4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yo'nalishida jismoniy tarbiya va sport.
Respublika mustaqilligining istiqbolli barcha sohalar kabi jismoniy madaniyat harakatining ko‘pgina tarmoqlari va tizimlarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassis kadrlar tayyorlash, ulaming ish malakalarini davr talablari asosida olib borishni talab etmoqda.
O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997) va uning tarmoqlar hamda sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlarida jismoniy tarbiya va sport sohasining ham o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatlari mavjud. O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (0‘zDJTI), viloyatlardagi Oliy o‘quv yurtlarining 16 ta jismoniy tarbiya fakultetlari, pedagogika kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiya bo‘limlari, har bir viloyat markazida yangidan (1999— 2001 y.y.) tashkil etilgan olimpiya zaxiralari tayyorlash kasb- hunar kollejlari oliy va o‘rta ma’lilmotli jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlamoqda. Shuningdek, A.Avloniy nomidagi Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish Markaziy institutining jismoniy tarbiya kafedrasi, viloyatlardagi Xalq ta’limi boshqarmalari tarkibidagi malaka oshirish institutlarining jismoniy tarbiya kafedralari, O‘zDJTI qoshidagi malaka oshirish fakulteti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda respublika kasaba uyushmalari ko‘ngilli sport jamiyatlari Markaziy Kengashi qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurs-seminarlari va boshqalar jismoniy madaniyat hakarati tizimidagi barcha mutaxassislaming malakalarini oshirishda katta faoliyat ko'rsatmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yo‘nalishlarida quyidagi sohalar bo'yichp mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda, ya’ni:
1. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, litseylar va oliy o'quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari.
2. Barcha turdagi va bosqichdagi sport maktablari, sport turlari bo‘vie ha terma jamoalarda shahar-tuman, viloyat va respublika miqyosidagi murabbiylar.
3. Sport qo‘mitalari va sport jamiyatlaridagi (tuman- shahar, viloyat va respublika bo‘yicha) rahbar hamda mas’ul xodimlar.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, aholi istiqomat joylari, xo‘jaliklar va o‘quv yurtlaridagi sport klublaming rahbarlari, murabbiy-yo'riqchilari va h.k.
Sog‘lom avlod dasturi, Kadrlar tayyoriash milliy dasturi, onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi rasmiy ko‘rsatmalar, qarorlar asosida tarbiya va tibbiy muassasalarda jismoniy tarbiya bo'yicha yo‘riqchi (metodist), mahallalarda jismoniy tarbiya va xalq milliy o‘yinlarini uyushtiruvchi tashkilotchilar, xotin-qizlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi jismoniy tarbiya mutaxassislariga ehtiyoj kuchaymoqda. Ya’ni bu sohalar bo‘yicha viloyatlardagi jismoniy tarbiya fakultetlari, bo‘lim- lari, olimpiya o‘rinbosarlari, kasb-hunar kollejlarida maxsus kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo'yish lozimdir. Shu bilan birga, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo‘yicha murabbiylar ham ommaviy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o‘yinlari va sayohatlar bo‘yicha zarur nazariy bilim hamda amaliy malakalar hosil qilishni yanada chuqurlashtirishlari lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |