Matematika-informatika



Download 164,5 Kb.
bet7/8
Sana16.01.2022
Hajmi164,5 Kb.
#374782
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish Fizika

5. BOR NAZARIYASI.

Nels Bor 1913 yilda vodorod atomining tuzilish nazariyasini taklif qildi.

N.Bor o’zining nazariyasini yaratishda E.Rezerford modeliga va Plankning kvantlar nazariyasiga asoslandi. U Rezerford nazariyasiga energiyaning ayrim kvantlaridan iborat ekanligi haqidagi Plank g’oyasini kiritib, o’zining muhim postulatlarini ta‘rifladi.

N.Borning 1 postulatiga muvofiq, elektron atomda faqat kvant nazariyasi ruxsat etadigan orbitalar bo’ylab harakat qiladi. Elektron kvantlangan turg’un orbitalar bo’ylab harakat qilganida o’z energiyasini o’zgartirmaydi, atrofga energiya sochmaydi va tashqi muhitdan energiya yutmaydi.

II postulatga ko’ra, elektron yadrodan uzoq orbitadan yadroga yaqin orbitalarning biriga o’tganida o’zidan energiya chiqaradi. Aksincha yo’nalishda harakat qilinganida esa, atom energiya yutadi.

N.Bor bu ikki postulat asosida vodorod atomning tuzilishini tushuntirdi, u spektroskopik tekshirishlar asosida olingan xulosalardan va E.Rezerford formulasi dan foydalanib, vodorod atomining radiusini, elektronning turli orbitalardagi energiya qiymatlarini hisoblay oldi.

N.Bor hisoblar natijasida elektron energiyasi ℇ1 bo’lgan orbitadan energiyasi ℇ2 bo’lgan orbitaga o’tganida atom tomonidan yutiladigan yoki ℇ2 dan ℇ1 ga o’tganda chiqariladigan nurining chastotasi:

=

formulaga muvofiq hisoblanishi mumkin ekanligini ko’rsatdi. Masalan, elektron yadrodan uzoqroq orbitadan ikkinchi orbitaga o’tganda, ajralib chiqadigan nurining takrorligi:



Б =

bu yerda, n = 3, 4, 5 va hokazo bo’lishi mumkin. Bunday takrorlikka ega bo’lgan spektral chiziqlar vodorod spektrining ko’zga ko’rinuvchan sohasiga ta‘luqli bo’lib, Balmer seriyasi deb ataladi. Agar elektron to’rtinchi, beshinchi va hokazo orbitallardan uchinchi orbitaga o’tsa, vodorod spektrining infraqizil sohasiga muvofiq keladigan nurlar ajralib chiqadi.

Lekin N.Bor nazariyasi spektr chiziqlarining magnit va elektr maydonida tarkibiy qismlarga parchalanish hodisasini va ko’p elektronli zarrachalarning tuzilishini tushuntira olmadi. N.Bor nazariyasiga ko’ra atomda elektron harakat qiladigan har qaysi orbita radiusi o’zgarmas qiymatga ega bo’lishi, elektron ayni orbitada aniq tezlik bilan harakat qilishi, elektronning o’zi aniq o’lchamli zarracha bo’lishi kerak edi. Lekin haqiqatda shunday emas. Zommerfeld va boshqa olimlar N. Bor nazariyasini rivojlantirib, vodorod atomining magnit va elektr maydonidagi harakatini tushuntira oladigan, boshqa elementlar atomlarining tuzilishini bayon etadigan nazariya yaratdilar. Bu nazariyaga ko’ra, atomda elektron orbitallar faqat doira shaklidagina emas, balki Ellips shaklida ham bo’lishi mumkin. Lekin Bor-Zommerfeld nazariyasi ham ko’p elektronli atomlarning spektrlarini izoh qila olmadi.

Bu nazariyada aniqlangan kamchilliklarning asosiy sababi «mikroolam» ob‘ektlariga «makroolam» fizikasini qo’llanilishi bo’ldi. Bu ishda izchillik yo’q edi. Tez orada ma‘lum bo’ldiki, elektron aniq o’lchamli, aniq tezlik bilan harakat qiluvchi, fazoda aniq o’rinni egallovchi zarracha emas, u ham zarracha, ham to’lqin xossalarini namoyon qiladi. 1927 yildan boshlab atom tuzilishi haqida zamonaviy ta‘limotga poydevor qurildi.




Download 164,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish