Matematika o’qishda kuzatish metоdi qanday amalga оshiriladi?



Download 20,68 Kb.
bet1/3
Sana06.06.2022
Hajmi20,68 Kb.
#640835
  1   2   3
Bog'liq
MO\'M 2-amaliy mashg\'ulot


Jadval

1

Matematika o’qishda kuzatish metоdi qanday amalga оshiriladi?

Kuzatish vaqtida tadqiqotchi O’quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsad ko’zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt oralig’ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo’layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi.

2

Suhbat metоdi qanday metоd? Uning qanday fоydali tоmоnlari bоr?

Suhbat metodidan foydalanish kuzatishdan olingan ma’lumotlarni to’ldiruvchi va aniqlovchi materiallar olish, topshiriqlar bajarish imkonini beradi. Bu metod muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o’rnatilishi, ular bilan bemalol erkin muloqotda bo’lish imkoniyatidan iborat.
Suhbat uchun uning maqsadini belgilash, dastur ishlanmasi, yo’nalish va metodikasini aniqlash juda muhimdir. Suhbat metodi bevosita berilgan savollarga javoblarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi bevosita va bilvosita savollarni kiritishni nazarda tutadi.
Suhbat metodi o’qituvchilarga, ota-onalarga qaratilgan bo’lishi ham mumkin, bu holda aytib o’tilgan ehtiyotkorliklarninh hojati yo’q. Shu sababli, bunda tadqiqotchining suhbatdoshiga nisbatan munosabati ochiq-oydin bo’lishi mumkin.

3

Anketalashtirish metodi va uning oldiga qo‘yilgan talablarini tushuntiring?

Biror masalaga nisbatan fikrni aniqlash, ba’zi faktlarni to’plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og’zaki olinadigan bo’lsa, u holda bu javoblar anketaga to’liq yoziladi.Ko’pchilik bu savolning o’ziga javob berganda, uning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qimmatli bo’ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:
1. Anketada savollar kam bo’lishi kerak:
2. Savollar shunday tuzilishi kerakki, Ularni hamma bir xil tushunsin, Ular aniq javoblarni talab qilsin.

4

Maktab hujjatlarini o‘rganish metodi haqida nimalarni bilasiz?

Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o’quvchilar ishlari va hujjatlarini o’rganishdan iborat. O’quvchilarning ishlari ularni dasturning ayrim bo’limlari bo’yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o’qitishning ma’lum davri davomida o’sishi va rivojlanishini kuzatish imkonini beradi, Masalan, maxsus yozma va grafik ishlar shu maqsadda o’tkaziladi. Bularni tekshirish natijasida bolarning matematikadan olgan bilimlari va malakalari aniq ko’rinishi kerak. Ma’lum vaqt oralig’ida bunday maxsus ishlarni bajarib turish, o’quvchilar olg’a siljiyotganini va qanady darajada siljiyotganini ko’rsatadi. O’quvchilarning yozma ishlarida yo’l qo’ygan xatolarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday tahlil butun sinnf o’quvchilarining duch keladigam murakkab qiyinchiliklarini, dhuningdek, o’quvchilarning matematikani o’zlashtirishlaridagi individual xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
O’quv hujjatlari (o’quv rejasi, dasturi, metodik ishlar hujjatlari, hisobotar va h.k.) o’quv tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish jarayoni va holatini aks ettiradi.
O’quvchilarning daftarlarini o’rganish ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyatga ega. Uzoq vaqt davomida o’quvchilar jamoasini qarab chiqish va tahlil qilish o’qituvchi ishi tizimini, o’quvchilar ishining xususiyatlarini ochishga yordam beradi.

5

Eksperiment – tajriba sinov metodini izohlang ?

Tajriba – bu ham kuzatish bo’lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o’zgartirib turiladigan sharoitda o’tkaziladi. Pedagogik tajriba o’qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining, ko’rsatma – qo’llanmalarning samaradorligini tadqiq qilishda qo’llaniladi.
Tajriba o’tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo’lgan masalalarni aniq ifodalab olishi, bunday masalalarning hal qilinishi maktab amaliyotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Tajriba o’tkazishdan oldin tadqiqotchi o’rganish predmeti bo’lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo’yicha amliy ish tajribasi bilan tanishib chiqadi. Tadqiqotda ilmiy farazning o’rni katta ahamiyatga ega. Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshirishga yo’naltiriladi. U material to’plash yo’llarini belgilash imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo’l qo’ymaydi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o’tkaziladi. Buning uchun ikki yiki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o’quvchilar tarkibi bo’yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha imkoni boricha bir xilda bo’lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan tajriba materiali bo’yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o’quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo’yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo’lishi kerak. Bu sinflarda matematika tajriba sinflarda qo’llanilgan metodlar, vositalar va boshqalar qo’llanilmaydi.

6

Ilmiy-tadqiqot metodi o‘zi nima?

Pedagogik tarbiyalashga oid ish tajribalarini o’rganmay va umumlashtirmay, pedadogik jarayonni chuqur tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo’lmaydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiriladi. Ammo boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog’lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o’rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o’rganish, suhbat va so’rovnomalar o’tkazish limit pedagogic tadqiqot matodlari jumlasiga kiradi. So’nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.



Download 20,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish