3. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uning Prezidentlari. Olimpiya Kongresslari.
XX asming birinchi yarmida Xalqaro siyosiy voqealar qanchalik murakkab bo'lmasin, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) o'z faoliyatini yuksak darajada olib bordi. Bunda XOQ rahbarlarining xizmatlari juda katta bo'lganligini o'z davrining mutaxassislari e’tirof etishgan. Shu sababdan, bu davrdagi XOQ prezidentlari haqida ba’zi bir ma’lumotlami keltirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon olimpiya o'yinlarining asoschisi Pyer de Kuberten olimpiya harakatiga 20 yil (1896—1925) rahbarlik qildi. Ta’kidlanganidek, u hozirgi zamon Olimpiya o'yinlarini o'tkazish yo'lda juda ko'p mehnat qildi, 1925- yilda o'z ixtiyori bilan prezidentlik vazifasidan ozod etildi. U o'z arizasida kelajak uchun vasiyat sifatida olimpiya g'oyalarini rivojlantirish, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan, sportning tinch va ozod mehnat qilish yo'lidagi mohiyatini kuchaytirish zarurligini uqtirdi. Kuberten 1937-yil vafot etdi. Uning qabri Lozanna shahrida, yuragi esa vasi- yatiga ko'ra, Olimpiya shahrida saqlanib kelinmoqda. 1925-yilda XOQ Prezidenti etib graf Andri de Baye- Latur (1876—1942) saylandi. U Belgiya davlati va Xalqaro sport arbobi bo'lib, 1906-yil Belgiya milliy Olimpiya qo‘mitasini tashkil etuvchilardan biri hisoblanadi. Baye-Latur XOQni 17-yil boshqardi. U XI Olimpiya o‘yinlari arafasida Gitlerning Olimpiya o‘yinlari qatnash- chilari va g'oliblarini tabriklash uchun minbarga chiqishiga rozilik bermagan. Shunday bo‘lsa-da, u bolshevizmga china- kam qarshi edi. Shu sababdan, sovet sportchilari Olimpiya o'yinlarida qatnashishdan mahrum etilgan. 1942—1946-yillarda olimpiya harakatining faollaridan shved Zigfrid Edstryom (1882—1964) XOQni vaqtincha boshqardi, 1946-yilda esa IV prezident qilib saylandi. U AQSH, Shveysariya va Shvetsiyada ta’lim olgan, ixtisosiga ko‘ra elektrik-muhandis edi. Talabalik yillarida qisqa masofa- larga yugurish bo‘yicha Shvetsiya rekordchisi ham bo'lgandi. U 1920-yil XOQga a’zo qilib saylandi. 1921-yildan ijroqo‘m a’zosi va 1931-yildan boshlab XOQ vitse-prezidenti bo‘lgan. U 1952-yilda 70 yoshida prezidentlikdan ozod etildi. 1964-yil 18-martda vafot etdi. Olimpiya o‘yinlari davomida XOQning faoliyatlari ri- vojlandi. XOQ rahbarlarining xizmati yana shundaki, o‘yinlarda xalq irodasi va sportchilarning faoliyatlarini turli ramzlar (simvollar) va atributlar bilan ifoda etishda yangilik- lar yaratdilar. Quyidagi ana shu belgilar va ramzlar haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Olimpiya ramzi — bir-biriga ulangan besh halqa. Ular ya- shil, qora, qizil, sariq va ko‘k rangda tasvirlanib, besh qit’ani bildiradi. Bu 1913-yilda Kuberten taklifi bilan tasdiqlangan. Olimpiya belgisi (emblema) — besh halqa ramzi bilan birga qo'shib, yil, shahar nomi va mamlakatning Olimpiya harakatidagi belgilari (nishon) ifodalanadi. Olimpiya mash’alasi — Olimpiya shahrida quyosh nuri- dan maxsus usulda mash’ala yoqiladi. U turli vositalar orqali Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joyga yetkazib beriladi. Bu an’ana 1936-yil XI Olimpiya o'yinlaridan buyon davom etib keladi. Olimpiya shiori (deviz): «Tezroq, balandroq, kuchliroq!» («Sitius, altius, fertius!») — Olimpiya harakatini bildiradi. Bu shior 1895-yil Kubertenning safdoshi va o‘rtog‘i Dominikan ordeni sohibi, din xodimi Martin Xidon tomonidan taklif etilgan va 1913-yilda bu shior XOQ tomonidan tasdiqlangan. 1920-yilda VII Olimpiadada birinchi marotaba bu shior o‘qiladi. Olimpiya qasamyodi. Sportchilarning Olimpiya qasam- yodi Kuberten tomonidan ishlab chiqiladi va VII Olimpiya o‘yinlarida (1920) amalga oshiriladi. Shu o‘rinda aytish lozimki, Olimpiya o‘yinlari hakamlari ham qasamyod qiladi- lar. Bu esa 1968-yildan buyon amalda qo‘llanib kelinmoqda. Olimpiya gimni. Gimn 1896-yilda yaratilgan. Kostas Palomov so‘zi va Sipros Samar musiqasi bilan yaratilgan Olimpiya gimni rasmiy ravishda 1957-yilda XOQ tomonidan tasdiqlanadi. Olimpiya medallari va yorliqlari: oltin medal — kumush- dan yasalib, uning usti 6 g. oltin bilan qoplangan. Kumush medal esa 925 probali kumushdan tarkib topgan. Bronza medali. Ular 1, 2, 3-o‘rinlar uchun mo‘ljallangan. Diplomlar (yorliq) 1-6-o‘rinlarni egallagan sportchilar va jamoalarga taqdim etiladi. Olimpiya mukofotlari: orden va kubok. Ordenlar oltin, kumush va bronzalardan iborat bo'lib, Olimpiya harakatiga qo‘shgan ulkan hissalari uchun rahbar shaxslai^a yuksak sport natijalariga ega bo‘lgan sportchilarga beriladi. Bu 1975- yilda tasdiqlangan. Olimpiya kubogi 1906-yilda tasdiqlanib, Olimpiya sport turlarida katta yutuqlarga erishgan jamoalarga beriladi. Olimpiya nisbonlari (atributlar): nishonlar (znachok), tamg‘alar (monet), ramzlar (talismon), piktogrammalar va h.k. hisoblanadi. Bu nishonlar Olimpiya o'yinlarini o‘tkazuvchi shahar va tashkiliy qo‘mita tomonidan tayyorla- nadi. Ma’lumki, Olimpiya Xartiyasi birinchi kongressda (1894 y.) qabul qilinib, ko‘p sohalarda keyinchalik o'zgartirishlar kiritilgan. Shunday bo‘lsa-da, uning asosi (Kuberten ishlab chigqan mazmuni) hozirgi davrda ham o‘z kuch|ni yo‘qotgan emas.
Xartiya asosida XOQ Milliy Olimpiya qo'mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari, xalqaro sport uyushmalari va boshqa aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib bo- radi. Olimpiya kongresslari. Birinchi XOQ kongressi (1894) haqida o'tganligi boblarda bayon etildi. 1897-yil ikkichi kon- gress Gaagada o‘tkaziladi. U sport pedagogikasi va gigiyena- siga bag‘ishlangan. Uchinchi kongress 1905-yilda Bryusselda o'tkaziladi. Unda maktablar, universitetlar, shahar va qishloq jamoalari (obshina), armiya va xotin-qizlar orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari muhokama qili- nadi. Keyingi uchta kongress (1906-yil Parijda, 1913-yil Lozannada, 1914-yil Parijda) dasturlariga san’at, adabiyot va sport, sport psixologiyasi, olimpiya qoidalari kiritilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |