4
Matematika fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo`yicha o’quv-uslubiy majmua
3.1. MODUL
ISHCHI
DASTUR
5
Matematika fanini o`qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo`yicha o`quv-uslubiy majmua
K I R I SH
Mamlakatimizda mustaqillik-yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-
tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini,
millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim
poydevor bo`ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida
ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini
ro`yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Ta’lim to`g`risida»gi va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga,
2017-2021-yillarga
mo`ljallangan
“O`zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi”, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq, 2019-yil 19 may kuni O`zbekiston
Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim
tashabbus , O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limini boshqarish
tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» 2018-
yil 5 sentyabrdagi PF-5538-son farmoni, 2019-yil 3 may kuni O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali
kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida»
PQ-4306 son qarori, 2019-yil 29 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-
5712-son Farmonlari, 2018-yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-
3931-son Qaroriga muvofiq 2019-yil avgust kengashida taqdim etilgan
ma’lumotlar ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash,
ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini
kompetentsiyaviy
yondashuv
asosida
takomillashtirish,
o`quvmetodik
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda
pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini
yanada takomillashtirish taqozo etadi.
“Matematika fanini o`qitishda innovatsion yondashuvlar” modulining ishchi
o`quv dasturi matematika fani o`qituvchilari malakasini oshirish kursining o`quv
dasturi asosida tuzilgan bo`lib, u matematika fani o`qituvchilariga ta’limda
zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarning mazmun va mohiyatini ochib
beradi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |