1.Funksiya va grafiklar (32 soat)
Dekart koordinatalar sistemasi. Funksiya tushunchasi. Aniqlanish va qiymatlar soxasi. Funksiyaning berilish usullari. Sonli funksiyalar : juftligi, toqligi, monotonligi, chegaralanganligi, nollari, o’zgarmas ishora oraliqlari, davriyligi. Teskari funksiya tushunchasi. O’zaro teskari fubnksiyalar. Murakkab funksiya tushunchasi. Funksiyalar ustida amallar. Funksiyalarni elementar almashtirishlar. Chiziqli funksiya :y=ax+b xossalari va grafigi. Kvadrat funksiya :y=ax2+bx+c xossalari va grafiklari Kars chiziqli funksiya : ; xossalari va grafiklari. fuksiyalar va ularning xossalari, grafiklari. Bo’laklab berilgan funksiyalar. Modul qatnashgan funksiyalar va ularning grafiklari. .
2.Darajali ko’rsatkichli va logorifmik funksiyalar (68 soat)
Darajali funksiya. . Ularning xossalari va grafigi. Ko’rsatkichli funsiya xossalari va grafigi. Korsatkichli tenglama va tengsizliklar Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyatlar. Ko’paytma, bo’linma va darajaning logarifmi. Bir asosdan boshqa asosga o’tish formulasi. logarifmlash va potensirlash Logarifmik funksiyalar xossalari va grafigi O’nli va natural logarifmlar, ularning xossalari. Ko’rsatkichli ifodalarni ayniy almashtirishlar Logarifmik ifodalarni ayniy almashtirishlar. Logarifmik tenglama va tengsizliklar. Ko’rsatkichli va logarifmik tenglamalar va tengsizliklar sistemasi.
3.Trigonometrik ifodalar (64 soat)
Birlik aylana, burchaklarni o’lchash, burchakning gradus va radian o’lchovlari. Ixtiyoriy argumentning trigonometrik funksiyalari. Sinus, kosinus, tangens va kotangens chiziqlari Bir xil argumentli trigonometrik funksiyalari orasidagi bog’lanishlar. 00, 300, 450, 600, 900, 1200, 1800, 2700, 3600 burchaklar uchun trigonometrik funksiyalar qiymatlari.Asosiy trigonometrik ayniyatlar. Trigonometrik funksiyalarning juft-toqligi,davriyligi. Eng kichik musbat davr. Murakkab funksiyalarning davrini topish. Trigonometrik funksiyalarning aniqlanish va o’zgarish sohaslari, monotonlik oraliqlari, ularning grafiklari. Yig’indi va keltirish formulalari Ikkilangan va yarim burchakning trigonometrik funksiyalari. Trigonometrik funksiyalarni yarim burchak tangensi orqali ifodalovchi formulalar. Trigonometrik funksiyalar ko’paytmasidan yig’indiga, yig’indidan ko’paytmaga o’tish formulalari. ni almashtirish. Trigonometrik ifodalarni ayniy shakl almashtirish. Teskari trigonometrik funksiyalar, ularning xossalari va grafigi. Teskari trigonometrik funksiyalar ustida amallar bajarish. Teskari trigonometrik funksiyalarni ayniy almashtirishlar. Sodda trigonometrik tenglamalar. Trigonometrik tenglamalrning turlari va ularni yechish usullari. Umumiy usullar: ko’paytuvchilarga ajratish, yangi o’zgaruvchi kiritish. Hususiy usullar: darajani pasaytirish, bir hil argumentga keltirish, yordamchi burchak kiritish, chegaralanganlik hususiyatidan foydalanish, universal almashtirish, o’zgaruvchilarni almashtirish, bir jinsli va bil jinsliga keltiradigan tenglamalarni yechish usuli va boshqa usullar. Trigonometrik tengsizliklar va ularni yechish. Teskari trigonometrik funksiyalar qatnashgan tenglama va tengsizliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |