 + 40 ∙ 4 = 600 + 160 = 760
Mustaqil ish:
( 420 – 300 ) : ( 90 : 30 ) + 15 = 120 : 3 = 40
( 55 + 45 ) - ( 890 – 870 ) : 2 = 100 – 20 : 2 = 100 – 10 = 10
O‘qituvchi o‘quvchilarning bajargan ishlarini tanlab o‘qitgach, qolganlarini aylanib ko‘rib chiqadi.
topshiriq bo‘yicha ekranda planetariy haqida ma’lumot beriladi va planetariyning tuzilishi, undagi eksponatlarni aks ettirgan video beriladi. Shundan so‘ng darslikda berilgan topshiriq bajariladi.
O‘zbekistondagi birinchi planetariy 1963 – yilda Toshkent shahrida qurilgan. Bu yil planetariy ish boshlaganiga necha yil to‘ladi? Planetariy nechanchi yil o‘zzining 100 yilligini nishonlaydi?
1963 y. + 100 y. = 2063 y.
masala og‘zaki bajariladi.
Qishda sigirga bir kunda 4 kg lavlagi beriladi. Besh kunda 3 ta sigirga necha kilogram lavlagi berish kerak? Hayvonlarning qishlovi haqida qisqa savol – javob o‘tkaziladi.
Yechish: 1) 4 ∙ 5 = 20 (kg) bu bitta sigirning 5 kunda yeydigani
2) 20 ∙ 3 = 60 (kg) bu uchta sigirning 5 kunda yeydigani Javob: Besh kunda 3 ta sigirga 60 kilogram lavlagi yeydi.