O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI TA’LIM BO’LIMI
BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI MUTAXASSISLIKI “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARI MASOFADAN O’QITISH” KAFEDRASI
“MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: “ Boshlang'ich sinflarda o'lchov birliklarni o'qitish”
Bajardi: __________________________
Qabul qildi: __________________________
____________________
NUKUS – 2023 O’QITISH
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MIQDORIY O’LCHOVLARNI O’RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI 6
1.1.Uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish 6
1.2. Boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o’qitishning joriy holati 16
494-masala. Do’kondan 400g sariyog’ va undan 50g ortiq pishloq xarid qilindi. Hammasi bo’lib necha gramm mahsulot xarid qilindi? 17
496-misol.1)Sentnerda ifodalang:200kg;500kg;700kg;900;3t;48t;10t;85t. 17
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MIQDORLARNI O’RGATISH IMKONIYATLARI 23
2.1. Vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish 23
733-masala 25
1)20+40+60+120=240 min=4 soat 26
Javob: soat 5 ni ko’rsatayotgan bo’ladi 26
1)45*2=90 minut 26
2.2. Xajm haqida tasavvurlarni shakllantirish 39
2.3 Miqdorlarga oid masalalar yechish 45
XULOSA 48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 51
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini Prezidentimiz I.A.Karimovning “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir”1 degan dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi miqdorlarga oid masalalar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni o‘quvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy taxlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni qatnashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J.. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.SH. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun, tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
Shuningdek, Boshlang‘ich sinflarda miqdoriy masalalar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masalalar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borish, bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “ Boshlang'ich sinflarda o'lchov birliklarni o'qitish ” deb nomladik.
Tadqiqot maqsadi: Boshlang'ich sinflarda o'lchov birliklarni o’qitish metodikasi bо‘yicha dars samaradorligini oshirishning mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish, uning bir butun tizimini о‘rganib chiqish.
Tadqiqot obyekti: Boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o’qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o’qitishning metod, usul va vositalari.
Tadqiqot farazi: Boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasini takomillashtirish mumkin agar:
Boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o’rganish zaruriyati nazariy asoslansa;
о‘quvchilarning olgan bilimlari qiziqarli, ongli va aniq bо‘lishi ta’minlansa;
Boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mazmuni, shakl va metodlari takomillashtirilib borilsa;
Boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘qitishda matematikadan olgan bilimlarining sifat kо‘rsatkichi yuqori bо‘lishi e’tiborga olinsa;
Do'stlaringiz bilan baham: |