Matematika fanining boshqa fanlar bilan hamkorlikda ilmiy



Download 24 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi24 Kb.
#310882
Bog'liq
MATEMATIKA FANI



MATEMATIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN HAMKORLIKDA ILMIY

QO‘LLANILISHINING AHAMIYATI.

Toshkent Shahar Uchtepa tumani

81-IDUM ning

Matematika fani o'qituvchisi

To'xtamurodova Madina Bobojonovna

Kalit so ’zlar: matematik dastur, matematikalashtirish, chiziqli operatorlar, elektronika.

Annotatsiya: Matematikaning boshqa fanlar bilan hamkorlikda ilmiy qo‘llanilishi- voqealar oqimini oldindan aytishga, hozirga qadar noma’lum bo ‘lgan yangi o‘zgarishlarni ochishga imkoniyat yaratib beradi

Matematika ilmiy bilimlar tizimida asosiy o ‘rinlardan birini egallaydi. Agar boshqa fanlar

ob ’ektlarning sifatiy tomonlarini o ‘rgansa, matematika ularning miqdoriy tavsifi munosabatlari shakllari tomonidan o ‘rganadi.

Jamiyatni rivojlantiruvchi va uning taraqqiyotini belgilovchi hamda ta ’minlovchi asosiy qudratli vositalardan biri matematika fani hisoblanadi. Bugungi kunda matematika qo ‘llanilmaydigan yoki tatbiq etilmaydigan sohaga biror-bir misol keltirish amri mahol. Hozirgi kunda u ko ‘plab fanlarning izlanishlarida allaqachon universal qurolga aylanib bo ‘ldi. Matematika tabiat va jamiyat haqidagi barcha bilimlarimizni tizimga soluvchi, tafakkurimizni rivojlantiruvchi, tabiat va jamiyatdagi haqiqiy jarayonlarni matematik modellar yodamida o ‘rganuvchi fandir.

Ilmiy -texnikaviy revolyusiya davrida bilimlarning barcha sohalarini “matematikalashtirish ” alohida o‘rinni egallaydi. “Matematikalashtirish deganda matematik usullarning boshqa sohalarda qo ‘llanilishi nazarda tutiladi. Bunda nafaqat hisob-kitob apparatining qo ‘llanilishi, balki matematik nazariyalar tuzilishi prinsiplarining bog ‘liqligi va matematikadapaydo bo ‘layotgan umumbashariy g‘oyalar to ‘plami tushuniladi ”

Matematika ilmiy bilimlarga sistematik, tartiblangan xarakter beradi. Tadqiqotlarning miqdoriy usullari fanning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Leonardo da Vinchi ta ’kidlaganidek, agar insoniyat tadqiqotlari matematik isbotdan o ‘tmagan bo ‘lsa, ular haqiqiy bilim deb hisoblanmaydi.

XVII asrda Galiley, Kepler, Nyuton va boshqalar matematika va tadqiqiy tabiiy fanlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning o Zgarishi bo ‘yicha aniq qadamlar qo ‘yishdi, ya ’ni bilimlar aniq tajribadan o ‘tsagina ular haqiqiy deb topilgan.

XIX asr boshlarida vaziyat oZgardi. Endi tadqiqotchi matematika ichida shakllangan tayyor matematik strukturalardan foydalana boshladi. Matematika ayrim savollarni o‘rganish vositasi bo ‘lib qolmay, yangi tushuncha va nazariyalarning shakllanishida ham o ‘z ta ’siriga ega bo ‘la boshladi. Masalan, umumiy nisbiylik nazariyasida A. Eynshteyn o‘sha paytda rivojlanib boshlagan Riman geometriyasidan foydalandi. Kvant mexanikasi hosil bo ‘lishida esa Gilbert fazosidagi chiziqli operatorlar juda muhim rol o ‘ynadi. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, oldin jismonan bajarish mumkin bo ‘lmagan holatlarda, fanning yangi yutuqlarini qo ‘llagan holda yaxshi natijalarga erishilmoqda.

Matematikaning u yoki bu sohaga qo ‘llanilishi oddiy ish emas.

O ‘zining muammolari tizimi aniq, shakllangan va o‘z navbatida matematik ishlovni qabul qila oladigan fan sohalarigagina matematikani muvaffaqiyatli qo ‘llash mumkin. Agar tadqiqotchi aniq shakllanmagan, noturg‘un tasavvurlarga ega bo ‘lib, o ‘zi nima qilmoqchiligini tushunmagan bo ‘lsa, matematikaning aniq qurolidan foydalanish umidini qilmasa ham bo ‘ladi.

Turli xil fanlar turlicha matematikalashtirilgan. Masalan, fizika fanini katta miqyosda matematikalashgan deb hisoblash mumkin. Matematika fani biologiya va sotsiologiya hamda elektronika fanlari tadqiqotlarida kamroq darajada qo ‘llaniladi, bu esa bunday masalalarningyechimida hamkorlik muhim ekanligini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, matematikaning boshqa fanlar bilan hamkorlikda ilmiy qo ‘llanilishi- voqealar oqimini oldindan aytishga, hozirga qadar noma ’lum bo ‘lgan yangi o‘zgarishlarni ochishga imkoniyat yaratib beradi.

O ‘qituvchining metodik faoliyati uningprofessional faoliyati asosini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda metodik faoliyat u yoki bu fanning predmetli mazmunini o’quvchilar tomonidan

to ‘laqonli o ‘zlashtirilishiga qaratilgan pedagogikjarayonni tashkil etish hisoblanadi.

O ‘qituvchining metodik faoliyati shunday darajada bo ‘lishi kerakki, u o ’quvchilarni bilimlarni

egallash jarayonida faol ishtirokchiga aylanishiga yordam bersin va o ‘quv faoliyatini

takom illashtirsin.

Ilmiy ishlar tahlili shuni ko ‘rsatmoqdaki, bugungi kungacha matematika ta ’limi metodikasi sohasidagi tadqiqotlarning aksariyati oliy matematika kursi mazmunini qurishga, o ’quvchilar matematik faoliyatini tashkil etuvchilarini aniqlashga, ularni matematikani egallash darajasini nazorat qilishni ta ’minlashga qaratilgan.

O ‘qituvchining metodik tayyorgarligini ko ‘tarish masalasi - metodik tayyorgarlikning maqsadi, mazmuni va tashkiliy masalalariga yangi yondoshuvlarni aniqlash va ishlab chiqish bilan

ta ’minlanishi mumkin.Hozirgi sharoitda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o ‘qitishning zamonaviy tizimlari va texnologiyalarini qo ‘llash masalalari muhim bo ‘lgan birpaytda oliy ta ’lim muassasasi (OTM) matematika o ‘qituvchisiga quyidagi asosiy talablar qo ‘yiladi:

Matematika dasturi bo ‘yicha to ‘liq hajmdagi bilimlarga ega bo ‘lishi;

Turli tayanch tayyorgarlik darajasiga ega bo ‘lgan o ’quvchilar guruhi bilan muvafffaqiyatli ishlashga imkon beruvchi zamonaviy didaktik materiallarni egallagan bo ‘lishi;

O ‘quv jarayonida o ’quvchiga nisbatan differensial, shaxsga

yo ‘naltirilgan yondoshuvni amalga oshirish ko ‘nikmasiga ega bo ‘lishi;

Matematika sohasidagi zamonaviy axborot texnologiyalari va ularining imkoniyatini bilishi;

Matematikani o ‘qitishda o ’quvchilarning mustaqil ta ’limini tashkil etish ko‘nikmasini egallagan bo ‘lishi.

Adabiyotlar

Кудрявцев Л.Д, Современная математика и ее преподавание.-М.: Наука, 1980, 132 с.

Адиров Т.Х., Рахимова Д.Д. Математика уцитишда кейс технологиясини цуллаш. “Математика ва уни уцитишнинг инновацион методлари ” Тошкент. “Extremum press ” нашриёти. 2015




Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish