Matematika fanlarining mazmunini loyihalashtirish


Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda matematika ta’limining vazifalari



Download 0,83 Mb.
bet31/36
Sana01.05.2022
Hajmi0,83 Mb.
#601472
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Matematika fanlarining mazmunini loyihalashtirish

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda matematika ta’limining vazifalari:
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’rta umumiy ta’limning bevosita davomi bo’lgani uchun ham bu yerda matematika o’qitishda o’quvchilarning ilgari olgan bilimlarini chuqurlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda abstrakt va mantiqiy fikrlashini o’stirish;
- o’quvchilarni funktsiyalar va ularning xossalarini matematik analiz tushunchalari vositasida tekshirishga o’rgatish;
- tenglama va tengsizliklarni yechishdagi matematik usullarni mohiyatini sistemali ravishda o’rgatish;
- fazoviy jismlarning xossalarini o’rgatish va bu xossalarni amaliyot masalalarini yechishga tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish;
- o’quvchilarga faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ularda masalalar yechish yordamida mustaqil mantiqiy fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.


O’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar:


Algebra va analiz asoslari kursini o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim:


- to’plam tushunchasiga ega bo’lishi, to’plamlar ustida amallarni bajara olishi, , , , , ,Є,U - mantiqiy amallardan foydalanishni bilish;
- haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallar bajarish, haqiqiy sonning modulini bilish, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqara olish;
- matematik induktsiya usulini sonlarning bo’linishi, yig’indilarni hisoblash, tengsizlik va ayniyatlarni isbotlashga qo’llash;
- ko’rsatkichli, logarifmik, trigonometrik funktsiyalarni asosiy xossalarini bilish hamda ularga ko’ra funktsiyalarni grafigini chizish;
- kvadrat tenglamaga keltiriladigan tenglamalar, ko’rsatkichli, logarifmik, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yecha olishi, tenglamalar yechishning umumiy, xususiy usullarini bilishi;
- hosila, hosilani hisoblash qoidalari, elementar funktsiyalarning hosilalari, hosilalar jadvali, hosilani geometrik va fizik ma’nosini bilish;
- egri chiziqqa urinmaning ta’rifi, urinma tenglamasini bilish;
- funktsiyaning oraliqdagi eng katta va eng kichik qiymatlarini topish;
- boshlang’ich funktsiya, aniqmas integral va ularning xossalarini bilishi;
- egri chiziqli trapetsiyaning yuzi, aniq integral, Nьyuton-Leybnits formulasini bilishi;
- aniq integral yordamida yuza va hajmlarni hisoblashni bilish;
- o’rinlashtirish, o’rin almashtirish, guruhlashning sonini topish formulalarini bilish;
- ehtimollikning klassik, statistik va geometrik ta’rifini bilish.
Geometriya kursini o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim:
- yassi figuralar va asosiy geometrik munosabatlar haqida ma’lumotlarni o’zlashtirish;
- teoremalarni isbotlash, masala va misollar yechishda mantiqiy mulohaza yuritishni bilish;
- stereometriya elementlari va aksiomalarini bilish;
- fazoda to’g’ri chiziq bilan tekislikni o’zaro joylashishini tasavvur qila olish;
- to’g’ri prizma, piramida, tsilindr, konuslarni yon va to’la sirtlari haqida ma’lumotga ega bo’lishi;
- to’g’ri prizma, piramida, tsilindr, konus, shar hajmlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishi;
- modellarda, chizmalarda ko’pyoqlar, aylanma jismlarni ajratish, ularning elementlarini ayta olish, shunga doir masalalarni yechishi;
- vektorning ta’rifi, moduli, qarama-qarshi vektorlar, nol vektor tushunchasini bilishi, vektorlar ustida amallarni bilishi;
- bazis vektor tushunchasini bilishi, vektorlarni uchta bazis vektorlar bo’yicha yoyilmasini bilishi;
vektorlarni skalyar ko’paytmasi va uning xossalarini bilishi.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish