Bog'liq KURS ISHISI KundalikKurs ishi автовосстановление
2.5-rasm. Ishga tushirish tugmasi.
Formaga bir nechta boshqaruv elementlarini ham qo’shishimiz kerak. Misol uchun yuqori burchakdagi yopish tugmasini bosganimizda dasturimizdan chiqib ketishi kerak. Buning uchun shu tugmani ikki marta bosamiz va hosil bo’lgan maydonga quydagi kodni yozamiz:
Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga aylantirdi.
Bu jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab
chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlashni kompyuter dasturlari yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug‘diradi. Dasturlash asoslari ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilishda muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkin.
Dasturlash asoslarining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishni, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay o’zgarib borishini taqozo etadi.
Men ushbu “Ta’lim muassasasida o’quv jarayonini nazorat qilish” mavzusidag kurs ishimni bajarish davomida dasturlash asoslaridan olgan bilimlarimni yanada mustahkamladim. Ayniqsa Usercontrol haqida tushunchaga ega bo’ldim. Kompyuter uchun dasturlar yaratishga mo’ljallangan Visual Studioning Windows Forms bo’limi bilan chuqur tanishdim. C# dasturlash tilining mohiyati va uning dasturlsh asoslarida qo’llanilishi to’g’risida ma’lumotga ega bo’ldim. ToolBox uskunalar panelidagi uskunalar imkoniyati qanday ekanligi, xususiyatlarini ko’rib chiqdim. Bu ma`lumotlarga tayanib shuni takidlash lozimki, hozirgi fan va texnika rivojlanib borayotgan bir zamonda biz uchun turli oddiy dasturlardan tortib Windows uchun murakkab dasturlargacha, biz bemalol Visual Studioning Windows Forms bo’limida hosil qilishimiz mumkin. C# dasturlash tilining asosiy elementlari esa bunda bizga qo’l keladi.
Hozirgi kunda axborotlashtirish juda tez tarzda rivojlanib bormoqda va
hozirgi kunga kelib malumotlarni xajmi juda kattalashib ketdi. Bunday zamon extiyojlari ham o`ziga xos albatta. Har bir sohada mukammallik va boshqarish
oson bo’lgan dasturlarga extiyoj sezadi albatta. Biz bemalol XXI asr axborot asri desak bo`ladi. Buni isbotini biz xar jabhada ko`rishimiz mumkin. Shu sababli bizni yurtimizda ham axborot texnalogiyalariga katta axamiyat qaratilmoqda. Yurtimizning turli hududlarida IT Parklar ochilmoqda va yoshlarga katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada hukumatimiz ko‘zga ko’rinarli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, ko‘plab korxona va muassasalarni avtomatlashtirish, ularning ishini yengilashtirish uchun bir talay dasturlar amalga oshirilmoqda.
C# Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay vosita bo`lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi
va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. C# dasturi zamonaviy visual loyihalash texnologiyasi asosida ob`yektga yo`naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng
samaralisi hisoblanadi. Bu til C va C++ dasturlash tillarining mantiqiy davomi bo’lib, Java dasturlash tilining ham bir qancha imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bugunga kelib, juda ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan dasturlar asosini C# dasturlash tili tashkil qiladi.
Bu kurs ishini tayyorlash jarayonida C# dasturlash tili haqida umumiy
malumotlarni, qanday shakllangan va bugungi kungacha rivujlanish yo’lini o`rganib chiqdim.Visual Studioda ishlashni va bunda consol va windows dasturlarni yaratishni shu bilan birgalikda dastur tuzish uchun kerak bo`ladigan Windows Forms komponentlari va dasturlash tilining operatorlari ya`ni takrorlanuvchi, shartli va shartsiz o`tuvchi operatorlar haqida batafsil o`rgandim. Bulardan amaliy dasturlarni tuzishda qanday holatlarda foydalanishni amaliyotda ko`rib chiqdim. Yana shu o`rinda aytish lozimki kurs ishi mobaynida consol va windows dasturlarni bir-biridan farqini o`rganib oldim.Umumiy qilib aytganda bu turdagi dasturlarni C# da yaratish haqida yanada to`liqroq o`rgandim va malumotlarga ega bo`ldim.